Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to‘G‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son qaroriga 7-ILOVA 2021 — 2023-yillarda Ma’naviyat va ma’rifat maskanlarini barpo etishning manzilli RO‘YXATI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son qaroriga 8-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PQ-3160- son qarori 7-bandining to‘rtinchi xatboshisidagi “Markaz xodimlariga” so‘zlari “Markaz, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limlari xodimlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son qarori 10- bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “oliy ta’lim muassasalarining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalariga yuklanadi”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-son qarori 11- bandida: uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin; to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin; uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “2021-yilda tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari xodimlari yillik ish haqi fondining 25 foiziga, 2022-yildan boshlab esa — 50 foiziga teng miqdordagi mablag‘lar”; beshinchi xatboshidan “b) umumta’lim muassasalari direktorlarini moddiy qo‘llab- quvvatlash uchun” so‘zlari chiqarib tashlansin; quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Xalq ta’limi xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armasining mablag‘lari tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi xodimlari, jumladan metodistlari hamda umumta’lim muassasalari direktorlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash tadbirlariga yo‘naltiriladi”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son qaroriga 9-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari RO‘YXATI O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PQ-3160- son qarori 5-bandi va qarorga 1 — 4-ilovalar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4307-son qarori 3 va 10-bandlari hamda qarorga 2-ilova. (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2021-y., 07/21/5040/0243-son) Yüklə 0,62 Mb. Dostları ilə paylaş: |