harakatlarni amq hayotiy misoliar asosida ta’lim muassasalariga etkazishga alohida e’tibor qaratilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o'ttiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni yuqori saviyada o'tkazish bo'yicha viloyat xalq ta’limi boshqarmasining ishchi guruhi tarkibi (kcyingi o'rinlarda-Ishchi guruh) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Barcha tuman, shahar xalq ta’limi bo'limi mudirlari hamda boshqarma tasarrufidagi ta’lim muassasalari rahbarlariga:
bir hafta muddatda O'zbekiston Respublikasi davlat mustakilligining o'ttiz yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha xududiy ishchi guruhlami tuzish;
tuman, shahar hokimliklari, madaniyat bo'Iimlari bilan hamkorlikda aholining keng qatlamlari o'rtasida, mahallalarda, ta’lim muassasalarida Mustaqillik bayramiga bag'ishlab taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar va san’atkorlar ishtirokida ma’naviy- ma’rifiy uchrashuvlar, ochiq muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, dolzarb mavzular bo'yicha firk almashuvlar va madaniy tadbirlarni tashkil etish;
o'tkaziladigan tadbirlarga umumta’lim muassasalarining iqtidorli va faol o'quvchi yoshlaming ishtirok etishini ta’minlash vazifalari topshirilsin.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya va maktabdan tashqari ta’limni tashkil etish bo'limi (A.Eshmatov) va Metodik xizmat bo'limi (N.Meliqo'ziev)larga:
2021-yilning 10-avgustiga qadar Mustaqillik bayramiga bag'ishlangan "Mustaqillik darslari", "Ertalabki saflanish" va "Ochiq dars"Iami o'tkazish yuzasidan Tavsiyanomalar xamda ta’lim muassasalarida "Mustaqillik bayramini tashkil etish va o'tkazish" buyicha namunaviy ssenariy ishlab chikish va joylarga etkazish;
2021-yilning sentyabr oyi davomida Farg'ona shahridagi “Xotira” maydonida, Farg'ona va Qo'qon shaharlaridagi “O'lkashunoslik” muzeylarida, xududlardagi ‘‘Xotira” xiyobonlari va yangi barpo etilgan inshootlarda ijtimoiy fanlardan ochiq dars mashg'ulotlarini tashkil etilishini yo'lga qo'yish vazifalari yuklatilsin.
Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilishni o'z zimmamda qoldiraman.
F.Saxibova.
Boshqarma boshlig'i:
Farg‘ona sh., 2020-yil “” - son