Mang’itlar davrida buxoro amirligining iqtisodiy tarixi reja



Yüklə 64,49 Kb.
səhifə1/6
tarix16.02.2023
ölçüsü64,49 Kb.
#84561
  1   2   3   4   5   6
MANG’ITLAR DAVRIDA BUXORO AMIRLIGINING IQTISODIY TARIXI


MANG’ITLAR DAVRIDA BUXORO AMIRLIGINING IQTISODIY TARIXI
REJA

  1. Buxoro amirligining tashkil topishi. Mang’itlar sulolasining

xokimiyat tepasiga kelishi

  1. Amirlikning o’ziga xos xususiyatlar

  2. Mang’itlar sulolasining davlat boshqaruvi an’analari

  3. Buxoro amirligining iqtisodiy ahvoli va savdo aloqalari

  4. Amirlikdagi iqtisodiy ahvol va mulkiy munosabatlar

  5. Amirlikda savdo-sotiqning rivojlanishi sanoat ishlab chiqarishining

shakllanishi
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


1. AMIRLIKNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
Mang’itlar — Buxoro amirligini boshqargan sulola (1757—1920). Uning vakillari Mang’it qabilasiga mansub bo’lganlar. Tarixiy tadqiqotlarda keltirilishicha, mang’itlar yirik turkiy urug’lardan biri bo’lib, ular dastlab XII-
XIII asrlarda Dashti Qipchoq, Idil (Volga) va Yoyiq daryolari oralig’ida yashagan. XIV asrning oxirida Oltin O’rla davlatidan ajralib chiqib, alohida
Mang’it O’rdani tashkil qilganlar. XV asr o’rtalarida mang’itlar no’g’aylar
(nog’aylar) deb atalgan. Mang’it O’rda ham bu paytdan boshlab No’g’ay O’rda (No’g’ay xonligi) nomini olgan. No’g’ay O’rda davlatida asosan mang’itlar va qo’ng’irotlar yashagan. XVI asr o’rtalarida bu davlat ikkiga katta va kichik No’g’ay davlatlariga bo’linib ketgan. Keyinchalik Katta No’g’ay tarkibidagi mang’itlar qavmi o’zbeklar, qoraqalpoqlar va qisman qozoqlar tarkibiga kirganlar1. Ashtarxoniylar sulolasi o’rniga kelgan Muhammad Raximning taxtga rasman o’tirishi (1756 y. 16 dek.) dan boshlangan.Muhammad Rahimxon Qarshi tomonda yashagan ―Oy eli to’q mang’it‖ urug’ining vakili bo’lib, ekin yerlari, mulk, chorva mollari va katta sarmoyaga hamda o’z qabilasi va qo’shni qabilalar o’rtasida e’tibor va nufuzga ega edi. O’z kelib chiqish rishtalari jihatidan ba’zi mang’itlar ashtarxoniylar, temuriylar va chingiziylarga bog’lanadi. Muxammad Raximxon o’zbek (turk) xalqidan bo’lib, chingiziylarga aslo bog’lanmaydi2. Mang’itlar qavmining to’q mang’it urug’iga mansub bo’lgan sulolasi vakillari Buxoro amirligida katta imtiyozlarga ega bo’lib bordilar.
Uning vafotidan so’ng taxt vorisi etib Fozil tura (qizining o’g’li), keyin
Ubaydullaxon tayinlangan bo’lsada, davlatni amalda amakisi Doniyolbiy otaliq (1758—85) boshqargan.
Doniyolbiy (1758-1785) - mang’itlarning nufuzli biylaridan, otaliq. Buxoro amiri Muhammad Rahimning katta amakisi. 1758 y. 24 martda Muhammad Rahim vafotidan so’ng uning o’g’illari bo’lmagani uchun xonlik taxtiga voyaga yetmagan nabirasi Foziltura o’tqazilgan, Miyonkol hokimi bo’lgan Donyolbiy unga otaliq qilib tayinlangan. Bundan norozi bo’lgan viloyat hokimlari, kenagas, yuz, bahrin, burqut va saroy qabilalari amirlari markazlashgan hokimiyatga qarshi isyon ko’tarib, 10 ming yigitni qurollantirib Buxoro tomon yurishgan. Ularga qarshi chiqqan Donyolbiy isyonkor viloyat hokimlari bilan bir bitimga kelishgan. Unga ko’ra, Fozilturani taxtdan tushirib, o’rniga ashtarxoniy shahzodalardan bo’lgan Abulg’ozi xonlik taxtiga o’tqazilgan (1758— 85). Donyolbiy ham otaliq mansabini, ham amaldagi hukmdorlikni o’z qo’lida saqlab qolgan. Donyolbiy otaliq davrida ham o’zaro urushlar davom etib, Karmana, O’ratepa, Nurota, Sherobod, Boysun va boshqa joylarda mahalliy kuchlar bosh kutarib, poytaxt izmidan chiqishga harakat qilganlar. 1781 yil Rossiya hukumati Buxoro bilan savdo bitimi tuzishni taklif etganida Donyolbiy bu bitimni 92 o’zbek qabilasi boshliklari roziligi siz imzolay olmasligini bildirgan. Bu holat Donyolbiy davrida Buxoro amirligidagi siyosiy markazlashuv darajasi Muxammad Rahim davridan ancha past bo’lganidan darak beradi. Bu tabiiy suratda Buxoro shahar aholisining noroziligiga sabab bo’lgan. Bundan tashqari Donyolbiy qo’shin ta’minoti uchun ko’plab qo’shimcha soliqlar joriy etib, bu bilan poytaxtdagi hunarmandlar va savdo ahlini o’ziga qarshi qaratib qo’ygandi. 1784 y. Buxoroda qo’zg’olon ko’tarilib, unda mingga yaqin kishi o’ldirilgan. Donyolbiy hokimiyatni shaharliklar orasida obro’-e’tibori baland bo’lgan o’g’li Shohmurod (1785—1800) ga topshirishga majbur bo’lgan. Buxoro xonligini birlashtirish va markazlashtirish uchun kurashni Shohmurod davom ettirgan. Shohmurod Donyolbiy joriy etgan soliqlarni bekor qilgan. Mang’itlardan bo’lgan buxorolik tarixchi Muhammad Yoqubning yozishicha: «Donyolbiy saxiy va muruvvatli xokim sifatida mashhur bo’lgan, lekin davlat (moliya) ishlari bilan qiziqmagan. Biron ishni boshlashdan oldin ishning ko’zini biladigan kishilar bilan maslahatlashgan». Donyolbiy xonlik unvonini qabul qilmagan, otaliq unvoni bilan qanoatlangan3.
Keyingi Mang’it xukmdorlari: Shohmurod (1785-1800), Muhammad Doniyolbiy otaliqning o’g’li. Shohmurod otasi vafot etgach, uning «amir-ul umaro» unvonini qabul qilgan va rasmiy ravishda Buxoro taxtida o’tirgan chingiziy Abulg’ozixonni hokimiyatdan chetlatib, o’zini Buxoro amiri deb e’lon qilgan (1785 y. 9 iyunь). O’nta ukasining har biriga bittadan viloyat hokimligini berib, siyosiy tarqoqlikka barham bergan.
Shohmurod faol ichki va tashqi siyosat olib borgan. Shohmurod pul islohoti o’tkazib, sof kumushdan tanga zarb qildirgan. Zamondoshlari va kelajak tarixchilari Shohmurodni «Amiri ma’sum» («Begunoh amir») va «Umari soniy» («Ikkinchi Umar»), «g’oziy» unvonlari bilan tilga olishadi. Shohmurod Marv, Balx va boshqa hududlarni Buxoroga qaytarish uchun Xurosonga qilgan harbiy yurishlarida uning qo’shinlari g’olib chiqqan, Marv, Balx, Maymana va Andxuy Buxoroga qaytarilgan. Shohmurod Usmonli turk sultonligi va Rossiyaga bir necha marta elchilar jo’natgan. Shohmurod tasavvuf g’oyalari bilan sug’orilgan «Ayn fihikmat» («Donishmandlik asoslari») asarini yozgan, hanafiya mazhabiga doir «Fatava-yi ahli Buxoro» («Buxoro ahliga fatvolar») to’plamini tuzgan.
Shohmurod davrida Buxoro va Samarqandda ko’plab madrasalar, masjidlar, xonaqolar va turli binolar qurilgan. Xususan, Zarafshon vodiysidagi dehqonchilikka katta e’tibor qaratilib, Zarafshon daryosidan turli ariqlar (Qozonariq, Toyman arig’i, To’g’uzariq), Oqdaryo va Qoradaryodan yangi ariqlar chiqarilgan hamda boshqa sug’orish inshootlari qurilgan. Shohmurodning o’zi Samarqandni qayta qurish tarkini chizgan. Shohmurod shaharda 24 ta mavze qurib, mamlakatning sharqiy viloyatlaridan bu yerga aholini ko’chirib keltirgan. G’uzorda Madrasa va masjid qurdirgan. Shuningdek, Shohmurod hukmronligi yillarida Doniyolbiy davrida boshlangan Xalifa Xudoydod majmuasi qurilishi davom ettirilgan. Shohmurod Jo’ybordagi Eshoni Imlo qabristonida piri Shayx Safar qabri oldida dafn etilgan4.
Buxoro amirligi monarxiya boshqaruv tizimiga asoslangan (ilova № 1 ga qarang) bo’lib, davlat boshida amir turgan, viloyatlarni beklar va amlokdorlar boshqargan va ular o’z navbatida amirga buysungan. Mamlakatda davlat boshqaruvi to’laligicha shariat konunlari asosiga qurilgan edi. Davlat boshqaruvi idoralari markaziy va maxalliy tizimlardan tashqil topgan. Mahalliy boshqaruvda viloyatlarni amir tomonidan tayinlangan beklar boshqargan, bekliklar o’z o’rnida amlokliklarga bo’lingan. amlokliklar o’z tarkibiga bir necha qishloqlarni qamrab olgan. Amlokdorlar bek tomonidan tayinlangan. qishloqlarni esa qishloq oqsoqollari boshqargan.
Davlat boshqaruv tizimida din alohida o’rin tutgan. Bekliklarda sud va mirshablik ishlari uch toifaga bo’lingan:

  1. Qozi — shariat qonunlari asosida hukm chiqaruvchi. Uning qo’li ostida mulozimlari va kotibi bo’lgan.

  2. Muftiy-shariat ishlari bo’yicha ma’lumotlar beruvchi va fatvo tayyorlovchi ruhoniy. Uning ham qo’l ostida 2-3 tadan yordamchilari bo’lgan.

  3. Rais—mirshablik ishlari bilan shug’ullangan. Ya’ni islom dini amallariga rioya qkilinishini, savdo, oila, meros va boshqa sohalarni nazorat qilgan5.

Ba’zi rus manbalarida Surxon vohasining bir qismi Xisor vohasi tarkibiga kirganligi hamda u umumiy nom bilan Xisor vohasi deb ham yuritilganligi aytiladi. N.Maevning ma’lumotlariga ko’ra, Xisor vohasida 7 ta: Sherobod, Boysun. Denov, Yurchi, Xisor, Qo’rg’ontepa va Qabodiyon bekliklari mavjud bo’lgan.Bu bekliklardan tashqari Darband, Sarijo’y va Fayzobod amlokliklari bo’lib, ularga amlokdorlar Buxoro amiri tomonidan tayinlangan. Viloyatlarning qozi va raislarini ham amirning o’zi tayinlagan6. Boshqa qishloq va shaxar amlokdorlarini beklarning o’zlari tayinlaganlar. Buxoro amirligining sharqiy hududlariga kiruvchi Surxon vohasi amirlikda o’z nufuziga ega bo’lgan.
XVIII asrning ikkinchi yarmidan XIX asr o’rtalariga qadar Surxon vohasida Sherobod, Boysun, Denov va Yurchi bekliklari mavjud bo’lgan.
Bu davrda Sherobod bekligida amlokliklar qo’yidagicha taqsimlangan: Tallashkon, Saidobod, Gilambob, Salavot, Jarqurg’on, Sherobod shahri atrofidagi aholi maskanlari, Tallimaron, Boysun bekligi: Boysun, Yaumchi, Rabot, Darband, Sayrob, Xatak, Zarabog’, Poshxurd, Buzravot, Kakaydi amlokliklaridan tashqi l topgan. Denov bekligi: Sina, Qarluq, Pustindara, Xadrasha, Do’rmon, Gardikurgon amlokliklaridan iborat bo’lgan. Yurchi bekligi amlokliklari: Sangardak, Pashor,
Chambulok va Yurchi shaxrini o’zichiga olgan. Hozirgi kunda ma’muriy jixatdan Surxondaryo viloyati tarkibiga kiruvchi Dashnobod, Sariosiyo, Sarijuy amlokliklari esa Xisor bekligi tarkibida bo’lgan.
Amir Shoxmurod Zarafshon vodiysi, Amudaryo va Qashqadaryodagi sun’iy sug’orish tizimini qayta tikladi. Buxoro axolisini bojdan, xunarmand-larni kundalik yig’imlardan, mehnat majburiyatidan va soliqdan ozod etuv-chi tarxon yorlig’ini berdi. Xiroj va nikox puli, tarozi haqi va boshqa yig’imlar kamaytirildi. Sud tizimi qayta tuzildi. Davlat hokimiyati mustahkamlandi. Amir Haydar davrida o’zaro urushlar kuchaydi. U Amudaryoning janubiy sohili, yuqori Zarafshon,
Shahrisabz va Miyonkolni saqlab qolish uchun kurash olib bordi. Haydar (18001826), Amir Shohmurodning o’g’li, Doniyolbiy otaliqning nevarasi. Uning onasi ashtarxoniylardan Abulfayzxonning qizi Bonu Shams bo’lgan. Buxoro madrasalarida 10 yil tahsil olib, Qur’oni karim sharhi va hadis ilmlarini puxta egallagan. Amir Shohmurod Haydarni Qarshi viloyatiga hokim qilib tayinlagan.
Shohmurod vafot etgach, Buxoro amirligi taxtiga o’tirgan va «amir al-mo’minin». unvonini olgan (1800.2.12). Buxoro amirligida vujudga kelgan keskin siyosiy vaziyatni yumshatishga harakat qilgan. Haydar ayirmachilik kayfiyatlarni namoyon qilayotgan Shahrisabz, Kitob, Urgut bekliklari, Miyonqol va Samarqand hokimlariga qarshi janglar olib borishga majbur bo’lgan. Haydar Xurosonga ham harbiy yurishlar qilib, Balx (1817), Badaxshon, Qunduz va Maymanani Buxoro amirligiga qaytargan.
Marv hokimi Din Nosirbek (Haydarning ukasi) Xiva xoni Eltuzarxon qutqusiga uchib, akasiga qarshi bosh ko’taradi (1804) va mag’lubiyatga uchraydi. Shu asnoda Xiva xoni Eltuzarxon bir necha marta Buxoroga harbiy bosqinlar uyushtirgan. Ana shunday yurishlarning birida Niyozbek parvonachi boshchiligida
20 ming kishilik Buxoro qo’shini xorazmliklar qo’shinini mag’lubiyatga uchratgan. Eltuzarxon Amudaryodan qochib o’tayotganda daryoda g’arq bo’lib o’lgan. Eltuzarxonning 3 birodari va ko’plab xivaliklar asir tushishgan. Amir Haydar Eltuzarxonning kichik birodari Qutoug’murodxonni 400 asir bilan ozod qilib, O’rganchga jo’natgan.
1821—25 yillarda amir Haydarning soliq siyosatiga qarshi xitoy-qipchoqlar ko’targan Miyonqol qo’zg’oloni ham katta qiyinchilik bilan bostirilgan.

Yüklə 64,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin