Mang’itlar davrida buxoro amirligining iqtisodiy tarixi reja


AMIRLIKDAGI IQTISODIY AHVOL VA MULKIY MUNOSABATLAR



Yüklə 64,49 Kb.
səhifə4/6
tarix16.02.2023
ölçüsü64,49 Kb.
#84561
1   2   3   4   5   6
MANG’ITLAR DAVRIDA BUXORO AMIRLIGINING IQTISODIY TARIXI

1. AMIRLIKDAGI IQTISODIY AHVOL VA MULKIY MUNOSABATLAR.
Amirlikdagi iqtisodiy ahvol va mulkiy munosabatlar o’rganilganda shunga amin bo’ldikki, iqtisodiy hayotda Buxoro amirligi axolisining katta qismi dehqonchilik bilan shug’ullangan. Yerning ko’p qismi davlatning qo’l ostida bo’lib, u «amloki podshohi» yoki «mulki sultoni» deb atalgan. Yerning 2-qismi odamlarning xususiy mulki hisoblanib, uning talay qismi boylarning qo’l ostida edi. Bunday yerlar «mulk yerlari» deb yurgizilgan.
Erning 3-qismi masjid, madrasa va mozorlarni moddiy jihatdan ta’minlash maqsadida vaqf nomi bilan berilgan. Davlat yerlarining ma’lum qismi amirlar tomonidan xizmat ko’rsatgan nufuzli kishilarga umr bo’yi foydalanish uchun in’om qilingan. Bu xildagi yerlar «suyurg’ol» yoki «tanho» nomi bilan atalgan. (Qarang ilova № 2). Dehqonlar paxtachilik, ipakchilik, kanopchilik, polizchilik, sabzavotchilik, bog’dorchilik va chorvachilik bilan shug’ullanganlar. Minglab kishilarni qamrab olgan hunarmandchilik keng qo’lamda rivojlangan. Uning mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarning muhim buyumlari sifatida juda qadrlangan. Buxoro, Samarqand. Xujand va Toshkent yirik xunarmandchilik markazlari sifatida shuhrat qozongan. D.N.Logofetning ma’lumotlariga qaraganda, Buxoro amirligining „Qashkadaryo vohasi, Surxondaryo vohasi, Yakka-bog’, Kitob, Chiroqchi, Qarshi, Shahrisabz, G’uzor, Termiz tumanlarida paxta katta mikdorda yetishtirilgan‖.28
Ayniqsa, Rossiya bilan O’rta Osiyo xonliklari o’rtasida aloqaning uzaro yaxshilanishi tufayli, XVI asrdan boshlab XIX asr ikkinchi yarmiga kadar Buxoro amirligida paxta yetishtirishga katta e’tibor berila boshlandi. Xalkaro may-donda va jaxrn bozorida paxta narxining ancha oshishi aynan paxta yetishtirishning ko’payishiga sabab bo’lgan edi.
A. Kostenkoning ma’lumotlariga qaraganda, O’rta Osiyo xonliklari ichida Buxoro paxtasi alohida diqqatga sazovor bo’lib, u ancha qimmat turgan. P. I. Demezonning yozishicha, Buxoroda sholi yetishtirishga katta e’tibor berishgan. Eng yaxshi guruch Miyonqol hududlarida va Samarkand atroflarida yetishtirilgan. Buxoro shaxrining o’ziga, odatda, Shaxrisabz va Xisordan ko’plab guruch olib kelingan. Buxoroda bug’doy (gandum), juxori, oq jo’xori, makkajo’xori, kunjut, arpa (javdar(i)), tariq, mosh, nuxat, loviya kabi poliz ekinlari ko’plab yetishtirilgan.
Qishda (1834 yili) Buxoroda bug’doyning bir botmoni 12—14 tanga miqdorida, kunjutning bir botmoni 18—19 tanga, arpa (javdar(i))ning bir botmoni
10,5 tanga, no’xatning bir botmoni 20 tanga miqdorida sotilgan.29
Qarshi va Miyonkol hududlarida juda ko’p tamaki yetishtirilgan. Qarshi tamakisi eng yaxshi sifatli tamaki hisoblangan.Shuningdeq Buxoroda juda katta mikdorda uzum yetishtirilardi. Uzumning husayni, sohibi, toifi, ishburxoni, siyohi, kishmish navlari ko’p. Mayiz qilishga e’tibor juda katta bo’lgan, soyada quritilgan kishmish— soyaki deyilgan. Oftobda kuritilgani esa oftobi deyilgan. Bundan tashqari Buxoroda bog’ yaratishga katta e’tibor berilgan. O’rik, bodom, gilos, olcha, yovvoyi gilos, tog’ olchasi, pista, shaftoli, nok olxuri, olma, yong’oq, behi, anor hamda tutlarning katta-katta bog’lari mavjud bo’lib, ulardan ko’plab hosil olingan.
Buxoroda ipakchilik rivojlanishiga katta e’tibor qaratilganligi tufayli ipak savdosi ancha katta ahamiyatga molik bo’lgan. Ipakchilik rivojlanishining asosiy manbai bu — tut daraxtlarining yetarli miqdorda bo’lishidir. Tut daraxti O’rta Osiyoda keng tarqalgan daraxt turlaridan xisoblanadi. Ayniqsa, Buxoro voxasi, Zarafshon vodiysi, Karmana, Miyonkolda, umuman suv ko’p bo’lgan barcha hududlarda tut daraxtlari nihoyatda ko’p o’stirilgan. P.I.Demezon ma’lumotlariga qaraganda, „Buxoro atrofi va Karmanada yetishtirilgan ipak eng yaxshi xisoblangan‖.30
Buxoroda ipak xom ashyosi, ya’ni pillasining bir pudi 13—14 tilla, ipakdan yigirilgan ipning bir pudi esa 30—32 tilla turgan. Toza ipak va yarim ipakdan turli
P. I. Demezonning ma’lumotlarida Buxorodagi paxtachilik masalasiga tuxtalib, shunday fikrlar bildirilgan. „Paxta Buxoro atroflarida, Miyonkolda, Karmanada va Samarkandda muvaffaqiyatli yetishtiriladi va u ancha yaxshi sifatli hisoblanadi. Qarshi va Chorjuy paxtalari sifat jixatdan past hisoblanadi‖.32
Buxoro amirligi hududida cho’l va dashtlarning ko’pligi hamda uning tog’oldi tumanlari chorvachilikning rivojlanishiga qulay sharoit va imkoniyat yaratgan. Mana shuning uchun ham cho’l zonalarida, ayniksa, Buxoro va Qarshi hududlarida qo’ychilik yaxshi rivojlangan. Shuningdeq amirlikda yilqichilikka ham katta e’tibor karatilgan. Chorvachilik rivoji asosida sifatli teri va shu kabi mahsulotlar tayyorlanib, ulardan gilamlar, sholchalar, namatlar, turli xil arqonlar tayyorlangan va bozorlarga olib chiqilgan.
Buxoro amirligida ichki va tashqi savdo yo’lga qo’yilgan bo’lib, Afg’oniston, Hindiston, Xitoy, Turkiya va boshqa mamlakatlar bilan aloqalar o’rnatilgan. Xonlikning Rossiya bilan elchilik va savdo aloqalari o’sgan edi. U amirlik uchun tayyor mahsulotlar bozori sifatida katta ahamiyat kasb etgan.
Albatta, Rossiya imperiyasiga tobe’ bo’lib qolgan Amir Mo’zaffarning maqomi ―Zirabulok shartnomasi‖ning 12 moddasiga binoan faqat jug’rofiy chegaralash jihatidan qisqartirilib qo’yilmasdan (ya’ni, biror tashqi xorijiy davlat bilan na davlatlararo, na tashqi savdo munosabatlarini mustaqil davlat sifatida olib borolmaslik, Rossiyaning bu yo’nalishlardagi ma’muriyat tizimi orqali juda oz miqdorda va cheklangan masalalardagina faoliyati ko’rsatishi), balki Buxoro amirligining an’anaviy Balx, Xirot mintakasi qo’ldan chiqib. Kattaqo’rg’on, Jizzax, O’ratepa. Samarqand mintaqalarining Rossiyaga qo’shib olinganligi, suv ta’minotining keskin yomonlashuvi, qolaversa 1885 yil faoliyat boshlagan ―Rossiya imperatorligi siyosiy agentligi‖ tomonidan o’lkaning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, diniy-

  1. Ўша манба. 87-бет

  2. Ўша манба. 87-бет

konfessional, ma’naviy hayotiga oid birlamchi, asosiy va bevosita axborotni yig’ishi, tahlil etishi, xulosaga kelishi, hatto siyosiy-xuquqiy, diniy-konfessional ishlarda tavsiyalar berish huquqiga ega ekanligi tufayli yuzaga kelgan axborot zo’ravonligi, ushbu tashkilotning siyosiy-mafkuraviy, ma’naviy bosimi, aksincha unga barcha imkoniyatlarni favqulodda yuqori darajada yaratib berilishi, har bir talabi, ko’rsatmasiga so’zsiz tobe’lik ko’rsatish majburiyati Buxoro amirinining huquqilarini cheklab qo’yishga olib kelgan edi.
Ammo, Rossiyaning Buxoro amirligiga qilgan siyosiy tajovo’zlaridan esankiramay amirlik protektorat maqomida bo’lsada o’z hududida ijtimoiy-iqtisodiy hayotni yo’lga qo’yishga erisha oldi. 1865-1876 yilgi qirg’inbarot istilochilik yurishlari va tobe’lik shartnomalaridan so’ng Rossiya imperiyasi Turkiston generalgubernatorligida nisbatan barqaror hokimiyat o’rnatgan, ma’muriyat idora va boshqaruv usullarini barqarorlashtirgan davrida o’lkada asta sekinlik bilan yangi iqtisodiy jonlanishlar yuz bera boshladi. Bunda shubhasiz katta kapital, xo’jalik, sanoat sohalaridagi yangiliklar, zamonaviy aloqa vositalari, temir yo’llarning qurilishi, moliya-bank tizimi va xalqaro qulay vaziyatni yuzaga kelishi o’z ta’sirini ko’rsatdi.
Buxoroda dastlabki millionerlar, savdo tijoratchilari, zavodchi, fabrikachi boylar va bankirlar paydo bo’la boshladi. Bu haqda Muhammad Baljuvoniy o’zining ―Tarixi Nofe’iy‖ asarida qo’yidagi ma’lumotlarni keltirib o’tadi. ―Bu muqaddimadan mashhur bo’lgan (buxorolik)lar haqida yozaman. Eng avvalo, nomdor tojirlardan bo’lgan Amir Axadxon bilan birgalikda ―sherik tijorat‖ bo’lganlar: Mirzo Muhiddin sarrof, Fayzulloxo’ja Ubaydulloxo’ja o’g’li, Muxdmmadolim Juraboy Po’st o’g’illarini aytish mumkin. Bu uchchalalari Buxoroning eng ilg’or tojirlari edilar‖. Amir Sayyid Olimxon o’zining ―Buxoro xalqining xasrati tarixi‖ nomli asarida: ―Bolsheviklar inqilobidan oldin Buxoro savdosi faqat Russiyaning o’zi bilan ikki yuz ellik million frankka yetar edi‖33 - deb yozgan edi.
Buxoro amirlari iqtisodiy hayot, savdo-sotiqning rivojlanishi hisobiga katta shaxsiy boylik, mol-mulk, ko’chmas mulkka va kapitalga ega bo’lib borardilar.
Ularning alohida nufuzli maqomi Buxoro-Rossiya siyosiy-iqtisodiy munosabatlarida, tovar ayirboshlash va kapitalning ichki aylanishda katta imkoniyatlarni ochib berar edi. Buxoro amirlari Rossiya ma’muriy tizimida xatto ulug’ knyazlardan ham yuqori martabali maqomga ega bo’lishib, ―A’lo xazratlari‖ deb emas, boshiga toj kiydirilgan taxt sohiblari sifatida ―Janobi Oliylari Onxazratlari‖ unvoni bilan nomlanishgan. ―Ularning rus moliyaviy doiralaridagi o’rni va ahamiyati yirik kapitalistlar sifatida juda katta edi. Zero, amirning Rossiya davlat bankidagi oltin bilan xisoblanadigan kapitali 27 mln. rublni, 7 mln.ga yaqin xususiy banklardagi kapitali saqlanar edi. Qorako’l savdosi bo’yicha amir dunyo bozorida o’z kapitali aylanmasi bo’yicha uchinchi o’rinda turar edi‖
Buni o’sha paytdagi Buxoro amirligi iqtisodiy xayotidagi o’rni va ahamiyatini iqtisodiy ko’rsatgichlarda keltirilsa masala oydinlashadi deb uylaymiz. Ya’ni, 1913 yilga kelib Buxoro amiri kapitali xar yilgi xolati quyidagicha edi: ―Buxorodan 1.500 000 dona qorako’l - 15.000 000 rublь olib chiqilar edi. Bu esa Buxoro amirligi olib borgan umumiy savdo eksportining 42% ni tashkil etar edi. Keyinchalik qorako’lni xorijga savdoga chikarish muttasil o’sib bordi va katta ko’lamga ega bo’ldi‖. Akademik A.R. Muhammadjonov o’zining ―Quyi zarafshon vodiysining sug’orilish tarixi‖ nomli monografiyasida Buxoroda qishloq xo’jaligi sohasining asosiy tarmoqlarini maxsus tadqiq etib, unda suvdan foydalanishning yaxshilanishi oqibatida iqtisodiy taraqqiyotning jonlanishi, suvni yetkazib berish, ayirish, tashlab berish, taqsimlash tizimining umumiy qiyosiy ko’rsatgichlari keltirib o’tilgan - 1860 yillar o’rtasida qadimdan saqlanib, hali hamon foydalanib kelinayotgan kanallar, tug’onlar, suv ayirg’ichlar, koriz, sardoba va boshqa suv inshootlarini hisobga olmaganda, Ahmad Donish ta’kidlaganidek, Amir Mo’zaffarning Turkiston general-gubernatori K.P.Kaufmanga Amudaryodan suv chiqarib, Buxoro yerlarini suv ta’minotini yaxshilash haqidagi taklifi inobatga olinmagan bo’lsada, A.R. Muhammadjonovni aniqlashiga kura 1888-yilga kelib, ―Samarqand harbiy gubernatorining Rossiya xarbiy ministrligiga yuborgan hisoboti buyicha. Zarafshon vodiysida daryodan 142 ta magistral kanal bosh olib, shundan 99 tasi Samarqand vohasini, 43 tasi Buxoro vohasini sug’orar edi. Vodiy bo’yicha hammasi bo’lib, 1924 ta ikkinchi darajali kanaldan 985 tasi Samarqand qismida va 939 tasi Buxoro qismida joylashganining o’zi qishloq xo’jaligi va irrigatsiya sohasida biroz bo’lsada jonlanish bo’lganligini ko’rsatadi. Albatta o’lkadagi bir muncha rivojlanish, jonlanishning birinchi sababi Rossiya bosqini va istilosi bilan bog’lik bo’lsa, ikkinchi sababi sug’oriladigan unumdor yerlar XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Janubiy O’zbekistonda xususiy mulkka aylana boshlanganligi bilan bog’liq edi.

Yüklə 64,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin