Manbalarining tarixiy jihatlari. Dinning ilk shakllari. Shomоnlik amaliyotida ruhlar bilan alоqaning o’rni



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə4/5
tarix20.11.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#163012
1   2   3   4   5
Marifov Jasurbek 2

Bundan tashqari Yahudiylik da messiya-xaloskorning kelishi haqidagi
ta’limot ham keng o’rin olgan.Unga ko’ra oxirzamonda Yahve yahudiylar orasidan bir xaloskorni chiqaradi va u quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) dunyoni qaytadan, isloh qilgan holda qurish; 2) butun yahudiylarni Sinion (Quddus yaqinidagi tepalik) atrofida to’plash; 3) ularning barcha dushmanlarini jazolash.
Muso Turtog’ida Yahve bilan uchrashganda unga 10 ta lavhani tushirdi.
Ularda ushbu din asosin itashkil qilgan 10 ta nasihat bor edi:

  1. Yahvedanboshqaniilohdebushlamaslik;

  2. But, sanam va rasmlarga sig’inmaslik;

  3. Bekordan-bekorga Xudo nomi bilan qasam ichmaslik;

  4. Shanba kunini hurmat qilish va uni Xudo uchun bag’ishlash;

  5. Ota-onani hurmat qilish;

  6. Nohaq odam o’ldirmaslik;

  7. Zino qilmaslik;

  8. O’g’irlik qilmaslik;

  9. Yolg’on guvohlik bermaslik; 10.Yaqinlarning narsalariga ko’z olaytirmaslik.

Yahudiylikdagi oqimlar. Yahudiylik dagi oqimlar haqida gapirganda ularni qadimiy oqimlar va zamonaviy oqimlarga bo’lishimiz mumkin. Qadimiy oqimlarga: Saduqiylar, Farziylar, Esseylarkiradi.
Saduqiy nomi podshoh Dovud payg’ambar davrida yashagan ruhoniy Saduq nomi bilan bog’liq. Ko’plab mansabdor ruhoniylar saduqiy bo’lganlar. Ular diniy ishlarda faqat Qonun (Musoning besh kitobi)ni tan olganlar. Qonunda ruhoniylar, qurbonliklar, ibodatlar haqida so’z boradi, lekin oxirat va qiyomat haqida hech narsa deyilmagan. Shuning uchun saduqiylar qiyomatda o’lganlarning qayta tirilishini tan olmaganlar.
Farziy nomi qadimiy yahudiy tilidagi «tushuntirish», «ajratib ko’rsatish» so’zidan olingan bo’lib, ular Musoning qonunini sharhlaganlar va oddiy odamlarga o’rgatganlar. Farziylar Musoning zamonidan beri og’zaki an’ana davom etib kelyapti deb hisoblaydilar. Ular har bir avlod o’z ehtiyojlarini qondirish uchun Qonunni sharhlay oladi deb bilganlar.
Ular muqaddas manba sifatida nafaqat Musoning qonunini, balki boshqa payg’ambarlarning ham muqaddas yozuvlarini, hatto o’zlarining urf- odatlarini ham qabul qilganlar va bularning hammasiga sinchkovlik bilan amal qilganlar. Shuning uchun ular ovqatga, kiyimga va boshqa narsalarga juda ehtiyot bo’lganlar. Qo’llari va badanlarining ozodaligiga katta e’tibor berganlar. Farziylar juda ko’p payg’ambarlar ta’kidlagan qiyomatga, o’lganlarning qayta tirilishiga ishonganlar.
Esseylar. Quddusdagi ko’pgina ruhoniylar Xudo ulardan talab qilganidek yashamas edilar. Undan tashqari rimliklar ba’zi diniy mansablarga Musoning Qonuniga muvofiq munosib bo’lmagan shaxslarni tayinlagan edilar. Buni ko’rgan bir guruh ruhoniylar Quddusda ibodat qilish va qurbonlik qilish Qonunga to’g’ri kelmay qoldi, deb hisobladilar. Ular Quddusni tashlab, yahudiy sahrolariga chiqib ketdilar va o’sha yerda o’z jamoalarini tashkil qildilar. Ularni esseylar deb atashdi. Esseylar Xudo tomonidan yuboriladigan xaloskor - Messiyaning kelishi va Quddusni tozalashini kutib, ibodat qilib yashar edilar.
Massonizmning ma’nosi «ozod quruvchilar» bo’lib, Yahudiylik dagi yashirin tashkilotdir. U milodiy 44 yili Rim imperatorlaridan Irod Akriba tomonidan o’zining ikki yahudiy maslahatchisi: rais o’rinbosari Heron Abyud
va birinchi sekretar Muob Lomiy yordamida tashkil etilgan. Maqsadi – dunyoda yahudiylar hukmronligini o’rnatishga erishish. U tashkil topgan davrda «maxfiy qudrat» deb atalardi. Keyinchalik massonizm deb ataldi.
Sionizm nomi Quddusdagi Sion tog’i bilan bog’liq. Bu oqim avstraliyalik yahudiy jurnalist T. Gerlsning «Yahudiylar davlati» risolasi asosida tuzilgan. Bu oqimning o’z oldiga qo’ygan maqsadi – yahudiylar o’zlari yashab turgan turli o’lkalardan chiqib, Falastinda «milliy birlashish»ga erishish. Sionizm
«jahon yahudiy millati» - «oliy millat» kabi g’oyalarni ilgari suradi. O’z g’oyasiga ko’ra sionizm siyosiy oqim bo’lib, maqsadiga erishish yo’lida yahudiy dinidan foydalanadi.
Yahudiylik manbalari. Yahudiy dini boshqa dinlar kabi o’zining muqaddas yozuvlariga ega. Uning asosan ikkita manbasi bo’lib, biri er. av. XIII asrda yashagan va Isroil xalqini Misrdan olib chiqib ketishga boshchilik qilgan Muso payg’ambarga Tur tog’ida berilgan Tora (Tavrot). Bu manba xristianlar uchun ham muqaddas hisoblanganligi uchun u haqida xristianlik mavzusida kengroq to’xtalamiz.
Talmud. Talmud(qad. yahud. tilida lameyd - o’rganish) miloddan
avvalgi IV asrlarda vujudga kelgan va yozma Toradan farqli o’laroq, avloddan-avlodga og’zaki ravishda o’tib borgan. Shuning uchun Torani yozma qonun, Talmudni esa og’zaki qonun deb yuritilgan. Talmud Mishna va Gemara kitoblari majmuasi bo’lib, Mishna ravvinlar tomonidan Tavrotga yozilgan sharhlar, Gemara esa Mishnaga yozilgan sharhlardan iborat. Talmudning Falastin (O’rshalim) va Vavilon (Bavliy) nusxalari mavjud. O’rshalim Talmudi eramizning III asrlarida Bavliy talmudi eramizning V asrida tahrir qilingan.
Unda ilgari yahudiylar uchun noma’lum bo’lgan o’ziga xos esxatologik (ya’ni oxirat, qiyomat, marhumlarning tirilishi, u dunyodagi ajr va jazo) tasavvurlar o’z aksini topgan. Talmudda Yahudiylik ning marosimlari, urf- odatlari aniq bayon etilgan bo’lib, ular 248 ta vasiyat va 365 ta taqiqni o’z ichiga oladi. Shuningdek, unda qadimiy yahudiylar orasida din, partiya, guruhlar (saduqiylar, farziylar, esseylar)ning kelib chiqishi haqida tarixiy ma’lumotlar keltirilgan. Unda bayon etilgan diniy qonun-qoidalar, aqidalar, ko’rsatmalar yahudiy dinining asosini tashkil etadi.
Yahudiy marosimlari va bayramlari. Yahudiylar o’zlarining Yahvega
nisbatan sodiq ekanliklarini isbotlash uchun bir necha rasm-rusumlarni ijro etadilar. Ular yillik va kunlik ibodatlardan, bayramlardan, marosimlardan iborat. Ibodat uyda ham sinagogada ham birday olib boriladi. Yahudiylar sinagogasining sharqiy tomonida Toraning nusxalari saqlanadigan sandiq va Ravvin uchun minbar qo’yilgan. Ayollar erkaklardan alohida ibodat qilishadi. Sinagogada ibodat xorshaklida olib boriladi.
Yangi tug’ilgan o’g’il bolalar sakkizinchi kuni xatna qilinadi. Yahudiylik da bir necha tur oziq-ovqatlar, asosan cho’chqa, quyon, qo’shoyoq, tuya, yaxlit tuyoqlilar, o’laksaxo’r qushlar kabi ba’zi hayvon go’shtlarini eyish taqiqlanadi.
Yahudiylarning yillik bayramlari ichida eng e’tiborlisi Peysax (Pasxa)
bayramidir. Bu bayram xristianlarning pasxasidan farqli o’laroq, yahudiylarning Misrdagi qullikdan qutulib chiqqanlari munosabati bilan nishonlanadi. Qadimiy yahudiylarda Pasxa deb qo’zichoq go’shti va vinodan iborat kechki ovqatga aytilgan. Xudo Misrdagi yahudiy bo’lmagan go’daklarni qirib tashlashga qaror qilganda ular o’z uylarining peshtoqini o’sha qoni bilan bo’yab o’zlarini yahudiy ekanliklarini bildirganlar.
Yahudiylar pasxa bayramidan keyingi etti kun davomida tuzsiz, xamirturushsiz patir – masa eydilar. Masani eyish bilan har bir yahudiy Muso boshchiligidagi o’z ota-bobolarining chekkan mashaqqatlarini his etadi. Bu bayram yahudiylarning quyosh-oy kalendarining Nison oyining 14 kuni (aprel oyining o’rtalariga to’g’ri keladi) nishonlanadi.
Pasxadan keyingi 50-kuni yahudiylar Shabuot (SHevuot) bayramini nishonlaydilar. Bu bayram dastlab dehqonchilik bayrami bo’lgan, keyinchalik Sinay tog’ida Musoga Xudo tomonidan Toraning berilishini nishonlab o’tkaziladigan bayramga aylangan. U yahudiylarning kalendari bo’yicha Sivonaoyining 6-,7-kunlari nishonlanadi.
Kuzda yahudiy kalendaridagi Tishri oyining 1-2-kunlari (sentyabr oxiri, oktyabr boshlari) yangi yil bayrami - Rosh-Ashonanishonlanadi. Bu bayram yahudiylar uchun poklanish bayrami hisoblanib, ular qurbonlik qilingan qo’chqor shoxidan yasalgan surnaylarni chaladilar, gunohlari qolmasligi uchun cho’ntaklarini to’ntarib yaxshilab qoqadilar.
Tishri oyining 9-kuni gunohlardan poklanish bayrami - Yom-Kipur nishonlanadi. Rosh-Ashona va Yom-Kipur bayramlari o’rtasida yahudiylar ro’za tutadilar. Ro’za kunlari ular yuvinmaydilar, yalangoyoq, eski-tuski kiyimlarga o’ranib yuradilar. Sinagogada nadomatlar bilan yig’lab tavba qiladilar.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin