Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur shakli sifatida



Yüklə 140,87 Kb.
səhifə2/2
tarix27.12.2023
ölçüsü140,87 Kb.
#199186
1   2
фалсафа 3 мав. ресурс

MULOHAZA. XULOSA CHIQARISH
Reja:

1. Mulohaza tafakkur shakli va xulosa chiqarishning tarkibiy qismi sifatida. Oddiy va murakkab mulohazalar va ularning turlari.


2. Murakkab mulohazalarning chin bo‘lish shartlari. 3. Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi: tuzilishi, turlari va umumiy qoidalari.
4. Fikrning xarakat yo‘nalishiga ko‘ra xulosa chiqarish: deduksiya, induksiya va analogiya; ularning o‘zaro aloqadorligi.
5. Murakkab mulohazalardan xulosa chiqarish.
6. Fikr yuritishda mulohazalarni qurish va xulosa chiqarish bilan bog‘liq xatolar.

Tayanch iboralar: Hukm, sub’ekt, predikat, bog‘lovchi, oddiy hukm, murakkkab hukm, modal hukmlar, mantiqiy kvadrat. Xulosa chiqarish, deduktiv xulosa chiqarish, sillogizm, entimema, induktiv xulosa chiqarish, to‘liq induksiya, ommabop induksiya, ilmiy induksiya, ilmiy induksiya metodlari, analogiya, munosabat analogiyasi, modellashtirish,,baxs yuritish, munozara, paralogizm, sofizm, mantiqiy paradoks.



Hukmlarning asosiy vazifasi predmetlarning xususiyat va munosabatlarini ko‘rsatish, predmet va hodisalarga xususiyatning xosligini qayd qilishdir. Biz predmet va hodisalarning oddiy, tashqi xususiyatlari bilan birga, ularning ichki zaruriy bog‘lanishlarini, munosabatlarini bilib boramiz. Predmet va hodisalarning xususiyatlarini ketma-ket o‘rganib, ular haqida turli abstraksiyalar hosil qilamiz. Bu abstraksiyalar hukmlar yordamida ifodalanadi.
Hukmlar orqali narsalar va hodisalar haqida bilimlar aks etadi. Ular haqida bilimlarimiz turlicha bo‘lgani uchun ularni ifodalaydigan hukmlar ham har xil bo‘ladi. Ba’zi hukmlar aniq, tekshirilgan bilimlarni ifodalsa, ba’zilarda esa xususiyatning predmetga xosligi ehtimol qilinadi, demak noaniq bilimlar ifodalanadi.
Hukmlar predmet va hodisalarning hamma tomoni haqida fikrni ifodalaydi. Ular nisbatan tugallangan fikrdir. Hukmlar predmetlar va hodisalar o‘rtasidagi ma’lum munosabatlarni ifodalaydi. SHuning uchun ular chin yoki xato bo‘ladi.Ob’ektiv voqelikka mos kelgan, uni to‘g‘ri ifodalagan fikrlar chin bo‘ladi, aks holda xato bo‘ladi.
Hukmlarni ifodalash uchun til vositalari talab qilinadi. Hukmlar gaplar orqali ifodalanadi. Ular mantiqiy kategoriya bo‘lsa, gaplar grammatik kategoriyadir. Mantiqning vazifasi hukmlarni turli tomondan o‘rganishdir. Hukmlar predmet va hodisalarga ma’lum bir xususiyatning xosligi yoki xos emasligini ifodalaydigan tafakkur shaklidir.
Hukmlarni o‘rganishni ularning tuzilishini o‘rganishdan boshlaymiz. O‘rganish qulay bo‘lishi uchun dastlab ularni oddiy va murakkab turlarga bo‘lib olamiz. Bunda biz hukm atamalarining miqdoriga, soniga e’tibor beramiz. Hukmning sub’ekt va predikati uning atamalari deb ataladi. Agar hukm terminlari bittadan bo‘lsa oddiy hukm, birdan ortiq bo‘lsa, murakkab hukm deyiladi. Sub’ekt (S) fikr qilinadigan predmet va hodisani bildiradi. Predikat (R) esa predmetga xos xususiyatni, munosabatni bildiradi. Ya’ni predmet haqidagi yangi bilimni bildiradi. Predikatda ifodalangan bilimlar hisobiga sub’ekt haqidagi tasavvur boyitiladi. Hukmning uchinchi zaruriy elementi mantiqiy bog‘lamadir. U subekt va predikatni bir-biri bilan bog‘laydi, natijada hukm hosil bo‘ladi.
Hukmlarning turlari. Predikatning mazmuniga qarab hukm turlari. Ular quyidagilardan iborat: atributiv hukmlar, mavjudlik hukmlari va munosabat hukmlari. Atributiv hukmlarda predikat biror xususiyatning predmetga xosligi yoki xos emasligi aniq, qat’iy qilib ko‘rsatiladi. SHuning uchun atributiv hukmlarni qat’iy hukmlar ham deb yuritamiz. Masalan, «mustaqillik davr talabidir». Mavjudlik 146 hukmlarida predikat biror predmet va hodisaning mavjud yoki mavjud emasligini bildiradi. Masalan, «TMI da Soliq fakulteti bor». Munosabat hukmlarida predmetning biror jihatdan munosabati ko‘rsatiladi. Masalan, «Matematik mantiq klassik mantiqqa qaraganda yoshroqdir».
Sub’ektning miqdoriga qarab hukm turlari quyidagilardir: umumiy, juz’iy, yakka hukmlar. Bunda sub’ektda ifodalangan predmetning soni, nechtaligi ahamiyatga ega bo‘ladi. Oddiy hukmlarda diqqatimiz bir turkum predmetlarning hammasiga, bir qismiga yoki bir donasiga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Masalan, «Hamma darsliklar kitobdir», «Ba’zi darsliklar O‘zbek tilida chiqarilgan», «Bu darsliklar mantiq faniga oiddir». Mantiqiy bog‘lamaga qarab hukm turlari quyidagilardir: tasdiq va inkor hukmlar.
Mantiqiy bog‘lama hukmning sifatini belgilaydi. Tasdiq hukmlarda xususiyatning predmetga xosligi, inkor hukmlarda aksincha, xos emasligi ko‘rsatiladi. Masalan, «O‘zbekiston fuqarolari tinchlik tarafdoridir», «O‘zbekiston fuqarolari qurollanish tarafdori emas».
Oddiy hukmlarning birlashgan klassifikatsiyasi yoki hukmlarning asosiy turlari. Bunda hukmlarning sifati va sub’ektning miqdori hisobga olinadi.
Hukmlarning asosiy turlari quyidagilardir:
1) Umumiy tasdiq hukmlar. A harfi bilan belgilanadi, «hamma S R dir» formulalari orqali ifodalanadi. Masalan, «Hamma O‘zbekiston fuqarolari dam olish huquqiga ega».
2) Juz’iy tasdiq hukmlar J harfi bilan belgilanadi, «ba’zi S R dir» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, «Ba’zi talabalar mantiqni chuqur o‘rganganlar».
3) YAkka tasdiq hukmlar. A harfi bilan belgilanadi, «bu S R dir» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, «Bu talaba iqtisodchidir» va «Kant nemis filosofidir».
4) Umumiy inkor hukmlar. E harfi bilan belgilanadi, «hech bir S R emas» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, «Hech bir kitob mehnatsiz yaratilmaydi».
5) Juz’iy inkor hukmlar. O harfi bilan belgilanadi, «ba’zi S R emas» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, «Ba’zi yoshlar mantiqni o‘rganmagan».
6) YAkka inkor hukmlar. E harfi bilan belgilanadi, «bu S R emas» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, «Xalilov birinchi kursda o‘qimaydi».
Oddiy hukmlar modalligiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: voqelik, ehtimollik va zarurlik hukmlari. Hukmlarning modalligi deyilganda ularda fikrni ifodalash shaklini tushinish kerak.
Voqelik (assertorik) hukmlarda biror fakt qayd qilinadi. Masalan, «O‘zbekiston 1991 yil 1 sentyabrda mustaqil deb e’lon qilindi.
Ehtimollik (problematik) hukmlarda biror predmet va hodisa haqida hali tekshirilmagan, ehtimoliy fikr ifodalanadi. Masalan, «Toshkentda noyabr oyida qor yog‘ishi mumkin», «ehtimol bu kitob Qohirada nashr etilgan». Zaruriylik (apodiktik) hukmlarda zaruran ro‘y beradigan voqealar haqida fikr ifodalanadi. Masalan, «Parallel chiziqlar kesishmaydi».
Oddiy hukmlarda terminlar hajmi. Yuqorida ko‘rsatilgandek, oddiy hukmlar sub’ekt va predikatdan iborat bo‘ladi. Ular hajmi jihatdan xarakterlanadi. Hukm terminlari ikki xil hajmda bo‘lishi mumkin: to‘la hajmda olingan va to‘la hajmda olinmagan. Agar hukm termini bir turkum predmetlarning hammasini ifodalagan bo‘lsa, to‘la hajmda olingan bo‘ladi, aks holda to‘la hajmda olinmagan bo‘ladi. Umumiy tasdiq hukmlarda sub’ekti to‘la hajmda olingan, predikat bir xil hukmlarda to‘la olingan, boshqalarida to‘la hajmida olinmagan bo‘ladi. Masalan, «Hamma talabalar O‘zbekiston tarixini o‘rganadilar». Bunda talabalarning hammasi fikr qilingani uchun sub’ekt to‘la hajmda olingan, O‘zbekiston tarixini o‘rganuvchilar esa faqat talabalar emas, ular bilan birga yana boshqalar ham bor, shuning uchun predikat to‘la hajmda olinmagan. «Hamma oddiy hukmlar ikkita termindan iborat» kabi hukmlarda sub’ekt to‘la olingan, predikat ham to‘la, chunki ikkita termindan iborat faqat oddiy hukmlarning o‘zlaridir. Juz’iy 147 tasdiq hukmlarning sub’ekti to‘la olinmagan predikati bir xil hukmlarda to‘la, boshqalarida to‘la olinmagan bo‘ladi. Masalan, J «Ba’zi spektakllar zamonaviy mavzularga bag‘ishlangan», bunda sub’ekt ham, predikat ham to‘la hajmda olinmagan. J «Ba’zi odamlar ikkita chet tilini biladi» kabi hukmlarda sub’ekt to‘la emas, predikat to‘la olingan, chunki chet tilini biladiganlar hammasi odamlardir. Yakka tasdiq hukmlarning sub’ekti va predikati to‘la hajmda olingan bo‘ladi. Yakka hukm sub’ektida bir predmet bir individ sifatida olingani uchun umumiy hukm singari sub’ekti to‘la bo‘ladi. Predikati umumiy hukmning birinchi xili singari to‘la olingan bo‘ladi. Masalan, E «hech bir jism tinch turmaydi». Juz’iy inkor hukmlarda sub’ekt to‘la olinmagan. Masalan, O «Ba’zi talabalar kutubxonalarga a’zo emas». Yakka inkor hukmlarning sub’ekti ham, predikati ham to‘la hajmda olingan bo‘ladi. Masalan, «Bu odam oliy ma’lumotli emas» hukmlarda terminlar hajmini yaxshiroq tushunish uchun doiralardan foydalanamiz.

Oddiy hukmlar o‘rtasidagi munosabatlar. Har qanday ikki hukm o‘rtasida emas, balki moddiy jihatdan bir xil hukmlar o‘rtasidagi munosabatlar haqida fikr yuritamiz. Sub’ektlari bir xil, predikatlari bir xil hukmlar moddiy jihatdan bir xil hukmlar deyiladi. Hukmlar sifat va miqdr jihatdan farq qilishlari mumkin. Oddiy hukmlar o‘rtasida quyidagi munosabatlar bo‘lishi mumkin: zidlik munosabati, umumiy tasdiq va juz’iy inkor (A—O) hamda umumiy inkor va juz’iy tasdiq (E—J) hukmlar o‘rtasida bo‘ladi. Masalan, A «Hamma talabalar a’lochi», E «hech bir talaba a’lochi emas». Juz’iy qarama-qarshilik munosabati, juz’iy tasdiq va juz’iy inkor hukmlar o‘rtasida bo‘ladi. Masalan, J «Ba’zi qishloqlar obod», O «ba’zi qishloqlar orod emas». Bo‘ysunish munosabati umumiy tasdiq va juz’iy tasdiq hamda umumiy inkor va juz’iy inkor hukmlar o‘rtasida bo‘ladi. (Masalan, A «Hamma domlalar professor», J «ba’zi domlalar professor».


Murakkab hukmlar. Yuqorida bayon qilinganlardan ma’lumki, hukm terminlari birdan ortiq bo‘lsa, ularni murakkab hukmlar deb yuritamiz. Murakkab hukmlarni turlarga, ajiratganda ularning tarkibidagi mantiqiy bog‘lovchining mazmuniga e’tibor beramiz. Shunga qarab murakkab hukmlarning quyidkgi asosiy turlarini ko‘rsatish mumkin: birlashtiruvchi, ayiruvchi va shartli hukmlar.
Birlashtiruvchi hukmlarda sub’ekt rki predikat, ba’zan ikkalasi ham birdan ortiq bo‘ladi. Ularning tarkibida terminlarning teng bog‘lovchi «va» (uning o‘rniga mos keluvchi boshqa bog‘lovchi) mavjud bo‘ladi. Masalan, «Kant va Feyrbax nemis filosoflaridir», «Hamza shoir, dramaturg, kompozitor, ma’rifatparvar ».
Ayiruvchi hukmlar tarkibida «yoki» bog‘lovchisi bo‘lib, bir qancha predikatlarni bir biridan ayirib turadi. Masalan, «Qodirov yo psixologiya, yoki siyosiy iqtisod, yoki filosofiya bo‘limida o‘qiydi».
SHartli hukmlar tarkibida odatda «...sa, ...bo‘ladi» so‘zlari mavjud bo‘ladi. Ko‘pincha ikki bog‘liq hodisa haqida fikr bayon qilinadi. SHartli hukmning sabab va oqibatini ifodalaydigan qismlarida sub’ekt va J2 O2 А2 J1 predikat alohida-alohida bo‘ladi. Masalan, «Agar jism qizdirilsa, u kengayadi». Birlashtiruvchi hukmlar kon’yuktiv, ayiruvchi hukmlar diz’yunktiv, shartli hukmlar implikativ hukmlar deb ham ataladi. Ayiruvchi hukmlar «S yoki R, yoki R1, yoki R2 dir» formulasi, shartli hukmlar «Agar S R bo‘lsa, S1 Pt dir» formulasi orqali beriladi.
Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi: tuzilishi, turlari va umumiy qoidalari. Muhokama jarayonida olamdagi predmet va hodisalar orasidagi aloqa va munosabatlarni ifodalovchi bir yoki birdan ortiq yoki mushohada (fikr) asosida yangi bilim (fikr) ni hosil qilishning mantiqiy usuli xulosa chiqarish deb yuritiladi. Xulosa chiqarish asosida mantiq qonun-qoidalariga tayangan holda ilgaridan ma’lum bo’lgan bilimdan yangisiga o’tish yotadi. Xulosa chiqarish shunday mantiqiy usulki, uning natijasida insonning olam haqidagi, bilimlari uzluksiz ravishda boyib, kengayib, chuqurlashib boradi. Xulosa chiqarishda olamni bevosita bilish bilan bir qatorda mantiqiy fikrlash usullarini egallash talab qilinadi. Xulosa chiqarish uchun har safar olam, undagi predmetlarga murojaat qilish shart emas. Mavjud narsalar haqida qo’lga kiritilgan bilim asosida yangi bilim hosil qilish mumkin. Xulosaning mazmuni turlicha ifodalanishi mumkin. Ayrim xulosalarda narsa va hodisalar orasidagi sabab – oqibat aloqadorligi aks etadi. Lekin bu xulosalarda faqat sababiy bog’lanishlariga aks etadi, degan so’z emas. Masalan, «Qaldirg’ochlar pastlab uchyapti, demak, ertaga ob-havo o’zgaradi», degan xulosasini olib ko’raylik. Yuzaki qaraganda «Qaldirg’ochlar pastlab uchmoqda» fikri «Ertaga ob-havo o’zgaradi» xulosasi uchun asosdek bo’lib ko’rinadi. Aslida bu fikr chuqur tahlil qilinsa, «ob- havoning o’zgarishi» haqidagi fikrga asoslar o’zgacha ekanligini bilish mumkin. Bunda kuzatilgan hodisaning boshqa hodisalar bilan aloqadorligi ma’lum bo’ladi: Qaldirg’ochlarning past uchishiga sabab — pashsha-chivinlar. Ular havodagi namlikning oshganligidan past uchadi, qaldirg’ochlar esa pashsha-chivinlar bilan oziqlanadi. Demak, pashsha-chivinlar tabiat darakchilari sifatida havoning namligi oshganligidan xabar bermoqda. Bu o’z navbatida, qaldirg’ochlarni past uchishga majbur qilmoqda. Demak, ertaga ob-havoning o’zgarishi qaldirg’ochlarning past uchishidan emas, balki atmosferadagi o’zgarishdan, havodagi namlikning ortishidan kelib chiqishi mumkin. Birinchi tipdagi xulosalarning chinligini aniqlash mushkul, shuning uchun ham agar xulosalar vaziyatlar mazmunidan chiqarilgan bo’lsa munozara, bahsga sabab bo’lishi mumkin. Formal - mantiqiy yo’l bilan chiqarilgan xulosalarda esa asos (asoslar) bilan xulosa orasida nisbiy barqaror aloqa va munosabatlar mavjud bo’ladi va bu aloqa, munosabatlar mantiq qonun-qoidalari asosida shakllanadi.
Har qanday xulosa ikki qismdan iborat bo’ladi;
1. Asos yoki asoslar
2. Xulosa
Asos yoki asoslar deganda xulosani keltirib chiqarishga xizmat qiladigan, ilgaridan ma’lum bo’lgan bilimlar nazarda tutiladi.
Asoslar munosabatidan kelib chiqadigan bilim (natija) xulosa deb yuritiladi. Xulosa ob’ektiv olam in’ikosi hisoblangan fikrlar orasida sababiy aloqadorlikni ifodalaydi. Shunisi xarakterliki, xulosa chiqarishda inson fikri sabablar (asos)dan natijaga emas, aksincha, natija (xulosa)dan unga asos bo’lgan sabablarga qarab borishi mumkin, Masalan: Jinoyat jazosiz qolmaydi (asos) Terrorchilik — jinoyat (asos) Demak, Terrorchilik jazosiz qolmaydi (xulosa) yoki Qaldirg’ochlar pastlab uchmoqda. Demak, ertaga ob-havo o’zgaradi (xulosa) Tabiiy tilda xulosada «demak», «natijada», «ko’rinib turibdiki», «shuning uchun» kabi so’z va so’z birikmalari uchraydi. Xulosaning chin yoki xato (yolg’on)ligi, birinchidan, asos (asoslar) ning chinligi, ikkinchidan, asos (asoslar) bilan xulosaning mantiqiy munosabatiga (fikrning izchilligi, asoslar bilan natijaning uzviy aloqadorligi va hokazo) bog’liq bo’ladi. Agar V xulosa A dan kelib chiqsa, va uning natijasini ifodalasa, to’g’ri (chin) bo’ladi. Aksincha, V xulosa A asosdan kelib chiqmasa, xato (yolg’on) hisoblanadi. Shunday qilib, xulosaning to’g’riligi mantiqiy ketma-ketlik, asoslar bilan natijaning aloqadorligidan kelib chiqadi.
Asoslardan xulosaning kelib chiqishi ikki yo’lda amalga oshadi: ayrimlarida xulosa asoslardan zaruriy ravishda kelib chiqadi. Bunday xulosa demonstrativ (zaruriy) xulosa, deb yuritiladi. Boshqalarida asoslardan chiqarilgan xulosa haqiqatga yaqin, ehtimollik xarakteriga ega bo’ladi. Bunday xulosalar nodemonstrativ, yoki haqiqatga yaqin xulosalar, deb yuritiladi.
2) Xulosa chiqarishning 3 asosiy turi mavjud:
1. Deduktiv xulosa chiqarish;
2. Induktiv xulosa chiqarish;
3.Analogiya bo’yicha xulosa chiqarish.
Inson fikrining umumiylikdan yakkalikka qarab borishi natijasida hosil bo’lgan yangi bilim deduktiv xulosa deb yuritiladi.
Induktiv xulosa chiqarishda fikr yakkalikdan umumiylikka qarab boradi. Alohida predmet va hodisalarning o’xshash va farqli tomonlarini tahlil etish asosida analogiya bo’yicha xulosa chiqariladi.
1. Deduktiv xulosa chiqarish.
Deduktiv xulosa chiqarish ikki usulda amalga oshiriladi:
1) bevosita deduktiv xulosa chiqarish;
2) bilvosita deduktiv xulosa chiqarish.
Bevosita deduktiv xulosa chiqarish. Bir asosdan mantiqiy tahlil orqali yangi fikr (bilim) ni hosil qilish bevosita deduktiv xulosa chiqarish, deb yuritiladi. Bunda ayrim mushohadalar qayta ishlanadi. Yangi fikr (bilim) ga asos bo’lgan mushohada xulosaning asosi, hosil bo’lgan yangi fikr - xulosa bo’lib hisoblanadi. Bevosita xulosa chiqarishda mantiq usullar yordamida amalga oshadi. Bunday mantiqiy usullariga quyidagilar kiradi: a) almashtirish orqali xulosa chiqarish b) aylantirish orqali xulosa chiqarish v) predikatga qarama-qarshi qo’yish g) mantiqiy kvadrat .
a) Almashtirish shunday mantiqiy usulki, bunda asos bo’lgan hukmning sub’ekti (S) xulosaning predikatiga (R), uning predikati (R) esa xulosaning sub’ekti (S) ra almashtiriladi. Bundan fikrning mazmuni o’zgarmay qoladi. Masalan: Guruhimizning ayrim talabalari (S) — a’lochi (R). Demak, ayrim a’lochilar (S) — guruhimiz talabalari (R). Almashtirish chiqarilgan xulosaning aniq bo’lishini ta’minlaydi. Almashtirish natijasida umumiy tasdiq (A) mushohadadan juz’iy tasdiq (J) ni hosil qilish mumkin. Masalan: Respublikamizning barcha viloyatlari davlatga paxta topshirish shartnomaviy majburiyatlarini bajardilar. Demak, Toshkent viloyati ham davlatga paxta topshirish shartnomaviy majburiyatlarini bajardi. Berilgan xulosani quyidagi sxemaga solish mumkin: Barcha S — R (A) Demak, ayrim S — R (J) Shuningdek, almashtirish natijasida umumiy inkor hukm (E)dan umumiy inkor hukm (E)ni, umumiy tasdiq hukm (A)dan umumiy tasdiq hukm (A)ni hosil qilish mumkin, b) Aylantirish orqali xulosa chiqarish shunday mantiqiy usulki, asos qilib olingan mushohadaning sub’ekti (S) xulosada ham sub’ekt sifatida qoladi, lekin predikat va bog’lovchi o’z qarama-qarshisiga aylanadi, Qisqacha qilib aytganda, aylantirish yordamida asosga teng, lekin mazmun jihatidan qarama-qarshi fikr juz’iy tasdiq (J) mushohadadan hosil qilinadi. Masalan: Har qanday jinoyat jazolanmog’i lozim. Demak, hech qanday jinoyat jazolanmasligi mumkin emas. Sxemasi: S — R dir. Demak S — R emasdir . Aylantirish natijasida umumiy tasdiq (A) mushohadadan umumiy inkor (E), Juz`iy tasdiq hukmdan (J) juz’iy inkor (O) mushohada hosil qilinadi, Masalan: Hamma bosqinchilik urushlari — adolatsiz. Demak, Hamma bosqinchilik urushlari — adolatli emas. Sxemasi: Har bir S — R dir. Demak, hech bir S — R emasdir. Aylantirish mantiqiy uslubining ikki ko’rinishi mavjud: 1) Sodda aylantirish 2) Cheklash orqali aylantirish. Sodda aylantirishda xulosaga asos qilib olingan fikr va hosil bo’lgan yangi fikr hajm jihatidan teng bo’ladi. Masalan: Faqat barcha kvadratlar — tomonlari teng to’rtburchak. Demak, barcha tomonlari o’zaro teng to’rtburchaklar — kvadrat. 150 Sxemasi: Barcha S — R dir Barcha R — B dir. Cheklash orqali aylantirish natijasida umumiy tasdiq (A) hukmdan juz’iy tasdiq (J) hukm hosil qilinadi. Masalan: Barcha planetalar — sharsimon. Demak, Yer - sharsimon.
v) Predikatga qarama-qarshi qo’yish. Bunda xulosaning sub’ekti asosning predikatiga, xulosaning predikati asosning sub’ektiga zid bo’ladi. Masalan; Hamma talabalar bilimga chanqoq. Demak, hech bir talaba bilimga chanqoq bo’lmasligi mumkin emas. Formulasi: A - Barcha S-R dir, Demak, O - Ayrim S-R emasdir. Mantiqiy kvadrat bo’yicha A-O hamda E-J zid, ya’ni kontradiktor hukmlar hisoblanadi va uchinchisi istisno qonuniga bo’ysunadi. Bunda A ning chinligidan O ning yolg’onligi kelib chiqadi. Demak, zid hukmlardan bevosita xulosa chiqarish mumkin emas. Masalan: Sudning ayrim qarorlari oqlaydi (J). Sudning hech bir qarori oqlamayli (E). Xulosani mantiqiy kvadrat bo’yicha chiqarish mumkin. Mushohadalar orasidagi munosabatlarga tayangan holda xulosa chiqarish mantiqiy kvadrat bo’yicha xulosa chiqarish, deb yuritiladi. Ma’lumki, mushohadalar orasida qarama-qarshilik, zidlik hamda bo’ysunish munosabatlari mavjud. A-E hamda J-O mushohadadlar orasida qarama - qarshilik munosabati mavjud. Bunda bir hukmning chinligidan ikkinchisining xatoligi kelib chiqishi shart zmas. Masalan: Ayrim talabalar reyting ballarini to’playdi. Ayrim talabalar reyting balini to’play olmaydi. Bunda mushohadaning birinchisi asos, ikkinchisi xulosa bo’lishi mumkin. A-J hamda E-O hukmlari bo’ysunish munosabatida. Shuning uchun ham umumiy inkor (E) hukmdan juz’iy inkor (O), umumiy tasdiq (A) hukmdan juz’iy tasdiq (J) hukm hosil qilinishi mumkin. 2) Bilvosita deduktiv xulosa chiqarish. Birdan ortiq asosdan yangi fikrni hosil qilish mantiqiy uslubi bilvosita xulosa chiqarish, deb yuritiladi. Bilvosita xulosa chiqarish jarayonida inson fikri umumiylikdan yakkalikka, yakkalikdan umumiylikka, juz’iylikdan juz’iylikka qarab borishi mumkin, Shunga ko’ra xulosa chiqarish uch yo’lda amalga oshiriladi: 1. Deduktiv xulosa chiqarish. Bunda inson fikri umumiylikdan yakkalikka qarab boradi. 2. Induktiv xulosa chiqarish. Bunda inson fikri yakkalik, juz’iylikdan umumiylikka qarab boradi. 3. Analogiya vositasida xulosa chiqarish. Bunda inson fikri juz’iylikdan juz’iylikka qarab boradi. Bilvosita xulosa chiqarishning muhim turlaridan biri — deduktiv xulosa chiqarish hisoblanadi. Deduktiv xulosa fikrimizning umumiylikdan yakkalikka qarab borishi natijasida hosil qilinadi. Deduktiv xulosa chiqarish nazariyasi buyuk yunon faylasufi Arastu (384-322) tomonidan ishlab chiqilgan. Aristotel qalamiga mansub «Birinchi analitika», «Ikkinchi analitika» kitoblarida sillogizm ta’limoti asoslab berilgan. Bilvosita deduktiv xulosa chiqarishning eng keng tarqalgan turi sillogizm hisoblanadi. Sillogizm grekcha “syllogismos” so’zidan olingan bo’lib, sanash orqali xulosa chiqarish, degan ma’noni ifodalaydi. Ikki qat’iy hukmning bog’lanishi asosida chiqarilgan xulosa sodda qat’iy sillogizm, deb yuritiladi. Sodda qat’iy sillogizm 3 qismdan iborat bo’ladi: a) katta asos; b) kichik asos; v) xulosa. Sodda qat’iy sillogizm quyidagi shaklda yoziladi: Mustaqil davlat o’z konstitusiyasiga ega. O’zbekiston — mustaqil davlat. Demak, O’zbekiston o’z konstitutsiyasiga ega. Berilgan misoldagi birinchi fikr («Mustaqil davlat o’z konstitusiyasiga ega») — katta asos. Unda umumiy fikr ifodalangan. Ikkinchi fikr («O’zbekiston — mustaqil davlat») — kichik asos. Uchinchisi — asoslardan kelib chiqqan xulosa («Demak, O’zbekiston o’z konstitutsiyasiga ega»). Sodda qat’iy sillogizmda 3 termin mavjud. Bu terminlar katta asosni kichik asosga bog’lash oroqali yangi fikr (sillogizm xulosasi) ni chiqarish imkonini beradi. 151 Bular: Katta termin - R Kichik termin - S O’rta termin - M Katta (R), o’rta (M), kichik termin (S) sillogizm xulosasining tarkibiy qismlaridir. Katta termin (R) deb sillogizmda katta asos tarkibiga kiruvchi va xulosada predikat vazifasini bajaruvchi terming aytiladi. Kichik termin (S) deb sillogizmda kichik asos tarkibiga kiruvchi va xulosa sub’ekt bo’lib keluvchi terminga aytiladi. O’rta termin (M) deb sillogizmda katta asosni kichik asosga bog’lovchi, biroq xulosada ishtirok etmaydigan terming aytiladi. Sodda - qat’iy sillogizmning tarkibini quyidagicha ifodalash mumkin: Katta asos: Barcha davlatlar o’z iqtisodiyotining taraqqiy ettirishdan manfatdor. Kichik asos: O’zbekiston — davlat. Xulosa: Demak, O’zbekiston o’z iqtisodiyotini taraqqiy ettirishdan manfaatdor. Mazkur sodda qat’iy sillogizmni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin: Barcha M — R dir. S — M dir. Demak, S — R dir. Sillogizm xulosasi: a) katta asosdan boshlanlan taqdirda fikr umumiylikdan yakkalikka qarab boradi. XVII - XIX asr ziyolilari ma’rifatparvarlik g’oyalarini ilgari surdilar Avaz O’tar o’g’li — XIX asr ziyolisi. Demak, Avaz O’tar ma’rifatparvarlik g’oyalarini ilgari surdi. b) kichik asosdan boshlansa, fikr yakkalikdan umumiylikka qarab boradi. Masalan: Suv — jism Jism — ximiyaviy elementlardan tarkib topgan. Demak, suv ximiyaviy elementlardan tarkib topgan. v) Ayrim o’rinlarda fikr yakkalikdan juz’iylikka qarab borishi orqali xulosa chiqarish mumkin. Masalan: Baliq jabra bilan nafas oladi. Baliq — hayvon. Demak, ayrim hayvonlar jabra bilan nafas oladi. Sillogizm aksiomasi. Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, ikki mushohada asosida sillogizm xulosasi hosil qilinadi. Shu o’rinda qanday qilib ikki fikr, ikki asosdan yangi fikr — xulosa hosil qilish mumkin? - degan savol paydo bo’lishi tabiiy. Ma’lumki, deduktsiya (ya’ni, fikrning umumiylikdan yakkalikka qarab borishi) olamdagi narsa va hodisalar orasida mavjud bo’lgan oddiy aloqa va munosabatlarga, asoslanadi. Bu aloqa va munosabatlar ichida jins va tur, umumiylik bilan yakkalik orasidagi munosabatlar alohida o’rin tutadi. Biz o’zimizni o’rab olgan ob’ektiv olamni o’rganar ekanmiz, undagi narsa va hodisalar umumiylikka egaligini; bu umumiylik alohida predmet va hodisalar tarzida namoyon bo’lishini ko’p bor kuzatganmiz va bunda umumga xos bo’lgan xususiyatlar alohidalikda ham namoyon bo’lishini anglaganmiz. Vaqt o’tishi bilan umumiylik va yakkalik, jins va tur orasidagi munosabatlarning ongimizda takror-takror aks etishi sillogizmning ichki qonuniyatini tushunishga imkon bergan. Sillogizmning mohiyatini ifodalaydigan bu qonuniyat mantiqda sillogizm aksiomasi deb yuritiladi. Sillogizm aksiomasida buyumlarga xos yakkalik, maxsuslik va umumiylik orasidagi munosabatlar ifodalanadi. Unga ko’ra, sinfga, turkumga xos tasdiqlangan yoki inkor etilgan belgi, xususiyatlar shu turkumga kiruvchi har bir predmetga, har bir hodisaga xos bo’lib hisoblanadi. Sillogizm aksiomasi deganda sillogizm xulosasining isbot, dalil talab qilmaydigan qoidasi nazarda tutiladi. Sillogizm aksiomasi uning terminlari R, M, S orasidagi munosabatni ifodalaydi. Bunda R umumiylikni ifodalaydi, M uning belgisi. M R ga (ya’ni umumga) xos bo’lgani uchun ham u o’z navbatida alohidalik (S) ning ham belgisi bo’lib hisoblanadi. Sillogizm aksiomasini quyidagi sxemada ifodalash mumkin: Sxemaning o’qilish tartibi: S M ning belgisi, M R ning belgisi. Sillogizm aksiomasining 2 xil ifodasi mavjud: 1. Belgining belgisi narsaning o’z belgisidir. Boshqacha qilib aytganda, jinsga mansub belgi turga ham xosdir. 152 2. Belgining belgisi bo’lmagan narsa narsaning o’z belgisi emasdir. Ma’nosi: agar belgi turkumga xos bo’lmasa, narsaga ham xos emasdir. Bunday holatda sillogizm terminlari (R, M, S,) ni quyidagicha ifodalash mumkin: R — jins M- tur S — alohida predmet Sillogizm vositasida chiqarilgan xulosalarning chinligini ta’minlash sillogizm qoidalariga rioya etishni talab qiladi. Sillogizm figuralari. Sillogizm xulosasidagi o’rta terminning joylashuviga qarab o’zaro, bir-biridan farqlanadigan shakllari sillogizm figuralari deb yuritiladi. Mantiq ilmida sillogizmning 4 figurasi asoslab berilgan. Bular: a) Sillogizmning birinchi figurasi b) Sillogizmning ikkinchi figurasi s) Sillogizmning uchinChi figurasi d) Sillogizmning to’rtinChi figurasi a) Sillogizmning birinchi figurasida o’rta termin M katta asosning sub’ekti va kichik asosning predikati vazifasida keladi, hamda asoslarni bir-biriga bog’laydi. b) Sillogizmning ikkinchi figurasida o’rta termin M katta va kichik asosda predikati vazifasida keladi va ularni bir-biriga bog’laydi. c) Sillogizmning uchinchi figurasida o’rta termin M har ikkala asosning sub’ekti hisoblanadi va asoslarni bir-biriga bog’laydi. d) Sillogizmning to’rtinchi figurasida o’rta termin M katta asosning predikati va kichik asosning sub’ekti bo’lib keladi hamda ularni o’zaro bog’laydi. Sillogizm moduslari. Sillogizm moduslari deganda sillogizmning har bir figurasi doirasida chiqariladigan xulosalarning turlari nazarda tutiladi. Sillogizm tarkibidagi mushohadalarning mazmun va miqdor jihatidan turli xil tarzda bog’lanishlari sillogizm moduslari deyiladi. Sillogizmning har bir figurasi doirasida 64 tagacha modus bo’lishi mumkin. Moduslar sillogizm xulosasi tarkibiga kirgan mushohadalar turi bilan belgilanadi. Masalan: Sillogizmning bir figurasining modusi A tarzida bo’lishi mumkin. Buning ma’nosi shuki, sillogizmning har 3 qismi (katta asos, kichik asos, xulosa) umumiy tasdiq (A) mushohadadan iborat. Sillogizmlarning asosiy turlari. Xulosa uchun asos bo’lgan mushohadalar mohiyatiga ko’ra sillogizm xulosalari uch turkumga bo’linadilar: 1. Qat’iy sillogizm. 2. Shartli sillogizm. 3. Ayiruvchi (bo’linuvchi) sillogizm. 1. Qat’iy sillogizmda asoslar qat’iy mushohadadan iborat bo’ladi. Masalan: Metall issiqlik o’tkazadi. Mis - metall Demak, mis issiqlik o’tkazadi. 2. Asoslar yoki asoslardan biri shartli mushohadadan iborat sillogizm shartli sillogizm deb yuritiladi. Masalan: Teraklarning barglari uchidan sarg’aysa, qish qattiq keladi. Teraklarning barglari uchidan sarg’aydi Demak, qish qattiq kelishi mumkin. 3. Asoslardan bir ayiruvchi (bo’lingan) mushohadadan iborat bo’lsa, ayiruvchi (bo’lingan) sillogizm hosil bo’ladi. Masalan: Burchaklar yo o’tkir, yo o’tmas, yo to’g’ri bo’ladi. Bu - to’g’ri burchak. Demak, Bu - na o’tkir, na o’tmas burchak emas. Sillogizm tuzilishiga ko’ra: sodda, murakkab, murakkab - qisqartma turlarga bo’linadi. Sodda sillogizm. Sodda sillogizm 3 qism (katta asos, kichik asos, xulosa) hamda 3 termin (R, M, S) dan iborat bo’ladi. Shu bilan bir vaqtda sodda sillogizmlar har doim ham to’liq holda ham uchrayvermaydi. Aksari hollarda sillogizmlarning sodda qisqartma shakllari uchraydi. 153 Sodda qisqartma sillogizmlar mantiqda entimema deb yuritiladilar. Entimema – asoslardan biri yoki xulosasi qoldirib ifoda etilgan sillogizm. Masalan: Bu baliq - akula. Demak, bu baliq - yirtqich. Bu misolda katta asos (Ayrim baliqlar – yirtqich) tushurib qoldirilgan. Murakkab sillogizm. Murakkab sillogizm mantiqda polisillogizm deb yuritiladi. Polisillogizmlar ikki va undan ortiq sodda sillogizmlardan tashkil topadi. Masalan: Sport sog’liqni mustahkamlaydi. Gimnastika – sport. Demak, Gimnastika sog’liqni mustahkamlaydi. Ritmik gimnastika – gimnastika. Ritmik gimnastika - sog’liqni mustahkamlaydi. Pollisiologizmning 2 turi mavjud: a) Progressiv polisillogizm b) Regressiv polisillogizm. a) Progressiv polisillogizmda ilgarigi sillogizmning xulosasi yangi sillogizm uchun asos vazifasini bajaradi. Masalan: San’at qalbni davolaydi. Teatr – san’at Demak, teatr - qalbni davolaydi. Drammatik teatr – teatr. Demak, Drammatik teatr qalbni davolaydi. b) Regressiv polisillogizmda ilgarigi sillogizm xulosasi kichik asos vazifasini o’taydi. Masalan: Chinor – daraxt Daraxt - o’simlik. Chinor - o’simlik O’simlik – organizm Chinor – organizm Organizm – parchalanadi. Chinor parchalanadi. Murakkab sillogizmlar a) epixeyrema va b) soritlar shaklida namoyon bo’lishi mumkin. a) Epixeyrema – shunday murakkab qisqartma sillogizmki, uning asoslari entimemalardan iborat bo’ladi. Masalan: Yolg’on nafratga loyiq, Chunki u axloqsizlik. Yolg’ondaka maqtov - yolg’on, Chunki unda haqiqat buzib ko’rsatiladi. Yolg’ondaka maqtov - nafratga loyiq b) Sorit - qisqartma sillogizmlar yig’indisi. Uch - toq son Hamma toq sonlar – natural son Hamma natural sonlar – ratsional sonlar. Uch – ratsional son. 3. Induktiv xulosa chiqarish. Induktiv xulosa chiqarish jarayonida inson fikri yakkalikdan umumiylikka qarab boradi. Induktiv lotincha «induktiv» co’zidan olingan bo’lib, «chiqarish», «hosil qilish» ma’nolarini anglatadi. Induktiv xulosa chiqarish insoniyat amaliy va aqliy faoliyatining o’ziga xos natijasi hisoblanadi. Insoniyat ko’p asrlik ijtimoiy – tarixiy amaliyoti tufayli yakka predmet va hodisalarga xos ayrim belgi - xislatlarning boshqalarida takrorlanishini bilib olgan. Bu takrorlanish oqibatda inson fikrini yakkadan umumiylikka qarab yo’naltirgan. Yakka predmet va hodisalarni takror va Yana takror o’rganish ularning umumiy xususiyatlarini payqashga olib kelgan. Kishilar amaliy faoliyat jarayonida ko’pdan ko’p alohida fikrlardan umumiy qoidalar hosil qilganlar, olamni bilishda yakkalik, alohidalikdan umumiylikka qarab borganlar, alohida faktlar, hodisalarni umumiylashtirganlar. Insonning har qanday bilimi asosida alohidalikdan umumiylikka qarab borish yotadi. Dmitriy Mendeleev alohida elementlarni o’rganish orqali ximiyaviy elementlarning davriy sistemasini kashf etdi. Umuman 154 olganda, har qanday kashfiyotning mohiyatida ma’lum ma’noda yakkalikni umumlashtirish yotadi. Induktiv xulosa chiqarish tafakkurning o’ziga xos uslubi hisoblanadi. Fikrlashning induktiv uslubi haqidagi dastlabki ma’lumot qadimgi yunon falsafasiga borib taqaladi. Buyuk yunon faylasufi Suqrot (e.a.469-399) har qanday bilim umumiylik haqidagi tushunchadir. Umumiylik esa alohida hodisalarni o’rganish va solishtirish natijasida yuzaga keladi, deb bilgan. Induktiv xulosa chiqarish mantiqiy usuliga Suqrot asos solganligini Arastu o’zining «Metafizika» asarida ko’rsatib o’tgan edi. U ikki narsa Suqrotga taalluqli: biri induktiv muhokama, ikkinchisi esa umumiy ta’riflardir, deb ko’rsatgan. Induktiv xulosa chiqarish to’g’risidagi ta’limot Arastu qarashlarida rivojlantirildi. U, jumladan, «Oddiy sanash induksiyasi» va noto’liq induksiya to’g’risida ma’lumot bergan. XVII-XVIII asrlarda tabiatshunoslik fanlarining rivojlanishi induktiv logikaga qiziqishni kuchaytirdi. Ingliz faylasufi Frensis Bekon o’zining «Yangi organon» asarida oddiy sanash yo’li bilan hosil bo’ladigan ommabop induksiya har doim ham ishonarli bo’lavermaydi; Induksiyaning shunday nomlarini topmoq kerakki, ular hodisalarning muhim, asosli tomonlarini o’zida umumlashtirsin, deb ko’rsatgan edi. Bekon bunday shakllarni muayyan sxemaga (tartibga) solib o’rganishni taklif etdi. Uning fikricha, barcha xilma-xil hodisalarni muayyan sanoqli shakllarga solish mumkin. Bu qarash cheklangan bo’lsada, o’rta asr sxolastikasiga qarama-qarshi o’laroq o’rganishni faktlardan, olamni o’rganishdan boshlash talabini ilgari surganligi bilan ahamiyatli. Induksiya tushunchasi fanda 3 ma’noda qo’llanadi: 1. Induktiv xulosa chiqarish ma’nosida 2. Olamni bilish metodi ma’nosida 3. Muhokama yuritish uslubi ma’nosida Induktiv xulosa chiqarish shunday mantiqiy uslubki, muayyan turkumga mansub ayrim predmetlar haqidagi bilimlardan butun turkum haqidagi umumiy fikrlar hosil qilinadi. Induktiv xulosa chiqarish ma’lum ma’noda haqiqatga yaqin xulosa chiqarishdir. Induktiv xulosaning chinligi quyidagi qoidalarga bog’liq bo’ladi: 1) Asoslarning chinligi; 2) Ular orasidagi aloqadorlikning real mavjudligi. Lekin bundan har qanday chin asoslardan chin xulosa chiqarish mumkinligi kelib chiqmaydi. Bu xatolar mantiqning yetarli asos qonunini buzib talqin etishdan kelib chiqadi. Induktiv xulosa chiqarish 2 yo’l bilan amalga oshiriladi:
a) To’liq induksiya
b) Noto’liq induksiya a) To’liq induksiya shunday induktiv xulosa chiqarish uslubiki, bunda muayyan turkumga mansub predmetlar haqidagi fikr unga mansub barcha predmetlarni beistisno qamrab oladi va ularni chuqur o’rganish orqali chiqariladi. To’liq induksiyada asoslar yig’indisi xulosaga teng bo’ladi. Buni quyidagi sxemada ifodalash mumkin:
S1 – R dir ,
S2 – R dir
S3 – R dir
S4 – R dir ,
Demak, S – R dir,,
Aristotel to’liq induksiyani induktiv sillogizm deb atagan. To’liq induksiya qonunlari Karinskiy tomonidan o’rganildi. U o’zining «Hodisalar klassifikatsiyasi» asarida «Biz to’liq induksiya yangi bilim bermaydi, undagi bilim ma’lum predmetlar doirasidan chetga chiqmaydi, degan fikrga qo’shila olamiz. Bunda yangilik, yangi fikr shundan iborat bo’ladiki, u predmetlar turkumini o’zicha xarakterlaydi» - deb ko’rsatadi. To’liq induksiya xulosasining chinligi quydagi talablarning bajarilishini taqozo etadi: 1. O’rganilayotgan turkumga mansub predmetlar doirasini aniq bilish; 2. U yoki bu xususiyatning shu sinfdagi har bir predmetga taalluqli ekanligini aniqlash; 3. Sinfga, turkumga mansub predmetlar chegarasining aniq bo’lmog’i. To’liq induksiya xulosasi muayyan turkumga mansub ayrim xulosalarni chuqur o’rganish imkoniyatini yaratib beradi. Odatda to’liq induksiyadan isbot talab etiladigan muhokama jarayonida foydalaniladi. 155 Masalan: har qanday uchburchak ichki burchaklarining yig’indisi 180* ga teng. Bunda o’tkir, o’tmas, to’g’ri burchakli uchburchak nazarda tutiladi.
b) Noto’liq induksiya shunday mantiqiy uslubki, unda turkumga mansub pedmetlar haqida chiqarilgan xulosa uning tarkibiga kiruvchi barcha predmetlarni qamrab olishi shart emas. Masalan: suv (N2 O)2 vodorod atomi va 1 kislorod atomidan iborat. Noto’liq induksiya ehtimollik, haqiqatga yaqinlik xarakteriga ega bo’ladi. Masalan: Isitilganda azot, kislorod, vodorodlarning kengayishi kuzatiladi. Shu asosda gazlar isitilganda, kengayadi, degan xulosaga kelish mumkin. Noto’liq induktiv xulosa chiqarish 3 ko’rinishda uchraydi:
1) Oddiy sanash orqali induktiv xulosa chiqarish. Bu ommabop induksiya , deb ataladi.
2) Faktlarni tanlash va tahlil etish orqali xulosa chiqarish.
3) Salbiy aloqadorlikni aniqlashga qaratilgan ilmiy induksiya.
4. Anologiya grekcha anologia so’zidan olingan bo’lib, muvofiqlik, o’xshashli ma’nolarini anglatadi. Analogiya xulosa chiqarishning eng qadimgi uslublaridan biri hisoblanadi. Analogiya inson tafakkuri taraqqiyotining dastlabki bosqichlaridan boshlab rivojlangan. Analogiya xulosa chiqarishning shunday uslubiki, muayyan belgining, munosabatning predmetga xosligi haqidagi xulosa boshqa predmetning belgi va munosabatlariga solishtirish vositasida chiqariladi. Analogiyada o’rganilayotgan predmet - modelyep, unga xususiyatlari belgilari o’xshagan predmet - prototip, deb yuritiladi. Masalan: A predmet a, b, c, d, q xususiyatlarga ega; V predmet ham a,b,c,d xususiyatlariga ega. Demak, V predmet q xususiyatiga ham ega bo’lishi mumkin. Yer va Quyosh solishtirilayapti, deylik. Yerning quyoshga o’xshash elementlari: a) har ikkisi bir sistemaga kiradi. b) spektral analiz orqali har ikkalasining kimyoviy tuzilishi o’xshashligi aniqlandi. v) Quyoshda geliy mavjudligi aniqlandi va shu asosda geliy Yerda ham mavjud bo’lsa kerak, degan xulosa chiqarildi. Keyinchalik bu xulosa geliy elementining kashf qilinishi bilan isbotlandi. Analogiya yordamida xulosa chiqarishdan amaliyotda keng foydalaniladi. Masalan: g’o’zadagi ko’sakka qarab, hosildorlikni aniqlash; ekin zararkunandalariga qarshi kurashning biologik usulini topish; turli texnik vositalar, moslamalar yasash, kibernetik mashinalarni yaratish va boshqalarda mantiqiy fikrlashning analogiya usulidan foydalanilgan. Analogiya yordamida chiqarilgan xulosalar insonning olam haqidagi bilimlarining chuqurlashuviga xizmat qiladi. Odatda, analogiya bo’yicha chiqariladigan xulosa ehtimollik xarakteriga ega bo’ladi, uning haqiqatga qanchalik yakinroq bo’lishi bir qator omillarga bog’liq bo’ladi: - o’rganilayotgan va solishtirilayotgan ob’ekt mumkin qadar ko’proq umumiy belgilarga ega bo’lishi; - bu belgilarning mumkin qadar ko’proq narsa va hodisalar mohiyatidan kelib chiqishi.
Xulosaga asos qilib olingan axborot (belgi, tomon va hokazo)ning xarakteriga ko’ra analogiya 2 ko’rinishda namoyon bo’ladi:
1. Sifat analogiyasi
2. Munosabat analogiyasi
1. Predmet, hodisalarning sifat (xususiyat)laridagi o’xshashlik sifat analogiyasini hosil qiladi. Masalan: Janubiy Afrika yassitog’ligining geologik strukturasi Yoqutiston tog’larnikiga o’xshash. Janubiy Afrikadan ko’pdan-ko’p olmos tog’ konlar topilgan. Demak, Yoqutistonda ham olmos konlari bo’lishi mumkin.
2. Munosabatlardagi o’xshashlik munosabat analogiyasini hosil qiladi. Munosabat analogiyasi sababiy aloqadorlik shaklida namoyon bo’ladi. Masalan: Yerga olmaning tushishining sababi Yerning tortishish kuchi. Oy yerning tortishish kuchi tufayli uning atrofida harakat qiladi. Yer, butun planetalar Quyosh atrofida harakat qiladi. Shu orqali butun dunyo tortishish qonunini tushunishi mumkin.
Bionika fani jonli tabiat ob’ektlari, hodisalarini o’rganish asosida u haqidagi bilimlarni yangi texnika texnologiyada qo’llash bilan shug’ullanadi. Fizik olim Rezerfort ishlab chiqqan atom tuzilishini modeli atom yadrosi bilan elektronlar munosabatidagi o’xshashlikka asoslangan. O’xshashlik - o’xshash tomonlarni aniqlash, bilim va amaliyotda muhim o’rin tutadi. M.V. Lomonosov «o’xshatish biron bir narsani isbotlamaydi, balki isbotlanadigan narsani tushuntiradi»,- degan edi.
Hosil bo’ladigan bilimning xarakteriga ko’ra analogiya 3 ko’rinishda namoyon bo’ladi:
a) Qat’iy analogiya.
b) Qat’iy bo’lmagan analogiya.
c) Yolg’on analogiya.

a) Qat’iy analogiya o’xshash tomonlar, belgilar orasidagi zaruriy aloqa va munosabatlar asosiga ko’riladi. Qat’iy analogiya ilmiy izlanishlarda keng qo’llaniladi. Ilmiy tadqiqotlarni modellashtirish usuli qat’iy analogiyaga asoslangan.


b) Qat’iy bo’lmagan analogiya ehtimollik xarakteridagi (taxminiy) xulosalarni hosil qiladi. Samolyotlar modelini sinash qat’iy bo’lmagan analogiyaga asoslanadi.
Qat’iy bo’lmagan analogiyada bilimning ishonchlilik darajasini oshirish uchun quyidagilarga e’tibor berish lozim:
1. o’xshash xususiyatlar tomonlarning ko’pligiga;
2. asosiy, zaruriy belgilar, tomonlar o’xshashligiga;
3. o’xshashlikning iloji boricha har tomonlama bo’lishiga;
4. farklarning miqdori va sifatiga;
5. chiqarilayotgan xulosadagi ehtimol borligi nazarda tutilgan belgining o’xshash belgilarga yaqin tipni ifodalashiga.
Bular analogiya bo’yicha chiqariladigan xulosalarning asosiy qoyidalari hisoblanadi.
c) Yolgon analogiya ba’zan muxolifni aldash maqsadida qo’llanishi mumkin. Bunda yolgon analogiya sofistik usulni ifodalaydi. Predmetlar hodisalarning mohiyatini xususiyatlarini bilmaslik, tasodifiy o’xshashlikka tayangan holda xulosa chiqarish yolg’on analogiya hisoblanadi.
Analogiya o’quv jarayonida, isbotni talab etadigan holatlarda, matematik modellashtirishda, badiiy ijodda muhim urin tutadi.
Olamdagi alohida narsalar, ularning xususiyatlarini hissiy mushohada orqali aniqlash mumkin. Biz uyning tomi yopilmaganini ko’rib «uy bitmagan», dorining mazasini tatigach, «dori achchiq» deb aytishimiz mumkin. Bular oddiy, ko’rinib turgan haqiqat va ularni isbotlash uchun alohida dalil keltirish talab qilinmaydi. Lekin aksari hollarda (dars berish, ma’ruza o’qish, insho yozish, ilmiy izlanish, munozara, sud majlislari, ilmiy ishni yoqlash) kabi o’z fikrimizning chinligini, asoslanganligini isbotlashga to’g’ri keladi. Ana shunday vaqtlarda argumentlash, ya’ni dalil keltirish mantiqiy usulidan foydalanamiz.
Yüklə 140,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin