Mang’itlar davrida buxoro amirligining iqtisodiy tarixi reja


AMIRLIKDA SAVDO-SOTIKNING RIVOJLANISHI SANOAT ISHLAB CHIQARISHINING SHAKLLANISHI



Yüklə 64,49 Kb.
səhifə5/6
tarix16.02.2023
ölçüsü64,49 Kb.
#84561
1   2   3   4   5   6
MANG’ITLAR DAVRIDA BUXORO AMIRLIGINING IQTISODIY TARIXI

3. AMIRLIKDA SAVDO-SOTIKNING RIVOJLANISHI SANOAT ISHLAB CHIQARISHINING SHAKLLANISHI.
Ma’lumotlarda keltirilishicha. Rossiya kapitali Rossiya-Buxoro savdo-tijorat aloqalariga favqo’lodda juda katta ahamiyat berib, o’z maqsad va manfaatini ko’zlab homiylik qilgan. Bunda asosan qimmatbaho va valyuta keltiruvchi xomash’yoni katta miqdorda Buxorodan olib chiqib ketishni amalga oshirgan. Chunki bunday siyosat Rossiyaning o’z iqtisodini kutarishida jiddiy ahamiyatga ega edi.
Xunarmandchilik sohasida to’qimachilik uning asosiy tarmoqlaridan biri hisoblangan. U asosan mahalliy xom ashyo manbalari — paxta, jun, ipakning yetarli miqdorda bo’lganligi uchun ham yaxshi rivojlangan.
XVIII—XIX asrlarda Buxoro amirligining Qashqadaryo vohasida xunarmandchilik yaxshi rivojlangan bo’lib, uning to’qimachiliq kulolchiliq duradgorlik kunchilik va temirchilik turlari voha va amirlikning xo’jalik hayotida salmoqli o’rin egallagan. Vohaning Qarshi, SHaxrisabz, Kitob shaharlarida hunarmandchilik yaxshi rivojlangan.
To’qimachilik voha xunarmandchiligida yetakchi tarmoq hisoblangan.
Ayniqsa, bo’z, chit, olacha ko’p miqdorda tayyorlangan.
Qarshi va Shaxrisabzda ipak matolar tayyorlashga katta e’tibor qaratilgan.
Voha xunarmandchiligida kulolchilikning mavqei ancha yuqori bo’lgan.
Qarshi shaxri Buxoro amirligidagi mis va kumush buyumlar ishlab chiqaruvchi yirik markazlardan biri bo’lgan. Voxaning Qarshi va Shaxrisabz shaxarlaridagi zargarlar tomonidan tayyorlangan zargarlik buyumlari, metall va turli xil shishalardan yasalgan taqinchoqlar O’rta Osiyo hududida katta qadr-qiymatga ega bo’lgan.
Ko’nchilik ham yaxshi rivojlangan tarmoq hisoblangan. Charmgar ustalar tomonidan yaxshi ishlov berilgan terilardan turli xil oyoq kiyimlari, bosh kiyimlar, po’stin va nimpo’stin, turli xil meshlar tayyorlangan.
Vohada yogoch o’ymakorligi yaxshi rivojlangan bo’lib, turli xil binolar qurilishida undan unumli foydalanilgan.
XIX asrda amirlikning Buxoro, Samarkand, G’ijduvon, Denov va boshqa ko’plab hududlarida kulolchilik ancha yaxshi rivojlangan va sifati yaxshi mahsulotlar tayyorlangan.
Hunarmandchilik turlari ichida zargarlik xam ancha kuchli rivojlangan.
Buxoro amirligida metallga ishlov berish ancha yaxshi yo’lga qo’yilgan. 1841 yili Buxoroga kelgan Q F. Butenev bu yerda 6 ta cho’yan quyish qozonlari bo’lganini yozadi. O’lkada qurilgan dastlabki metall quyish qozonlarida to’plar uchun o’qlar, harbiy va dehqonchilik qurollari yasalgan. Mis noyob va qimmat bo’lganligi uchun Buxoro amirligida to’p yasashda mis o’rniga ko’proq cho’yandan foydalanilgan. Bu ishda mohir Shaxrisabz ustalari amirlikda eng yirik to’p stvolini quyishgan, uni o’rnatish uchun maxsus o’n ikki g’ildirakli qurilma yasalgan. Biroq Q. Butenev Buxoro amirligida metall ishlab chikarish sanoatiga deyarli e’tibor berilmaganligini yozadi: „Buxoroda hatto xunarmandchilik ham mukammallikning quyi bosqichida turadi, zavodchilik ishi yo’q, agar hukumat bundan keyin ham xozirdagidek harakat qilsa o’zgarish bo’lishi qiyin. Nihoyatda johil bo’lgan xukumatning zavodlar qurishi xaqida so’z bo’lishi ham mumkin emas, chunki u bunday zavodlar haqiqiy foyda keltirishini ko’rmaydi. Bundan tashqari, zavodlar qurish uchun mablag’ xam, bilimdon kishilar ham yetishmasdi‖.34
Bundan ko’rinib turibdiki, Buxoro amirligida XIX asrning 40-yillarida ham sanoat tarmoqlarining shakllanishi, uning ko’rinishlari deyarli ko’zga tashlanmagan.
XIX asrning o’rtalariga qadar Buxoro amirligi konlaridan qazib olingan qazilmalardan mis va qo’rg’oshinlar nihoyatda sodda qurilgan o’choklarda ajratib olingan. Mis buyumlar, qo’rg’oshindan o’qlar tayyorlashda haddan tashqari ortiqcha isrofgarchilikka yo’l qo’yilgan.
Buxoro amirligi va uning aholisi savdo-sotiq ishlariga katta e’tibor qaratgan.
O’z qo’shnilari bo’lgan Xiva xonligi, Qo’qon xonligi hamda Afg’oniston bilan hamda o’ziga yaqin bo’lgan davlatlar Eron, Qashqar, Hindiston bilan va yirik shaharlar hisoblangan Hirot, Mashhad va Kashmir bilan juda katta va doimiy savdo ishlarini olib borishgan.
Buxoro amirligida hunarmandchilikning rivojlanishi bevosita savdo munosabatlarini kengayishiga sabab bo’ldi. Ayniqsa, bu ichki savdo rivojlanishiga keng yo’l ochdi. XVIII asrning ikkinchi yarmida Buxoro hududining juda ko’p shaharlarida karvonsaroylar qurilishiga katta e’tibor berildi. Aynan mana shu davrda Buxoroning qushni davlatlari va Rossiya, Eron, Hindiston davlatlari bilan savdo aloqalari tez sur’atlar bilan rivojlanib borgan. Ichki bozorda Buxoro, Samarkand, Qarshi, G’uzor shaharlari amirlikning yirik savdo markazlari xisoblangan. Ushbu shaxar bozorlarida pulning qiymati va mahsulotlar tannarxi belgilangan. Masalan, G’uzor chorva mollari sotish va sotib olishda eng katta bozorlarga ega bo’lgan. Boshqa shaharlar va aholi yashaydigan manzilgohlarda haftaning ma’lum kunlarida bozor bo’lgan. Ichki bozorlarda avvalo kundalik ehtiyoj mollari, oziq-ovqat mahsulotlari, xunarmandlar ishlab chiqargan mahsulotlar, paxta matolari, jun va ipak matolariga talab katta bo’lgan.
Buxoro bozori nafaqat shaxarliklar, balki uning atrofidagi qishloqlar aholisining talablarini qondirishda ham, aloxida ahamiyatga ega bo’lgan eng yirik savdo markazlaridan hisoblangan. Buxoro bozorida ko’chmanchi chorvadorlar o’z mahsulotlarini Buxoro hunarmandlari mahsulotlariga ayirboshlashgan. Buxoro bozorida parcha, duxoba, har xil chitlar, ipak matolar, temir, tilla, kumush, mis, cho’yan idishlar, qog’oz, igna, turli xil iplar yaxshi savdo qilingan. Buxoroda yanvar oyidan may oyigacha savdo yaxshi bo’lgan. Bu davrda savdo yarmarkalari tashkil qilingan. Bu savdo yarmarkalariga Eron, Afg’oniston, Hindiston, Xitoy, Rossiya va amirlikning barcha viloyatlaridan savdogarlar tashrif buyurishgan. Bu savdo mavsumida nihoyatda ko’p maxsulotlar ortgan savdo karvonlari Buxoroga kelishgan.
Savdo karvonlari ular uchun mo’ljallangan maxsus karvonsaroylarda to’xtashgan. XIX asrning boshida Buxoroda chet ellik savdogarlar uchun mo’ljallangan 10 ta karvonsaroy bo’lgan. XIX asrning 40-yillariga kelib esa 24 ta toshdan qurilgan va 14 yog’ochdan yasalgan, jami 38 ta karvon saroy mavjud bo’lgan. Buxoro shaxrining bosh bozori Registonning markaziy maydonida joylashgan bo’lgan.16
Buxoro savdogarlari qo’shni davlatlar va xalqlar bilan savdo aloqalarini rivojlantirishga katta e’tibor berganlar. Ko’chmanchi qozoqlar Buxoro amirligiga cho’l mahsulotlari, ya’ni palaslar, namatlar va o’troq aholi uchun kerakli bo’lgan muhim xom ashyo — jun va terini ko’plab keltirishgan.
Buxoro dehqonlari va xunarmandlari esa, o’z navbatida, qozoq dashtlariga non, oziq-ovqat mahsulotlari, sabzovotlar, kiyim-kechaklar paxta matolari yetkazib berishgan.
Buxoroda turkman gilamlari nihoyatda katta talabga ega bo’lgan. O’z navbatida turkmanlar Buxorodan kiyim-kechak uchun kerak bo’lgan bo’z va boshqa matolarni olib ketishgan.
Buxoro savdogarlari Balx va Badaxshonda ham katta savdo ishlarini olib borishgan. Bu yerda buxoroliklar qozon, buxoro matolari, Rossiyadan keltirilgan igna, oyna, qaychi va shu kabi boshqa maxsulotlarni olib kelishgan. U yerdan Buxoroga kumush, oltinlar olib qaytishgan.
Buxoro savdo karvonlari Qobul va Hindistonga ham borib savdo-sotiq ishlarini amalga oshirishgan. Hindistondan buxorolik savdogarlar qimmatbaho toshlar, doridarmonlar va Kashmir matolarini sotib olishgan. Hindistonlik savdogarlar ham, o’z navbatida, Buxoroga tashrif buyurishgan va ko’plab xind matolarini olib kelishgan.
Buxoro savdogarlari Xitoy, Sharqiy Turkiston bilan ham savdo aloqalarini olib borishgan. Xitoy bilan savdo aloqalarini Qo’qon xonligi orqali olib borishgan.

Yüklə 64,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin