Jahon mamlakatlari tajribasi ko’rsatadiki, monopoliyalarga qarshi qonunchilik, asosan,quyidagi yo’nalishlar bo’yicha shakllanadi: 1) ishlab chiqarish (tarmoq)ni boshqa ruvchi qonunlar. Bu qonunlarga ko’ra, hech bir korxona (korporasiya) biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishning yarmidan ortig’ini nazorat qilishga haqli bo’lmaydi; 2) barcha yirik korporasiyalar ishtirokchilari boshqa korporasiyalar aksiyalarining ma'lum cheklangan miqdordan ortig’iga ega bo’la olmasligi kerak; 3) baholarni bozor muvozanati belgilangan darajadan yuqori yoki past tutib turish, narx ustidan kelishib olishni taqiqlovchi kartellarga qarshi qonunlarni joriy qilish. Milliy iqtisodiyotda davlatning monopoliyalarga qarshi siyosati raqobat oldidan shakllanib bo’lgan mamlakatlarda raqobatchilik muhitini takomillashtirish, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda esa bu muhitni yangidan shakllantirishga qaratiladi.

monopoliya — monopol yuqori narxlarni o'rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari.

«Monopoliya» atamasining kelib ehiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya'ni. grekcha «monoc» - yagona, bitta va «poleo» - sotaman) tarkib topsada, biroq uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi.
Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning to'planishi hisoblanadi.Ishlab chiqarishning to'planishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to'planishini namoyon etadi.