2-§. SONLI REBUSLARGA DOIR MASHQLARNI YECHISH
USULLARI
Sonli rebuslar bu shunday arifmetik ifodalardirki, ularda ba’zi
raqamlar simvollar (harflar, yulduzchalar va h.k) bilan almashtirilgan
bo`ladi. Bundan esa, sonli rebus -bu mantiqiy masala bo`lib, uni
yechish mantiqiy xulosa qilish yo`li bilan simvol orqali belgilangan
raqamni aniqlash va sonning yozuvini tiklashdan iborat bo`lishligi
kelib chiqadi.
14
8
9
16
6
4
7
5
9
15
9
6
24
3
4
13
28
52
59
Rebuslarni
shifrlash
(ya’ni
raqamlarni simvollar bilan
almashtirish) va shifrlar bilan yozilgan sonlarni aniqlashning bir necha
turlari mavjud.
1) agar rebus harflar bilan shifrlansa, u holda har bir raqamga
yagona harf mos kelishi va ikkita turli harflarga ikkita turli raqamlar
mos kelishi zarurdir. Shuning uchun rebusni yechishda biror harfning
son qiymati topilgan bo`lsa, u holda boshqa harflar bu qiymatni qabul
qilishlari mumkin emas.
2) rebus bitta simvol (ko`p hollarda yulduzcha simvoli- )bilan
shirflansa, u holda bu simvol orqali turli raqamlar shifrlangan bo`ladi.
Rebuslarni yechishda ko`p hollarda quyidagi qoidalardan
foydalaniladi.
1. Agar ixtiyoriy sonni bir xonali songa ko`paytirilganda yana
o`sha sonning o`zi hosil bo`lsa, u holda ko`paytuvchi 1 ga teng
bo`ladi.
2. Sonning yozuvida chapdan eng chetdagi raqam 0 bo`la
olmaydi.
3. Agar 0 bilan tugamaydigan ixtiyoriy sonni, ixtiyoriy bir
xonali songa ko`paytirilganda birlar xonasida 0 hosil bo`lsa, u holda
ko`paytuvchilarning birlar xonasidagi raqamlaridan biri 5 ga teng
bo`lib, ikkinchisi juft son bo`ladi.
Sonli rebuslarni yechishda bunga o`xshash xossalar ko`p bo`lib,
ularning har biri konkret misollarni yechish jarayonida aniqlashtirib
boriladi.
Sonli rebuslarni ularda bajariladigan arifmetik amallarga qarab,
ikki guruhga ajratish mumkin:
1. Qoshish va ayirish amallarini qo`llashga doir sonli rebuslar
2. Ko`paytirish va bo`lish amallarini qo`llashga doir sonli
rebuslar
Quyida bitta simvol-yulduzcha orqali raqamlari almashtirilgan
sonli rebuslarni yechishga doir misollar ko`rib o`tamiz.
|