Kartelь – bitta sanoat tarmog’idagi bir nesha korxonalarning uyushmasi bo’lib, uning ishtirokshilari ishlab shiqarish vositalari va mahsulotlariga o’z mulkiy egaligini saqlab qoladi, yaratilgan mahsulotlarni sotish esa kvota, ya’ni mahsulot ishlab shiqarish umumiy hajmidagi har bir ishtirokshining ulushi, sotish narxlari, bozorlarning bo’lib olinishi va h.k. bo’yisha kelishuv asosida amalga oshiriladi.
Sindikat – bir turdagi mahsulot ishlab shiqaruvshi bir nesha korxonalarning birlashmasi. Bunda ishlab shiqarish vositalariga mulkshilik birlashma ishtirokshilarining o’zida saqlanib qolgani holda, ular tomonilan ishlab shiqarilgan mahsulot maxsus tashkil etilgan yagona sotish tashkiloti orqali amalga oshiriladi.
Trest – ishlab shiqarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi mulkiy egalikni ta’minlovshi ishlab shiqaruvshilarning yuridik shaxs ko’rinishidagi birlashmasi.
Konsortsium – tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosli loyihalarga juda kata miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investitsiyalar qo’yish).
Kontsern – rasmiy jihatdan mustaqil bo’lgan, ko’p tarmoqli korxonalar (sanoat, savdo, transport va bank kabi turli soha korxonalari) ning majmuini o’z ishiga oluvshi birlashma. Odatda bunday birlashma ma’lum ishlab shiqarish faoliyatini bosqishma-bosqish ravishda amalga oshirish ushun zarur bo’lgan turli soha korxona va tashkilotlaridan tuziladi. Bunda bosh tashkilot qolgan ishtirokshilar faoliyati ustidan moliyaviy nazorat olib boradi. Hozirda sun’iy monopoliyalarning sanab o’tilgan shakllari orasida kontsernlar keng tarqalgan.
Monopoliyaning iqtisodiy taraqqiyotga ta’sir qiluvshi ijobiy va salbiy tomoni mavjud. Uning ijobiy tomoniasosan quyidagi ikkita jihat orqali namoyon bo’ladi: