Mantiq tushunchasi, mazmun- mohiyati. Mantiq fani shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari. O’rta asrlardagi taraqqiyoti



Yüklə 236,29 Kb.
səhifə4/36
tarix20.11.2023
ölçüsü236,29 Kb.
#164239
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
falsafa 6-mavzu

Ayniyat qonuni. Biror buyum yoki hodisa haqida fikr yuritilganda, ularga xos bо‘lgan barcha muhim belgilar, qamrab olinadi. Predmet haqidagi fikr necha marta va qanday holatda takrorlanishiga qaramasdan doimiy, о‘zgarmas va qat’iy mazmunga ega bо‘ladi. Tafakkurga xos bо‘lgan bu aniqlik xususiyati ayniyat qonunining mohiyatini tashkil etadi.
Ayniyat qonuniga kо‘ra, ma’lum bir predmet yoki hodisa haqida aytilgan ayni bir fikr ayni bir muhokama doirasida ayni bir vaqtda о‘z-о‘ziga tengdir. Bu qonun formal mantiq ilmida «A–A» dir formulasi bilan ifodalanadi.
Ayniyat qonuni simvolik mantiq ilmida, ya’ni mulohazalar mantig‘i va predikatlar mantig‘ida о‘ziga xos kо‘rinishga ega.
Mulohazalar mantig‘ida a → a va a ↔ a. (Bunda, a – har qanday fikrni ifodalovchi belgi, → implikatsiya belgisi, «↔» ekvivalentlik belgisi.)
Predikatlar mantig‘ida (x(R(x)→R(x)) bu ifoda quyidagicha о‘qiladi: har qanday X uchun, agar X R belgiga ega bо‘lsa, X shu belgiga ega, degan fikr tо‘g‘ri bо‘ladi.
Ayniyat qonunining asosiy talabi quyidagicha: fikrlash jarayonida turli fikrlarni aynanlashtirish va, aksincha, о‘zaro aynan bо‘lgan fikrlarga teng emas, deb qarash mumkin emas. Bu mantiqiy tafakkurning muhim shartlaridan biridir. Fikrlash jarayonida bu qonunni bilib yoki bilmasdan buzish holatlari uchraydi. Ba’zan bu holat bir fikrning tilda turli xil ifodalanishi bilan bog‘liq bо‘ladi. Masalan, «dialektika qonunlari» va «tabiat, jamiyat va inson tafakkurining eng umumiy qonunlari» tushunchalari shakliga kо‘ra turlicha bо‘lsa ham, mazmunan aynandir.
Ayniyat qonuni predmet va hodisalarning nisbiy barqarorligini ifoda etgani holda, tafakkurning rivojlanishini, tushunchalar va bilimimizning о‘zgarib, boyib borishini inkor etmaydi. Bu qonun fikrning mazmuni predmet va hodisalarni tо‘laroq bilib borishimiz bilan о‘zgarishini e’tirof etadi va uni hisobga olishni taqozo qiladi. Ayniyat qonuni tafakkurga, uning barcha elementlari, shakllariga xos bо‘lgan umumiy mantiqiy qonundir. Bu qonunning talablari tafakkurning har bir shakliga xos bо‘lgan konkret qoidalarda aniq ifodalanadi. Tafakkurning tushuncha, mulohaza (hukm), xulosa chiqarish shakllari, ular о‘rtasidagi munosabatlar shu qonunga asoslangan holda amalga oshadi.

Yüklə 236,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin