Mantiq- tafakkur qonunlari haqidagi fan



Yüklə 96,5 Kb.
səhifə4/4
tarix08.04.2023
ölçüsü96,5 Kb.
#95143
1   2   3   4
Masalan:
Hamma faylasuflar notiqdir.
Hechi bir faylasuf notiq emas.
Bu mulohazalardan, birining xatoligidan ikkinchisining chinliki haqida xulosa chiqarib bo’lmaydi. Bunday holatda «Ba’zi faylasuflar notiqdir» degani uchinchi bir mulohaza chin hisoblanadi.
2. Son va sifatiga ko’ra o’zaro zid mulohazalar bayon qilinganda, buyum va hodisalarning sinfi xaqida tasdiqlab bayon qilingan mulohaza bilan shu sinf buyum va hodisalarining bir qismi xaqida inkor etib bayon qilingan mulohazalardan biri chin, ikkinchisi xato, uchinchisiga o’rin bo’lmaydi.
Masalan:
Hamma faylasuflar tabiyotshunosdir.
Ba’zi faylasuflar tabiyotshunos emas.
Bu ikki mulohaza bir vaqtda chin ham, xato ham bo’la olmaydi. Ulardan biri (Ba’zi faylasuflar tabiyotshunos emas) albatta chin, ikkinchisi xato, uchinchi mulohazaga o’rin yo’q.
Demak, Uchinchisi istisno qonuni:
Ikki zid yakka mulohazalarga nisbatan;
Umumiy tasdiq va jo’z’iy ing’or mulohazalarga nisbatan;
Umumiy inkor va jo’z’iy tasdiq mulohazalarga nisbatan qo’llaniladi.


Yetarli asos qonuni.To’g’ri fikrlashga xos bo’lgan muhim xususiyatlardan biri isbotlilik, ishonchlilikdir. Fikrlash jarayonida buyum va hodisalar haqida chin muhokama yuritibgina qolmasdan, bu muhokamaning chinlikiga hechi qanday shubha bo’lmasliki uchun, uni isbotlashga, asoslashga harakat qilinadi. Bunda chinligi avvaldan ma’lum bo’lgan va o’zaro mantiqiy bog’langan mulohazalarga asoslaniladi, ya’ni bayon qilingan fikrning chinligi avvaldan ma’lum bo’lgan, tasdiqlangan boshqa bir fikr, mulohaza bilan taqqoslanadi. Tafakkurning bu xususiyati yetarli asos qonuni orqali ifodalanadi.



1 Аль-Фараби. Естественно-научные трактаты. Алма-Ата, 1987, 435-бет.

Yüklə 96,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin