Kavkaz orti qadimi tarixi Manbashunosligi va Tarixshunosligi
Ozarbayjon Respublikasi Azərbaycan Respublikası
Bayroq
Gerb
Shior: Odlar Yurdu (Olovlar Yurti)
Madhiya:Azərbaycan marşı (Ozarbayjon madhiyasi)
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ozarbayjonda paleolit davridan aholi yashay boshlagan. Qadim zamonlarda hozirgi Ozarbayjon hududida yashagan koʻpgina qabilalar (kaspiylar, kadusiylar, albanlar) tarixiy rivojlanish davomida kabila ittifoqlariga birlashib, keyin-chalik dastlabki davlat tuzilmalariga asos boʻldi. Miloddan avvalgi 9-asrda Mana pod-shoxligi vujudga keldi. Xoʻjalik va madaniyat birmuncha rivojlandi. Miloddan avvalgi 7-asr oxirlarida Ozarbayjon va qoʻshni mamlakatlarda Midiya davlati tashkil topdi. Miloddan avvalgi 6-asrda hokimiyat Axomaniylar qoʻliga oʻtdi. Bu davlatni Makedoniyalik Aleksandr qoʻshinlari tor-mor et-gach, Atropatena davlati vujudga keldi. Miloddan avvalgi 3-2-asrlarda xoz. Ozarbayjon xududining katta qismi Albaniya deb ataldi (qarang Kavkaz Albaniyasi).
Ozarbayjonni bosqinchilar koʻp marta taladi. Aholining ularga qarshi kurashi, xu-susan, milodiy 5-asr oxiri — 6-asr boshlarida Mazdakiylar harakatink yuzaga keltirdi. 8-asr boshlarida Ozarbayjon Arab xalifaligi qoʻl ostiga oʻtdi, islom dini tarqaldi. Bobak qoʻzgʻoloni, Xurramiylar harakatida dehqonlar va hunarmandlar qatnashdi. 11-asr oʻrtalarida Saljuqiylar boshliq turk qabilalari (oʻgʻuzlar va boshqalar) bostirib keldi. 12-asrda Saljuqiylar mavqei pasayib, Shirvonshohlar, Kasroniylar, Eldegiziylar podshohdigi rivoj topishi bilan hunarman-dchilik, dehqonchilik, savdo-sotiq ta-raqqiy etdi. Shu davrda yetishib chiqqan Makkiy ibn Ahmad, Bahmanyor, Xatib Tabriziy, Hoqoniy, Nizomiy Ganjaviy, Mahastiy va boshqa jahon madaniyati ravnaqiga salmokli hissa qoʻshdilar.