Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur shakli sifatida



Yüklə 46,9 Kb.
səhifə12/13
tarix22.05.2023
ölçüsü46,9 Kb.
#119914
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
4-Mantiq bilish nazariyasining tarkibiy qismi

2-masala.Tushuncha uzining mazmuni va xajmiga ega. Tushunchaningmazmunini unda fikr qilinayotgan predmetning muhim belgilari yigindisi tashkil etadi. Masalan, «fan» tushunchasiningmazmunini fanning muhim belgilari, ya’ni uning amaliyot bi­lan aloqada ekanligi, predmetlarning birorta sohasiga oidtushunchalar, qonunlar, prinsiplar shaklidagi ob’ektiv chin(xakikiy) bilimlar sistemasidan iborat bo‘lishi, dunyoqarashning shakllanishida ishtirok qilishi va shu kabilartashkil qiladi.
Tushunchaning xajmi esa unda fikr qilinayotgan predmetlar yigindisidan iborat. Masalan, yuqorida misol qilib keltirilgan «fan» tushunchasining xajmi mavjud barcha fanlarni: ma­tematika, fizika, mantiq va xokazolarni o‘zida qamrab oladi.
Tushunchaning mazmuni va xajmi uzviy bog‘liq bo‘lib, u tushunchaning mazmuni va xajmi o‘rtasidagi teskari nisbatqonuni yordamida ifodalanadi. Bu qonunga muvofiq tushunchaning xajmi kengaytirilsa, mazmuni torayadi va aksincha xajmitoraytirilsa, mazmuni kengayadi. Masalan, «Fan» tushunchasi­ning mazmunita «mantiqga oid bulish» belgisini kushish bilan xajm jihatidan undan torroq bo‘lgan «mantiq fani» tushunchasiga utiladi.
«Fan» tushunchasining xajmini kengaytirish bilan mazmun jihatidan unga nisbatan torrok bo‘lgan «ijtimoiy ong shakli «tushunchasi xosil qilinadi. Bunda faqat fanga xos bo‘lib, boshqa ijtimoiy ong shakllarida, masalan san’atda bo‘lmagan spetsifik belgilar tushuncha mazmunidan chiqarib tashlanadi.
Bu qonun tushunchalar bilan olib boriladigan kator mantiqiy amallar asosida yotadi.
Mantiqda tushunchalar mazmuni va xajmi bo‘yicha birkancha turlarga bulinadilar. Xususan, xajmiga ko‘ra yakka vaumumiy tushunchalar farq qilinadi.
YAkka tushunchaning xajmida bitta predmet fikr qilinadi. Masalan, «Er planetasi», o‘zMU asosiy kutubxonasi» va shu ka­bilar yakka tushunchalardir. Umumiy tushunchalar predmetlar guruxini aks ettiradi. «Planeta», «Kutubxona» tushunchalari umumiy tushunchalar xisoblanadi. Umumiy tushunchalar aks ettiruvchi predmetlarning mikdori chegaralangan va chegaralanmagan bo‘lishi mumkin. Masalan, «ximiyaviy element» tushunchasida fikr qilinayotgan predmetlar soni chegaralangan. Ularni xisobga olish mumkin. «YUlduz» tushunchasi xajmini tashkil kiluvchi predmet­lar soni esa cheksiz, ularni xisobga olib bo‘lmaydi.
Fikr yuritish jarayonida ayiruvchi va tuplovchi tushunchalarni farq qilish ham muhim ahamiyatga ega. Ayiruvchi tushuncha shunday umumiy tushunchaki, u aks ettiruvchi belgilar berilgan sinfning har bir predmetiga xosdir. Masalan, «UzMU talabalari ikkinchi chakirik Uzbekistan Respublikasi Oliy Majlisi birinchi sessiya materiallarini urganmokda degan fikr UzMUning har bir talabasiga tegishli. Demak, «UzMU talaba-lari» tushunchasi bu erda ayiruvchi tushunchadir. «UzMU talabalari ikkinchi chakirik o‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasi yakunlarini muhokama etishmokda» degan fikrda esa, «UzMU talabalari» tushunchasi tuplovchi tu­shuncha sifatida ishtirok qiladi, chunki fikr ularning tuplamiga nisbatan bildirilgan.
Mazmuni bo‘yicha tushunchalar, avvalam bor, abstrakt va konkret tushunchalarga bulinadilar. Konkret tushunchalarda predmet uzining belgilari bilan birgalikda fikr qilinadi. Abstrakt tushunchalarda esa predmetning belgilari undan fikran ajratib olinib, alohida aks ettiriladi. Masalan «Inson», «Tabiat» tushunchalari-konkret tushunchalar, «kaxramonlik» (insonga xos xususiyatni aks ettiradi), «Guzallik» (borliqdagi predmetlarga xos xususiyatni ifoda qiladi) tushunchalari abstrakt tushunchalardir,
Mazmuni bo‘yicha yana nisbatsiz va nisbatdosh tushunchalarni ham ajratish mumkin. Nisbatsiz tushunchalar nisbatan mustaqil, alohida mavjud bo‘lgan predmetlarni aks ettiradi. «Davlat», «Badiiy asar» ana shunday tushunchalardir.
Nisbatdosh tushunchalar esa zaruriy ravishda bir-birining mavjud bo‘lishini taqozo qiladigan predmetlarni aks ettira­di. Masalan, «Ukituvchi» va «Ukuvchi», «Ijobiy kaxramon» va «Salbiy kaxramon», «Sabab» va «Okibat» tushunchalari nisbat­dosh tushunchalar katoriga kiradi.
Ba’zi xollarda ijobiy va salbiy tushunchalar ham farq qilinadi. Ijobiy tushunchalarning mazmunida predmet unga xos belgilar orqali fikr kilinsa, salbiy tushunchalarning mazmu­nida predmet unga xos bo‘lmagan belgilar orqali fikr qilinadi. Masalan, «Savodli kishi», «Vijdonli kishi» - ijo­biy tushunchalar, «Savodsiz kishi», «Vijdonsiz kishi» - esa salbiy tushunchalardir
Ob’ektiv dunyodagi barcha predmet va xodisalar o‘zaro aloqada bo‘lganligi uchun, ularni aks etiruvchi tushunchalar ham o‘zaro malum bir aloqalarda, munosabatlarda mavjud. Bu munosabatlar turli xil bo‘lib, ularni aniqlash uchun, avvalambor, taqqoslanadigan va taqqoslanmaydigan tushunchalarni farq qilish lozim.
Taqqoslanadigan tushunchalar umumiy belgilarga ega bo‘lgan, mazmuni va xajmi jihatidan bir-biriga yakin turgan tushunchalardir. Masalan, «Metallurg» va «Ishchi» tushunchalari ana shunday taqqoslanadigan tushunchalar xisoblanadi.
Taqqoslanmaydigan tushunchalar esa, bir-biri bilan uzoq aloqada bo‘lgan, kup xollarda moddiy yoki ideal bulishdan boshqa umumiy belgiga ega bo‘lmagan predmetlarni aks ettiruvchi tushunchalardir. «Ijtimoiy progress» va «Zuxro yulduzi», «Ideal gaz» va «Go‘zallik» tushunchalari taqqoslanmaydigan tu­shunchalar deb xisoblanadi. Mantiqda taqqoslanmaydigan tu­shunchalar o‘rtasidagi mantiqiy munosabatlar urganilmaydi. Taqqoslanadigan tushunchalar esa xajm jihatidan sigishadigan va sirishmaydigan bo‘ladi.
Sigashadigan tushunchalarning xajmi bir-biriga butunlay, tulaligicha yoki kisman mos keladi.Ular o‘rtasida uch xil munosabat mavjud: moslik, kisman moslik va buysunish. 1. Moslik munosabatidagi tushunchalar bitta predmetni (predmetlar sinfini) aks ettiruvchi tushunchalar bo‘lib, ular bir-biridan faqat mazmuni bilangina farq qiladi. Masalan,
«I.A.Karimov», «O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti» tushunchalari xuddi shu munosabatda mavjuddir. Buniquyidagi sxema yordamida kursatish mumkin.
A-I.A. Karimov.
V-O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti.
2. Kisman moslik munosabatidagi kisman umumiylikka ega. Masalan: A-Sportchi.
V-Talaba.
Doiralarning shtrixlangan kismibir vaqtning o‘zida ham sportchi, ham talaba bo‘lganlarni bildiradi.
3.Buysunish munosabatida tushunchalardan birining xajmi ikkinchisining xajmiga tulik, kirib, uni tashkil kiluvchi kism xisoblanadi. Masalan:
A-Fan.
V-Mantiq.
Bu munosabatdagi tushunchalardan biri buysundiruvchi (A), ikkinchisi (V) buysinuvchi bo‘lib, ular jins-tur munosabatida bo‘ladi. Jins tushuncha predmetlarning birorta sinfini, tur tushuncha esa shu sinfga mansub predmetlarning bir guruxini yoki bittasini aks ettiradi. Mantiqda u yoki bu tushunchaning jins yoki tur ekanligi nisbiy harakterga egadir. Har bir tu­shuncha o‘zidan umumiyrok tushunchaga nisbatan tur, kamrok umumlashgan tushunchaga nisbatan jinsdir. Masalan, milliy g‘oya, g‘oya, fikr tushunchalari o‘rtasida quyidagi nisbat mavjud: «G‘oya» tushunchasi «Fikr» tushunchasiga nisbatan tur, «Milliy g‘oya» tushunchasiga nisbatan jins bo‘ladi.
Sigishmaydigan tushunchalar xajmi jihatidan umumiylikka ega bo‘lmagan tushunchalar xisoblanib, bir sinfga kiruvchi har xil predmetlarni yoki predmetlar guruxini aks ettiradi. Ularning umumiyligi faqat ana shunda. Bu tushunchalar o‘rtasida ham uch xil munosabat bor: birga buysunish, karama-karshilik, zidlik.
1. Birga buysunish munosabati quyidagi tushunchalar o‘rtasida mavjuddir.
A-Fan.
V-Mantiq.
S-Fizika.
Bunda «Mantiq» va «Fizika» tushunchalari xajmlari jihatidan birgalikda «Fan» tushunchasining xajmiga buysunadi.
2.Karama-karshilik munosabatidagi tushunchalarning xajmlari bir-birini istisno qiladi. Ular predmetning (predmetlar guruxining) qarama-qarshibelgilarini aks ettiradi, ya’ni biri predmetning ma’lum bir belgisini ifoda qilsa, ikkinchisi uni inkor kiluvchi boshqa belgini aks ettiradi. Karama-karshilik munosabatidagi tushunchalar uzlari buysunadigan tushunchaning xajmini tulik egallay olmaydi. Masalan, «Baland buyli odam» va «Past buyli odam» tushunchalari «Odam» tushunchasining xajmini to‘lik koplay olmaydi
A-Odam.
V-Baland buyli odam.
S-Past bo‘yli odam.
3.Zidlik munosabatidagi tushunchalardan biri predmetning birorta xususiyatini ifoda qilsa, ikkinchisi uni inkor qiladi va mazmun jihatidan noanik bo‘lib koladi. Zidlik mu­nosabatidagi tushunchalar, karama-karshilik munosabatidagi tushunchalardan farqli ularok, buysundiruvchi tushunchaning xajmini tulik koplaydi. Masalan,
A-Odam
V-Baland buyli odam,
S-Baland buyli emas odam.

Yüklə 46,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin