Manbalarining tarixiy jihatlari. Dinning ilk shakllari. Shomоnlik amaliyotida ruhlar bilan alоqaning o’rni



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə3/5
tarix20.11.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#163012
1   2   3   4   5
Marifov Jasurbek 2

tarixiy-geografik jihatga ko’ra;

  • etnik jihatga ko’ra;

  • e’tiqod qiluvchilarining soniga ko’ra;

  • hozirgi davrda mavjudligi jihatidan (tirik va o’lik diniy tizimlar) va h.k.



    1. O’rta yer dengizi havzasi dinlari:

      1. grek;

      2. Rim;

    v) ellinistik.

    1. Qadimiy Yaqin va O’rta Sharq dinlari:

      1. Misr;

      2. Shumer;

    v) Akkad;
    g) g’arbiy-somiy;
    d) islomgacha arablar dinlari.

    1. Yaqin va O’rta Sharqning payg’ambarli dinlari:

      1. zardushtiylik;

      2. yahudiylik;

    v) xristianlik;
    g) manixeizm;
    d) islom.

    1. Hindiston dinlari:

      1. vedalar dinlari;

      2. hinduizm;

    v) hind buddizmi (teravada, maxayana);
    g) jaynizm.

    1. Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo dinlari:

      1. Shri-Lanka, Tibet, Janubi-Sharqiy Osiyo havzasi buddizmi;

      2. Xitoy dinlari (daosizm, konfusiychilik, buddizm maktablari);

    v) Koreya va Yaponiya dinlari.

    1. Amerika hindulari dinlari:

      1. toltek va asteklar dinlari;

      2. inklar dinlari;

    v) mayyalar dinlari.
    II.Etniktasnif.

    1. Urug’-qabila dinlari - totemistik, animistik tasavvurlarga asoslangan, o’z urug’idan chiqqan sehrgar, shomon yoki qabila boshliqlariga sig’inuvchi dinlar. Ular millat dinlari va jahon dinlari ichiga singib ketgan bo’lib, hozirda Avstraliya, Janubiy Amerika va Afrikadagi ba’zi qabilalarda saqlanib qolgan;

    2. Millat dinlari - ma’lum millatga xos bo’lib, boshqa millat vakillari o’ziga qabul qilmaydigan dinlar. Ularga yahudiylik (yahudiy millatiga xos), hinduiylik (hindlarga xos), Konfusiychilik (xitoy millatiga xos), sintoizm (yaponlarga xos) kiradi;

    3. Jahon dinlari - dunyoda eng ko’p tarqalgan, kishilarning millati va irqidan qat’inazar unga e’tiqod qilishlari mumkin bo’lgan dinlar. Unga buddaviylik, xristianlik va islom dini kiradi.

    4. Bundan tashqari dinlar ta’limotiga ko’ra monoteistik - yakkaxudolik (yahudiylik, islom) va politeistik - ko’pxudolik (hinduiylik, konfusiychilik) dinlariga bo’linadi.

    Ilmiy adabiyotlarda keltirilishicha, «ibtidoiy odamning jismoniy, fiziologik, asab-endokrin, biologik, psixologik va boshqa sohalari o’ziga xos xususiyatlarga ega edi. Bu nafaqat uning hayoti va faoliyatiga, fe’l-atvoriga, balki uning fikrlash darajasiga, kuchli hayajonlanishiga, tasavvur etishiga, mustahkam haqiqiy yoki soxta mantiqiy qonuniyatlarni kashf etishiga ta’sir ko’rsatdi. U ibtidoiy bo’lsa ham aqlli, fikr yurituvchi, ma’lum tahlilga qobiliyatli, konkret holatda fikr yurita oladigan, doimiy faoliyatida vujudga kelgan amaliy tajribalarga ega bo’lgan odam edi. Bunday tahlil nimaga asoslangan? Bilim miqdorining nihoyatda ozligi va uni doimiy takomillashib borishi, oldinda turgan hayotdan qo’rquv va uni engishga bo’lgan intilish, amaliy tajribani uzluksiz ko’payishi, tabiat kuchlariga mutlaq tobelik va undan qutilishga tirishish, atrof-muhit injiqliklari va ularni engish va h.k. - bularning barchasi shunga olib bordiki, uning ilk qadamidan nafaqat mantiqiy talabchanlik, balki hissiy-ijtimoiy, xayoliy-fantastik munosabatlar kelib chiqdi. Gap «ongli yovvoyi» yoki «abstrakt fikrlovchi kishi» to’g’risida borayotgani yo’q, ayni jamoaning qonun qoidalaridan chiqmagan holda, qolaversa 20-50 kishidan iborat bo’lgan kichik qabila, mehnat faoliyati jarayoni (ov, ozuqa izlash, qurol yasash, turar joyni jihozlash, olovni saqlash va h.k.) doimiy ijtimoiy munosabatlar, oilaviy urug’doshlik aloqalari va hodisalar jarayonida (nikoh aloqalari, tug’ilish va o’lim) ushbu jamoaning ruh homiylari, g’ayritabiiy kuchlar va voqeiylik o’rtasidagi g’ayrioddiy aloqalar to’g’risida ibtidoiy tasavvurlar mustahkamlanib borgan. Real hayot bilan bir qatorda o’zga dunyo mavjudligi, marhumlar tiriklar hayotiga ta’sir eta olishi to’g’risidagi g’oyalar yuzaga keldi».
    Dafn etish jarayoni. Ibtidoiy odam o’z qarindoshlarini ko’mishda
    maxsus marosimlar, ma’lum tayyorgarlik udumlariga amal qilar edi: jasadni qizil mineral bo’yoq bilan qoplanar, uning yoniga kundalik ehtiyoj buyumlari,
    zeb-ziynatlar, asbob-anjomlar va h.k. qo’yilar edi. Bularning bari o’z jamoa a’zolarini dafn etayotgan jamoa oxirat mavjud ekanligi haqida ibtidoiy tasavvurlarga ega bo’lganligidan dalolat beradi.
    Ov qilish. Bizga ma’lumki, arxeologik izlanishlar jarayonida er yuzining turli joylaridagi g’orlarda ibtidoiy odam tomonidan chizilgan rasmlar topilgan. Fanga ma’lum bo’lgan bu g’orlardagi suratlarning ko’pchiligi ov sahnasi, odam va hayvonlarning tasvirlari, hayvon terisini kiygan odamlar, yarim odam va yarim hayvon qiyofasidagi mavjudot suratlaridan iborat. Bu suratlar dalolat qiladiki, ibtidoiy odamlar o’zlari va hayvonlar o’rtasidagi tabiiy va g’ayritabiiy aloqalar mavjudligi haqidagi tasavvurlarga ega edilar. Bu bilan birga marhum ajdodlarining ruhlari sehrli usullar bilan hayvonlar hulqiga ta’sir etish imkoniyatiga ega deb bilar edilar. Bu tasavvurlar tiriklar bilan marhumlar o’rtasidagi vositachilar, ya’ni turli xildagi sehrgarlar va shamanlar faoliyatining kelib chiqishiga sabab bo’ldi.
    Ibtidoiy odam hayoti haqidagi tasavvurlarimizga ko’ra, uning hayotida kelib chiqqan diniy tasavvurlar quyidagi ibtidoiy din shakllarida namoyon bo’lgan.

    1. Totemizm. Totem so’zi - Shimoliy Amerikada yashaydigan Ojibva

    qabilasi tilida «uning urug’i» ma’nosini anglatadi. Uning mohiyati
    «odamlarning hayvonot yoki o’simlikning muayyan turlariga qarindoshlik aloqalari bor», deb e’tiqod qilishdir. Ehtimol, ma’lum bir jamoaning avvalda asosiy ozuqa manbaini tashkil qilgan hayvon yoki o’simlikka nisbatan e’tibor keyinchalik vujudga kelgan qabilaning diniy tasavvurlarining asosiy shakllaridan biriga aylangan bo’lishi mumkin. Urug’dosh guruhlar o’zlarini umumiy belgilari va totemlari bo’lgan hayvon yoki o’simlikdan kelib chiqqan deb bilar edilar. Ammo bunday totemlar va odamlar orasidagi aloqalar uzoq o’tmishga tegishlidir va bilvosita ularning mavjud bo’lganligini faqatgina qadimgi rivoyatlar tasdiqlaydi. Masalan, hozirgi davrgacha Avstraliya Aborigenlari orasida saqlanib qolgan afsonalardan ularning tasavvurlarini bilib olish mumkin.
    Urug’dosh jamiyatning shakllanishi jarayonida totemizm muhim rol o’ynadi. Ayniqsa, ular qarindosh guruhlarning boshqalardan ajralishiga sabab bo’ldi. «O’zimizniki», ya’ni bir totemga tegishli degan aniq taassurot paydo bo’ldi. Totemizm ta’sirida paydo bo’lgan urf-odatlar va normalar asrlar davomida qat’iy ravishda qo’llanildi. Bu totemga xos bo’lmagan begonalar bu jamoa urf-odati va normalaridan chetda hisoblangan. Totemizmning bunday ijtimoiy roli totemistik ko’rinishlarni evolyusion xarakteriga ham ta’sir ko’rsatdi. Vaqt o’tishi bilan qarindoshlik tizimining mustahkamlanib borishi jarayonida birinchi darajali totem tartibi haqida tasavvur ilgari surildi. Zooantropofomorf ko’rinishi bilan aralashgan holda odam bilan uning totemi qarindoshligi orasida oilaviy munosabatlar haqida, ya’ni odam vafot etgach uning o’z totemiga aylanishi yoki aksincha - totemdan qayta inson shakliga kelishi haqidagi tasavvurlar paydo bo’ldi. Birinchi tomondan buning hammasi o’tgan ota-bobolar ruhlarining kuchayishiga va ilohiy kuchlarga ishonchni oshishiga olib kelgan bo’lsa,
    ikkinchi tomondan totemga bo’lgan munosabatlarni o’zgarishiga, totemni ozuqa sifatida iste’mol qilishni taqiqlanishiga olib keldi. Tabu - ta’qiqlash tizimi paydo bo’ldi. Ulardan eng muhimi totemni ovqat sifatida is’temol qilishni taqiqlash edi. Faqatgina ba’zi diniy marosimlarda ruhoniylar yoki qabila boshliqlariga totemni eyish ruxsat etilardi. Shunday qilib, totemizm urug’chilik jamoasi - ijtimoiy jamoalarning eng birinchisida diniy ko’rinishlarning tarixiy asosi bo’lib qoldi.
    Insoniyat rivojlanishining dastlabki bosqichlarida totemizmning asosiy vazifalari - birinchi ma’ruzada aytib o’tilganidek birlashtiruvchilik, tartibga soluvchilik edi. Totemizm diniy shakllarning dastlabkisi bo’lishiga qaramasdan, hozirda ham ko’plab xalqlarning urf-odatlarida, e’tiqodlarida uning unsurlari saqlanib qolgan (Masalan, Hindistonda sigir, Avstraliyada kenguru, Qirg’izlarda oq bug’u afsonaviy baxt keltiruvchi hayvon sifatida ulug’lanadi).

    1. Animizm (lotin tilida anima “ruh, jon” ma’nolarini anglatadi). Animizm ruhlar mavjudligiga ishonch, tabiat kuchlarini ruhlantirish hayvonot, o’simlik va jonsiz jismlarda ruh, ong va tabiiy qudrat borligi haqidagi ta’limotni ilgari suruvchi ilk din shakllaridan biri. Ilk animistik tasavvurlar qadim o’tmishda, ehtimol totemistik qarashlar paydo bo’lgungacha, oilaviy jamoalarning shakllangunicha vujudga kelgan. Biroq etarli tushunib etilgan va barqaror ko’rinishdagi diniy xarakterga ega bo’lgan tizim sifatida kechroq, totemizm bilan bir vaqtda shakllangan.

    Animizm totemizmdan farqlanadi. Totemizm ma’lum bir oilaviy guruhning ichki iste’moliga uni boshqalardan farqlash maqsadiga yo’naltirilgan bo’lsa, animistik tasavvurlar keng va umumiy harakterga ega. Ular hammaga tushunarli va ma’qul bo’lgan. Shu bilan birga u tabiatning qudratli kuchlarini - osmon va er, quyosh va oy, yomg’ir va shamol, momaqaldiroq va chaqmoq kabilarni ilohiylashtirib, ularda ruh mavjud deb bilar edi. Tabiiyki, ibtidoiy odamlar nafaqat tabiatning buyuk mavjudliklarini, balki er yuzining ayrim alohida qismlari - tog’lar va daryolar, adir va o’rmonlar kabi odam e’tiborini tortuvchi narsa va jismlarga ham ilohiy munosabatda bo’lar edilar. Hattoki ko’p yillik daraxt, kattaroq xarsang tosh, jarliklarga o’xshash narsalar ham ibtidoiy odamlar tasavvurida jonli, tafakkurli, sezuvchan va harakat qiluvchi, shuningdek, yaxshilik yoki yomonlik keltirishi mumkin deb tushunilgan. Shunday bo’lgach, ushbu tabiiy narsa, hodisalarga e’tibor bilan munosabatda bo’lish taqazo etilardi, qurbonliklar qilish, ularning haqiga duo qilib, marosimlar uyushtirilardi.
    Animizm zamonaviy dinlarning barchasining asosiy aqidaviy qismini
    tashkil etadi. Jumladan, jahon dinlari bo’lmish buddaviylik, xristianlik va islomda ham ruhlar haqidagi ta’limot mavjud.

    1. Shomonlik yoxud sehrgarlik («shomon» so’zining tungus tilidagi ma’nosi «sehrgarlik»). Sehrgarlik (afsun, magiya) real natijalar olish uchun ilohiy kuchlarga ta’sir etish maqsadida amalga oshiriladigan ritual - urf-odatlar majmuasidir. U totemizm va animizm bilan bir vaqtda paydo bo’lib, u orqali kishilar o’z totemlari, ota-bobolarining ruhlari bilan xayolan bog’lanishni amalga

    oshirib kelganlar. U qadim o’tmishda paydo bo’lib, minglab yillar davomida rivojlanishda davom etib, saqlanib kelgan. Odatda afsungarlik urf-odatlari bilan maxsus odamlar - shamanlar, afsungarlar shug’ullanganlar. Ular orasida ayniqsa uzoq o’tmishda ayollar ko’p o’rinni egallaganlar. Bu shamanlar va afsungarlar jazavali va asabiy kishilar bo’lib, odamlar ularni ruhlar bilan muloqotda bo’lish, ularga jamoaning umid va niyatlarini etkazish, ularning irodasini talqin qilish qobiliyatiga ega ekanligiga chuqur ishonganlar. Shamanlar, odatda, ma’lum ritual harakatlar orqali ovoz chiqarish, ashula aytish, raqsga tushish, sakrash yo’li bilan nog’oralar va qo’ng’iroqlar ovozlari ostida o’zlarini jazavaga solib, o’zini yo’qotish, jazavaning yuqori nuqtasiga etkazish bilan afsungarlik qilishgan. Tomoshabinlar ham ba’zan o’zini yo’qotish darajasiga etib marosimlar ishtirokchilari bo’lib qolishar edi. Odatda shaman marosim oxirida bir holatga kelib hech narsani eshitmay, ko’rmay qolar edi. Shuning uchun uning ruhlar dunyosi bilan muloqoti xuddi shu holatda amalga oshadi deb hisoblanardi. Umuman, olganda ritual marosimlar qismlardan iborat bo’lgan afsungarlik jamiyatning haqiqiy talablaridan kelib chiqqan holda hayotda amalga oshirilgan. Ilohiy kuchlar dunyosi bilan bunday bog’lanish yo’li hayotda noma’lum, oldindan bilib bo’lmaydigan sharoitlardan kelib chiqqan. Lekin shu bilan birga afsungarlik odamlarning fikr yuritish, ongini mustahkamlashda katta rol o’ynadi. Bu esa diniy ongni shakllanish jarayonida muhim o’rin tutdi. Afsungarlik fikr yuritish rivojlangan sari odamga o’z-o’zidan bo’ladigan, faqatgina maqsadli yo’nalishdagi harakatlar natijasida olinadigan emas, balki ilohiy kuchlar afsuni bilan bog’liq bo’lgan sharoitlardan kelib chiqadigan ko’rinish deb hisoblangan. Natijada ko’pchilik aniq hodisalar, hattoki alohida buyumlar sehrli kuch egasi sifatida qabul qilina boshlandi.
    Sehrgarlik marosimlari yakka holda yoki jamoa bo’lib amalga oshirilishi
    mumkin edi. Afsungarlik maqsadga ko’ra quyidagilarga bo’linadi: 1) Zarar keltiruvchi - yovuz afsungarlik. Uning maqsadi kimgadir zarar etkazishdan iborat; 2) Harbiy afsungarlik. Bu dushmanga qarshi ishlatiladi (masalan, qurol-aslahalarni sehrlash); 3) Sevgi afsungarligi. Undan «issiq» yoki
    «sovuq» qilish maqsadida ishlatiladi. 4) Tibbiy afsungarlik. Undan davolash maqsadida foydalanish. 5) Ob-havo afsungarligi. Bu sehrgarlik turidan yomg’ir chaqirish yoki shunga o’xshash ob-havoni o’zgartirish maqsadida foydalanilgan.
    Sehrgarlik hozirda ham zamonaviy dinlarda va turli xalqlar urf- odatlarida saqlanib qolgan.

    1. Fetishizm (fetish so’zi fransuzcha fetiche “but, sanam, tumor” ma’nosidagi so’zni anglatadi). Uning mohiyati tabiatdagi jonsiz predmetlarga sig’inishdir. Unga ko’ra alohida buyumlar kishining o’z maqsadiga erishtirish, ma’lum voqea-hodisalarning o’zgartirish kuchiga ega. Fetish ham ijobiy ham salbiy ta’sir etish kuchiga ega.

    Fetishizm yog’och, loy va boshqa materiallardan yasalgan buyumlar paydo bo’lishi bilan bir paytda shakllangan. Bu butlarda va tumorlarda jamoalar g’ayritabiiy dunyodan keladigan ilohiy qudratning timsolini ko’rdilar.
    Bunday fetishga odatda afsungarlar, shamanlar ega edilar. Ular afsungarlik usullariga binoan bunday buyumlarga ta’sir ko’rsatganlar. Ibtidoiy odamlarning dastlabki diniy taassurotlari umumiy majmuasining shakllanish jarayonida fetishizm yakunlovchi bosqich bo’lib qoldi. Haqiqatda, ajdodlarni va tabiatni jonlantirish bilan bog’liq bo’lgan animizm, turli totemlar hamda o’lib ketgan avlodlar shaxsiga bog’liq totemizm orqali ibtidoiy odamlar ongida real buyumlar bilan birga ilohiy va illyuziya dunyosi borligi haqidagi tushuncha paydo bo’ldi. Natijada ularning ongida afsonaviy fikr yuritish qobiliyati mustahkamladi. Va nihoyat fetishlarning paydo bo’lishi shuni ko’rsatadiki, afsonaviy qudrat faqatgina vaqt va bo’shliqda ko’chib yurish xususiyatiga ega bo’lib qolmasdan, balki voqeiy dunyodagi buyumlarda ham bo’lishi mumkin. Shunday qilib, urug’chilik jamiyatining tashkil topish jarayonida ibtidoiy odamlarning ongida dastlabki diniy ko’rinishlarning keng, aniq, tartibli majmuasi ishlab chiqildi. Uning ma’nosi shuni anglatadiki, diniy tasavvurlar odam hayotining bo’linmas, hattoki asosiy qismi bo’lib qoldi. Jamiyat va tabiat qonunlarini, albatta, o’sha dunyo kuchlari boshqaradi. Shuning uchun jamoa yaxshi yashayman desa, ozuqalar bilan ta’minlangan, kimningdir tomonidan himoyalangan bo’lishni istasa, birinchi vazifasi u o’sha g’ayritabiiy kuchlarni juda ham hurmat qilishi kerak edi. Dunyo haqidagi bu tasavvurlar vaqt o’tishi bilan takomillashib bordi va insoniyat hayotida uzoq vaqt mobaynida o’z ta’sirini o’tkazib keldi.
    Fetishizmning unsurlari hozirgi davrda ham xalqlarning urf-odat va
    e’tiqodlarida saqlanib qolgan. Masalan, barcha dinlardagi haykallar, suratlar, tumor, ko’zmunchoq va turli ramzlar bunga yaqqol misoldir.

    1. Ibtidoiy mifologiya. Ibtidoiy odamning tasavvuri va e’tiqodlari majmuasi, ularning real hayotdagi qiyinchiliklari, muammolari va yutuqlari og’zaki ijodda aks etgan. Bu narsa odamlarning ongida qolib, turli afsonalarning yaratilishiga sabab bo’lgan. Ibtidoiy mifologiyani tashkil etgan ijod doim odamlarning ma’naviy hayoti, ibodati, hissiyotlari va diniy tasavvurlari bilan chambarchas bog’liq edi. Buni tushunish oson: agar ibtidoiy odamning asosiy ma’naviy hayotida totemlarga, marhum ajdodlarga ibodat qilish, ular bilan sirli qarindoshligi bo’lsa, mifologiyaning markazida zooantropomorfik ajdodlar yoki har-xil mo’jizalar kuchiga ega bo’lgan ilohiylashtirilgan qahramonlar turardi. «Madaniy qahramon»larning ismlari afsonalarda biron bir muhim yaratilgan ixtiro yoki yangilikda mujassam bo’lgan. Masalan, olovni topish, oila va nikohlar shaklni o’rnatish, mehnat va ov qurollarini yasash va boshqa jasoratlarga oid aqidalarni tashkil qilish. Kosmogonik syujetlar ibtidoiy mifologiyada katta o’rin egallagan. YA’ni er va osmon, quyosh va oy, o’simlik va hayvonot va nihoyat odamning yaratilishi to’g’risida rivoyatlar va afsonalarda diniy tasavvurlarning ta’siri yaqqol namoyon bo’lgan. Ruhlarni yangi shaklga kirish sehrli xususiyatiga, ya’ni o’z qiyofasini o’zgartirish qobiliyatiga ega, bir vaqtning o’zida odam va hayvon shaklidagi monstr deb hisoblashardi.

    Ibtidoiy mifologiyada hayot va o’lim, tabiat va madaniyat, ayol va
    erkaklar orasidagi muhim aloqalar tasvirlangan edi. Mifologiyaning bunday
    qarama-qarshiliklarini tahlil qilish hozirgi sharoitda inson tarixining qadimgi bosqichini qayta tiklash uchun muhim manba hisoblanadi. Xususan, bu tahlil ibtidoiy jamoalarda taraqqiyotning borishida diniy tasavvurlarning muhim rolini aniqlashga imkon yaratadi.

    1. Neolit davridagi diniy tasavvurlar. Neolit revolyusiyasi odamlarning turmushini, ularning ta’sir etadigan barcha sohalarni tubdan o’zgartirdi. Odam o’simliklarni o’stirish, ozuqa zahiralarini hosil etishni asta-sekin o’rgandi. Va bu odamni o’troq hayot kechirishga majbur etdi. qadim hayvonlarni qo’lga o’rgatgan hamda ular berayotgan mahsulotdan foydalanishni o’rgandi. Bu nafaqat go’sht, balki sut va teridir. Ovqat pishirish bilan tanishishi hamda idishlar yasash odamga yangi muhim materiallarni uzgartirishga majbur etdi. Odam, ovqat va ichimliklar saqlash uchun mo’ljallangan idishlar, uy qurish uchun foydalanadigan loyni tayyorlashga o’rgandi. Neolit davri yuqori poleolitdan keskin farq qiladi. Shu jumladan, tosh buyumlarni silliqlash va sayqal berish - bu esa muhim farq va shu farq davrga nom berdi (Neolit - yangi tosh davri, yangi tosh ishlash yangi usullar davri).

    Neolit davri dehqonlarga yangi ishlab chiqarish imkonini berdi. Dehqonlar zich va ko’pchilik guruhlar bilan o’rnashardi. Dushmandan hamda yovvoyi hayvonlardan himoyalangan qishloqlar kengayib, atroflarida kichik qishloqchalar o’rnashar edi. Tinchlik va ovqat bilan ta’minlash, tug’ilish va bolalarni tirik qolishi va o’sishiga imkon berar edi. Aholining keskin ko’payishi yangi erlarni o’zlashtirishga, hayot tarzini o’zgarishi diniy tasavvurlarning rivojlanishiga yangi imkoniyatlar yaratdi.
    Dehqonchilikning ehtiyojlari hosilni uzoq vaqt sabrsizlik bilan kutish kerakligi, hamda aniq vaqtni hisoblash muhimligi, er fasllarining sikllarini bilish - bularning hammasi dehqon qabilalarining osmonu erga, quyoshu oyga, yomg’iru shamolga yangi qiziqishini paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Bu degani qudratli ruhlarga bog’liqlik sezilarli va ko’zga tashlanadigan bo’lib qoldi. Iltijo va qurbonlik ularga atala boshlandi. Ammo tabiiy imkoniyatlar to’g’risidagi tasavvurlar keskin o’zgardi. Natijada qadimgi ruhlar -animistik sig’inish ob’ekti asta-sekin o’ta qudratli xudolarga aylandilar. Ular uchun mehrob hamda cherkovlar tashkil etilardi va ularda kecha va kunduz, dehqonlar jamoasidan maxsus ajratilgan mutaxassis xizmatkorlar - kelajakdagi kohinlar xizmat qilardi. Qadimgi totemistik tasavvurlar ham o’zgardi, dehqonlarni hayoti ov natijasiga bog’liq bo’lmagan holda, hayvonlarni qadrlay boshladi, ammo hayvonlar va totemistik tasavvurlar avlodlar xotirasida saqlanib qolavergan. Bu esa zoomorfik tashqi qiyofani biron-bir sig’inilgan xudoda aks etishiga olib keldi. Aksar xudolarning ko’rinishi hayvon, qush, baliqlarning yo boshi, yo tanasi shaklida bo’lar edi. Bu mifologik qahramonlarning yuqorida aytib o’tilgan xudoga qarindoshligi saqlanib qolgan.
    Fetishizmning sokin xarakteri o’zgardi, xudolarning qudratli butlari,
    mehroblar yoki cherkovlar yoniga o’rnatilgan yirik haykallar shakliga aylandi. Ba’zan butlar o’rniga ramziy haykalchalar, turli shakldagi toshlar guruhi
    foydalanildi. Fetishizmning rivojlanishida bu haykal va qurilmalar ibodatxonalarning ramzi bo’lib xizmat qildi.
    Afsun ham o’zgardi. Afsungarlarning dushmanlarga ziyon etkazish va omadli ov bilan ta’minlash, ruhlar yordamida o’z maqsadiga etishishning ibtidoiy usullari o’rniga yangi, puxta o’ylangan ilohlar bilan aloqa marosimlari, boshqa diniy marosimlar, ibodat va qurbonlik qilish tartiblari yuzaga keldi. Bular asosida qadimgi afsunlar yotar edi. Ammo bir qancha yangiliklar yuzaga keldi. Bunday yangiliklardan biri - fol va bashorat edi. Bular afsunga yaqin bo’lgan, hamda unga asoslangan afsun prinsiplari va usullari edi. Ammo uning maqsadi boshqa edi: bu istakni amalga oshirish emas, balki uni bilishdir. Folbinlikning ilk shakllari nealit davridan ilgari ham amal qilardi. Ammo tizim sifatida nealit davrida yakunlandi. Neolit davridagi dehqonlar qudratli tangridan qo’rqqan holda uning yaxshi niyat munosabatlariga juda qiziqar edi. Buning uchun (qurbonlik) tabiat kuchlari ilohlariga yoki ilohiylashtirilgan ajdodlarga ibodat qilishar edi. Ularning hayolida keltirilgan qurbonliklar hamda ilohiylashtirishga ibodat qilishlari ularga yordam keltiradi va iltimosini rad etmaydi. Ammo buni qanday bilish mumkin? Mana shu yerda barcha usul va prinsiplari bilan fol ochish yordamga kelar edi. Har bir shamanga munsub bo’lgan ibtidoiy afsun marosimlaridan farqli o’laroq, folbinlik yuqori saviyali madaniyatni talab etardi. Marosimlarni olib boruvchi folbin kiyim shartli belgilar tizimiga rioya qilishi shart edi. Bu shartli belgilar ilohini qoniqtirganligini hamda ularning iltijolariga aniq javob berishga tayyorligini anglatardi. Belgilar tizimi har xil - elementar qur’a tashlashdan to murakkab chiziq, yorug’ nuqta va chiziqlarni qo’shilishigacha bo’lar edi.



      1. Yahudiylik, buddaviylik va xristianlik dinlarining Markaziy Оsiyoga kirib kеlishi. Yahudiylik - dini eramizdan avvalgi 2000 yillarning oxirlarida Falastinda vujudga kelib, yakkaxudolik g’oyasini targ’ib qilgan dindir. Yahudiylik millat dini bo’lib, faqatgina yahudiy xalqiga xos. Yahudiylik ning kitobiy asoslari er. av. IV-III asrlarda shakllandi. Bu dinning ta’limotiga ko’ra olamlarni yaratuvchi yagona xudo Yahve mavjud. U Tavrotni yahudiylarga berish bilan ular bilan ahd tuzgan. Go’yoki yahudiylar Yahvening yer yuzidagi xalqlarning «eng mumtozi» va keyingi dunyoda berilajak in’omlarning eng haqlisi, Muso Yahvening elchisi, Tora (Tavrot) Yahve tomonidan Musoga Tur tog’ida berilgan muqaddas kitob. Yahve olamlarni yaratishni yakshanbada boshlab, juma kuni tugatdi, shanba kuni esa dam oldi va yahudiylarga ham shu kuni dam olishni buyurdi. Shuning uchun Yahudiylik diniga ko’ra shanba kuni ulug’ kun hisoblanib, hech qanday mehnatga qo’l urilmaydi.


    Yüklə 0,52 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin