Ma’naviyatni shakllantiradigan mezonlar



Yüklə 113,5 Kb.
səhifə2/2
tarix21.09.2023
ölçüsü113,5 Kb.
#146368
1   2
19-mavzu Yangilanayotgan O‘zbekistonda ma’naviy tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlari

Demokratiya (yun. demos-xalq va kratos - hokimiyat):

  1. fuqarolar erkinligi va tengligi tamoyili asosida Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan xalq hokimiyatining shakli;

  2. amalda o‘rnatilgan va yuzaga chiqarilgan erkin, adolatli jamiyat va davlatni anglatuvchi siyosiy tushuncha.

Tarixiy taraqqiyot jarayonida «demokratiya» tushunchasi shaklan va mazmunan boyib, takomillashib kelgan. Bu jarayon bu- gungi kunda ham davom etmoqda. Zero, demokratiya eng rivojlangan davlatlarda ham yuqori takomil nuqtasiga, ideal darajaga yetgani yo‘q. Chunki demokratiya bosqichma-bosqich rivojlanadigan jarayon bo‘lib, har bir millat va jamiyat, har bir davrda uni tushunish, talqin etish va amaliyotda qo‘llashda o‘ziga xos xususiyatlar namoyon bo‘ladi. Bu o‘ziga xoslik xalqning bosib o‘tgan tarixiy yo‘li, milliy mentaliteti, an’analari, amaldagi ijtimoiy munosabatlarning xarakteri kabi omillar bilan belgilanadi.
Prezident Islom Karimov alohida ta’kidlaganidek, «Hammani bir qolipga solib bo‘lmaydi. Xuddi shuningdek, davlatlarni ham bir qolipga solish va bozor munosabatlariga o‘tish, demokratiyani barpo etish nuqtayi nazaridan ularga bir xil yondashuvlarni qo‘llash yaramaydi».
Demokratiyaning xarakterini belgilovchi umumiy mezonlar. Bu demokratiya tamoyillariga rioya qilinishi, demokratik qonunlarning mavjudligi va ular asosidagi demokratik institutlar faoliyati bilan bog‘liqdir. Demokratiya, mohiyatan, insonning har tomonlama kamol topishi uchun berilgan imkoniyat, shaxs bilan jamiyat manfaatlari o‘r- tasidagi uyg‘unlikni ta’minlovchi omildir. Ayni paytda demokratiya qabul qilingan qonunlar, amaldagi tartib-qoidalar yordamida shaxs hayoti va faoliyatini tartibga soluvchi mexanizm hamdir.

278



Bugungi kunda ko‘plab mamlakatlarda demokratiya jamiyatning yashash tarziga aylanib qolgan. Odatda, vakillik demokratiyasi va bevosita demokratiya bir-biridan farqlanadi. Vakillik demokratiyasida fuqarolar qonunchilik, ijroiya va boshqa funksiyalarni bajaruvchi organlarni saylaydi, ammo bu funksiyalarni amalga oshirishda bevo­sita ishtirok etmaydi. Bevosita demokratiya shaklida esa fuqarolar turli masalalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zlari hal qilish huquqiga ega bo‘ladi. Saylovlar bevosita demokratiyani yaqqol namoyon etuvchi muhim siyosiy tadbir sanaladi.
Demokratiya asosida qiziqish, intilish va manfaatlarni muvofiq- lashtirish, murosaga keltirish va kelishish siyosati yotadi. Shu ma’noda, demokratiya jamiyatdagi kuchlarni birlashtirishga, uni mamlakat taraqqiyoti uchun safarbar etishga xizmat qiladi. Islom Ka­rimov ta’kidlaganidek, «Har qanday munozarali masalalarni tinch yo‘l bilan hal etish, muzokaralar yo‘li bilan fikr almashish va eng to‘g‘ri, hamma uchun birday manfaatli bo‘lgan xulosalarga kelish va har qanday zo‘ravonliklarga, tazyiq va kuch ishlatishga qarshi ravishda sharqona munosabatlar ilmini egallash - demakki, sharqona demokratiya tamoyillari asosida ish yuritishdir». Demokratiya insoniyat bugungi kungacha qo‘llab kelgan, ijtimoiy muammolarni hal etishning eng oqilona yo‘li sifatida e’tirof etilgan.
Tarixiy jihatdan demokratiyaning boshlanish nuqtasi ham, tugash nuqtasi ham yo‘q. Kishilik jamiyati paydo bo‘lganidanoq, demokratiya kurtaklari paydo bo‘lgan, hatto, eng taraqqiy etgan mamlakatlarda ham u o‘zining ideal darajasiga yetgani yo‘q. Demokratiyani bo‘g‘ish, unga rahna solish mumkin, lekin butunlay yo‘q qilib bo‘lmaydi. Har qanday davrning, har qanday jamiyatning va har qanday xalqning o‘ziga xos demokratiyasi bo‘ladi. Ya’ni demokratik tamoyillarni belgilashda jamiyatning obyektiv va subyektiv shart-sharoitlari asosida shakllangan, xalqning, millatning ijtimoiy ongi va psixologiyasi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Demak, demokratiya insoniyatning madaniyati, ma’naviyati, ijtimoiy ongi, mentaliteti, idroki, bilim doirasi, ishbilarmonlik qobiliyati, uning jamiyatda erkin yashash va mehnat qilish ko‘nikmasi bilan birgalikda shakllanib, rivojlanib boradigan tabiiy-tarixiy jarayondir. Demokratiyaning muhim xususiyati shundaki, unda xalq hokimiyati, ya’ni ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunish tamoyili

279



rasman e’lon qilinadi hamda fuqarolarning erkinligi va teng huquqliligi e’tirof etiladi. Bu shartlar jamiyat hamda uning a’zolari hayotining asosiy qonuni - muayyan davlatning Konstitutsiyasida aks ettiriladi.
Demokratiyaning asosiy tamoyillari teng huquqlilik, erkin va demokratik saylovlar, hurfikrlilik, siyosiy plyuralizm, ko‘ppartiya- viylik, hokimiyatning saylab qo‘yilishi va xalq oldida hisob berishi, ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi, ozchilik fikrining inobatga olinishi. Shu bilan birgalikda, demokratiya sharoitida har bir shaxsning shakllanishiga o‘ziga xos «chegara» ham qo‘yiladi, ya’ni Konstitutsiyaga oid qoidalar va qonunlar orqali shaxslarning ijtimoiy hayoti va xatti-harakatlari tartibga solinadi. Bundan tashqari, demok­ratiya jamiyatning axloqiy-psixologik iqlimini vujudga keltiradigan shart-sharoitlarni ham yaratadi.
Mustaqillik O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurish imkonini beradi. Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida ana shu yo‘ldan muvaffaqiyat bilan ilgarilab borilmoqda. Bugungi kunda jamiyat hayotining barcha sohalarini demokratlashtirish, mamlakatni modernizatsiyalash va liberallashtirish bilan bog‘liq tub o‘zgarishlar va islohotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Ana shu jarayonning faol ishtirokchisi bo‘lish barchamizning insoniy burchimizdir.
Demokratiyaning ma’naviy-ma’rifiy jihatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: yuksak siyosiy tafakkur va siyosiy madaniyat har qanday ehtiroslardan xoli, aql-idrokka tayangan foqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lishi, siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etish, amaldagi qonunlarga qat’iy rioya qilish va jamiyat rivoji hamda barqarorligini ta’minlashda mas’uliyatni anglash. Shu ma’noda, demokratiya - yuksak ma’naviyat, foqarolarning ichki madaniyati va intellektual
imkoniyati; foqarolarning barcha uchun birday zarur bo‘lgan qonunlarga to‘liq rioya etishi, inson haq-huquq va erkinliklarini, umumxalq va umumdavlat manfaatlarini himoya qiladigan, barchani qonunlarga bo‘ysunib yashashga undaydigan umuminsoniy, huquqiy va ma’naviy qadriyat hisoblanadi.
Demokratiyani ma’naviyatsiz va ma’rifatsiz anglab bo‘lmaydi. U inson aql-zakovati mahsuli va ayni paytda uning erkin holda farovon hayot kechirishining zaruriy shartidir. Demokratiyani hayotga

280



joriy qilishda mamlakat xalqining milliy ehtiyojlari, turmush tarzi, axloqiy mezonlari e’tiborga olinishi g‘oyat muhim. Zero, barcha davlatlar va xalqlar uchun demokratiyaning bir xil qolipi bo‘lishi mumkin emas.
Jamiyatda demokratik qadriyatlarning amal qilishi ma’naviy- ma’rifiy taraqqiyotning ko‘rsatkichi hamdir. Ularning uyg‘unligi jamiyatning barqaror taraqqiy etishiga xizmat qiladi. Totalitar tuzumdan erkin fuqarolik jamiyatiga o‘tilayotgan bir sharoitda har bir fuqaro demokratiyaning mohiyati va tamoyillarini anglab yetishi, erkin yashash va erkin fikrlash ko‘nikmasini hosil qilishi hamda ma’naviy-ruhiy jihatdan demokratik yashash shartlariga o‘zini tayyorlab borishi, fikrsizlik, qaramlik, tanballik va boqimandalik illatidan xalos bo‘lishi zarur. Demokratiya asta-sekin, bosqichma- bosqich shakllanib, rivojlanib boradigan uzluksiz jarayon bo‘lgani sababli, u har bir insonning ma’naviy-ma’rifiy salohiyati muttasil yuksalib borishini taqozo etadi.
Demokratiya eksporti:

  1. jahondagi ayrim qudratli davlatlar yoki davlatlar guruhi tomonidan suveren davlatlarning o‘z taraqqiyot modelini o‘zi tanlash huquqiga, qolaversa, demokratiyaning ma’no-mazmuni, pirovard maqsadlariga zid ravishda uning «hammabop uslubi»ni kuch ishlatish yo‘li bilan boshqa jamiyatlarga tiqishtirish amaliyotini anglatadi;

  2. yosh mustaqil davlatlarda demokratiya tanqisligini ro‘kach

qilib, bu mamlakatlardagi demokratlashtirish jarayonlarini sun’iy ravishda jadallashtirishga urinayotgan ayrim kuchlar va siyosiy doiralarning xatti-harakatlarini ifoda etuvchi tushuncha mohiyati Yurtboshimiz tomonidan quyidagicha ko‘rsatib berilgan: «Ma’lum bir mamlakatda, aytaylik, «demokratiya taqchilligi» mavjud, ushbu mamlakat xalqiga ana shu taqchillikdan xalos bo‘lishga yordam berish kerak, deb hisoblanadi. Buning uchun katta mablag‘lar ajratilib, tegishli kuchlar yo‘naltiriladi. Va bundan ko‘zlangan maqsad to‘ntarish uyushtirish va ana shunday «taqchillik»ni vujudga keltirgan rahbariyatni yo‘qotishdan iborat tushuncha. Mana shunday holatlarda «baxmal o‘zgarish»lar texnologiyalari ishga tushadi: avvalgi
hokimiyat nisbatan tinch yo‘l bilan, qurbonlarsiz ketishi, uning o‘rnini boshqa, mazkur texnologiyalar manfaatlariga javob beradigan kuchlar egallashi ko‘zda tutiladi». Aslida, demokratiya boshqa mamlakat

281



hududiga uning milliy manfaatlari va xususiyatlarini inobatga olmasdan turib, eksport qilinishi mumkin bo‘lgan oddiy bir tovar emas. Agar demokratiyaga ham eksport predmeti sifatida yondashilsa, u bir tarafning boshqa taraf ustidan ustunlikka erishish vositasiga aylanadi. Holbuki, hech bir xalqaro tashkilot yo hech bir davlatga o‘zga mamlakatda zo‘ravonlik bilan demokratiya o‘rnatish vakolati berilgan emas. Demokratiyani zo‘rlik bilan boshqa joyga eksport qilish demokratiya tamoyillariga hech qachon mos kelmaydi. Keyingi-yillarda yaqindagina mustaqillikka erishgan mamlakatlarda demokratlashtirish jarayonlarini jadallashtirish zarurligi haqida ayyuhannos solayotganlarning bunday intilishlari ortida qanday geosiyosiy, strategik va iqtisodiy maqsad-muddaolar turgani sir emas. Ayniqsa, bugungi kunda xalqaro maydonda turli siyosiy kuchlar o‘zining milliy va strategik rejalariga erishish uchun «Yerkinlik va demokratiyani olg‘a siljitish» niqobi ostida amalga oshirayotgan, uzoqni ko‘zlagan siyosatning asl mohiyati va maqsadlarini o‘z vaqtida sezish, anglash katta ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda mustaqil davlatlar suverenitetini pisand qilmay, ularning ichki ishlariga aralashayotgan «demokratiya rejissyorlari» aslida dunyoga hukmronlik qilishga, o‘zga mamlakatlardagi yerusti va yerosti boyliklarini egallab olish, muayyan mintaqalardagi tinch-osuda hayotni izdan chiqarish, hokimiyat tepasiga aynan o‘sha davlatlarning manfaatlariga xizmat qiladigan kuchlarning kelishiga yordam berishga intilayotgani yaqqol namoyon bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, demokratiya eksporti yangi ko‘rinishdagi mustamlaka- chilik, gegemonizm va buyuk davlatchilik shovinizmiga xizmat qiladigan harakatdir. Shu bois demokratiya eksportining g‘arazli ta’siridan mamlakatimizni asrash, ma’naviy qadriyatlarimiz, davlatchilik an’analarimiz, demakki, milliy taraqqiyotimizni izdan chiqaruvchi bunday tahdidlarga qarshi ogoh va hushyor bo‘lish, ularga qarshi qat’iy va izchil kurash olib borish bugungi kunning dolzarb vazifalaridandir.
Demokratiyani hayotga joriy qilishda mamlakat xalqining milliy ehtiyojlari, turmush tarzi axloqiy mezonlaridan kelib chiqqan holda yondashish kerak bo‘ladi. Ana shu nuqtayi nazardan kelib chiqadigan bo‘lsak, hamma xalqlar uchun demokratiyani birday joriy qilishining bir xil qolipi bo‘lishi mumkin emas, masalan, sharqona demokratiya

282



haqida gap ketganda Prezident Islom Karimov: «Sharqda demokratiya jarayonlarining qadimdan shakllangan o‘ziga xos va o‘ziga mos xususiyatlari bor. Buni aslo nazardan qochirib bo‘lmaydi. Ya’ni Sharqda demokratik jarayonlar uzviy ravishda asta-sekin taraqqiy topadi. Bu sohada inqilobiy o‘zgarishlar yasashga urinishlar g‘oyat noxush, hatto fojiali natijalarga olib keladi. Inqilobni g‘arb olimlari ham «ijtimoiy taraqqiyotning ibtidoiy va yovvoyi shakli» deb aytganlar. Tabiyki, bunday yo‘l bizga aslo to‘g‘ri kelmaydi»1 deya demokratiyani joriy etishning tamoyillari borligini ko‘rsatdi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlarda Turkiya, Germaniya, Fransiya, Angliya kabi mamlakatlar bizga o‘z taraqqiyot dasturlari va modellarini tavsiya etdilar. To‘g‘ri, bu mamlakatlarda demokratiyaning ibratli va o‘rganishga arzirli tajribalari mavjud. Biroq davlatimiz rahbari Islom Karimov bu takliflarga o‘zining aniq munosabatini bildirib, bu masalaga har bir millatning turmush tarzi ruhiyatidan kelib yondashish zarurligini aytdi.
Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, demokratik jarayonlarni chetdan nusxa olib ko‘r-ko‘rona ko‘chirish aslo samara bermaydi. Bunday yo‘l chalkash va xatarli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, g‘arb demokratiyasini to‘g‘ridan to‘g‘ri sharq mamlakatlarida joriy etish mumkin emas. Unga taqlid qilish kutilmagan fojialarga olib kelishi mumkin.
Sodda qilib aytganda, demokratiya - ongli fikrlash, har qanday ehtiroslardan xoli, aql-idrokka tayangan munosabat; Demokratiya - yuksak ma’naviyat va ichki madaniyatni oshkor etish imkoniyati; demokratiyani anglash shaxsning barcha uchun birday zarur bo‘lgan qonunlarga to‘la rioya etishi; aniq tartib-intizomga tayanib, yashash, salohiyati; demokratiya-inson haq-huquqlarining qonuniy himoya qilinishi.
Aksincha bo‘lgan jamiyatda boshboshdoqlik, parokandalik avj oladi va oqibatda bunday jamiyat halokatga uchraydi. Shuning uchun ham Prezidentimiz mamlakatimizning siyosiy va davlat qurilishi sohasidagi xususiyatlarini ko‘rsatib berar ekan, «siyosiy hayotning barcha sohalarini erkinlashtirish jamiyatda demokratiya, fikr va vijdon erkinligi tamoyillari gumanizm g‘oyalari va umuminsoniy

1 Каримов И.А. Узбекистоннинг сиёсий-ижтимоий ва щтисодий истщболининг асосий тамойиллари. Т.: Узбекистан, 1995. 10-11-бетлар

283


qadriyatlarni qaror toptirish1 2»ni muhim vazifa sifatida belgilab berdi.


Mustaqillik tufayli erkinlik, demokratiya nimaligini va o‘zligimizni kashf etdik. Tom ma’naviy kamolotga yetmaguncha, to xatti-harakatlarimiz, munosabatlarimiz aqlu-idrok va umumiy manfaat doirasi bilan chegaralanmaguncha demokratiyaning mazmuni ham, ko‘lami ham kutganimiz darajasida bo‘lmaydi. Bu bevosita fuqarolar ongi, dunyoqarashini tubdan o‘zgartirish, yaqin o‘tmishdan qolgan loqaydlik va boqimandalik kayfiyatlarini yo‘qotish, shu asosda davlatimiz, vatanimiz istiqboli uchun kuyinish tuyg‘ularini kuchaytirish kabi murakkab va uzoq muddatli jarayon bilan bog‘liq. Ana shundan kelib chiqib, Prezident Islom Karimov: «.. demokratiya o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi. Demokratiyaga tinimsiz aqliy va jismoniy mehnat qilib, ter to‘kib, hayotning achchiq-chuchugini obdan tortib, keyin aytish mumkinki, hatto fojiali tajribalarni ham boshdan o‘tkazib, og‘ir sinov va kurashlarga mardona bardosh beribgina erishish mumkin »,degan edi.
Shunday qilib, milliy o‘zlikni anglash, huquqiy savodxonlik, qonunlarga itoatkorlik, davlat tizimiga hurmat, demokratik qadriyat- larga sodiqlik bir tomondan jamiyat ma’rifiy taraqqiyot yo‘lidan borishini ta’minlaydigan omil bo‘lsa, ikkinchi tomondan shaxs ma’naviy komilligini ko‘rsatuvchi asosiy mezon hisoblanadi.
Jamiyatda komillik mezoniga javob beradigan kishilar aksariyat ko‘pchilikni tashkil qilsagina, ma’naviy barkamollik va iqtisodiy yuksaklikka erishish mumkin bo‘ladi.
Yüklə 113,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin