Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur shakli sifatida



Yüklə 46,9 Kb.
səhifə11/13
tarix22.05.2023
ölçüsü46,9 Kb.
#119914
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
4-Mantiq bilish nazariyasining tarkibiy qismi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Analiz
Taqqoslash yordamida predmetlar o‘zaro solishtirilib, ular­ning o‘xshash, umumiy tomonlari va bir-biridan farq qildiruvchi individual belgilari aniqlanadi.
Taqqoslash analizni taqozo qiladi. CHunki predmetlarni yaxlit holda solishtirib bo‘lmaydi. Ular u yoki bu xossasiga ko‘ra taqqoslanishi kerak. Buning uchun u xossalar ajratilishi lozim. Analiz yordamida predmet fikran uni tashkil qiluvchi kismlar tomonlarga ajratilib, har qaysisi alohida urganiladi.
Sintez analizga teskari usul bo‘lib, u analiz davomida ajratilgan qismlar, tomonlarni fikran birlashtirib, predmet­ni bir butun xoliga keltirishdan iborat. Sintez bulmasa pred­met haqida yaxlit fikr xosil qilib bo‘lmaydi. Analiz va sintez uzviy bog‘liqdir.
Tushuncha xosil qilish uchun predmetning yuqoridagi usullar bilan aniklangan umumiy va individual belgilarining muhimlari ajratilishi, nomuhimlari chetlashtirilishi lozim. Bu esa abstraksiyalash yordamida amalga oshiriladi.
Umumlashtirishda predmetlar ularning ayrim umumiy, muhim xususiyatlariga ko‘ra sinflarga birlashtiriladi va shu tarika bitta tushunchada bir jinsli predmetlarning barchasini fikr qilish imkoniyati yaratiladi.
Tushunchaning shakllanishi so‘z bilan uzviy bog‘liq. Ular o‘rtasidagi aloqadorlik tafakkur va til o‘rtasidagi bog‘lanishning konkret tarzda namoyon bo‘lishidir. Tushunchalar so‘z va so‘z birikmalari yordamida ifoda qilinadi. Masalan «talaba», «tarix fakulteti», «Uzbekistan milliy universiteti» va shu kabilar so‘zlardan iborat. Lekin bundan tushuncha va so‘z aynan bir xildir, degan xulosa kelib chikmasligi kerak. Bitta tushuncha har xil tillarda, ba’zan bir tilda ham turli xil so‘zlar bilan ifoda qilinadi. Tilimizdagi omonim va sinonim xodisalari so‘z va tushunchaning nisbiy mustaqil holda mavjudligidan dalolat beradi.
SHuni ham aytish lozimki, so‘zning kup ma’noga ega bo‘lishi ba’zan fikr yuritish jarayonida tushunchalarni aralashtirib yuborishga olib keladi. SHuning uchun ham fan va texnikada ko‘proq terminlardan foydalaniladi. Termin katiy bitta tushunchani ifoda kiluvchi so‘z bo‘lib, muayyan ilmiy bilish soxasida bir xil ma’noda ishlatiladi.

Yüklə 46,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin