Choy yoki suv suv sharbat
Qaysi idishga qanday ichimlik quyilganini aniqlang?
26. Ahmad, Temir, Malikning familiyalari Oripov, Sodiqov va
Yoqubov. Agar Temir, Malik vaSodiqov- matematika to`garagining
a’zolari, Malik bilan Yoqubov musiqa bilan shug`ullansa, bolalardan
har birining familiyasini aniqlang?
27. Uch aka-uka: Vohid, Anvar va Sobir somsa pishirildi: biri
karamli, ikkinchisi go`shtli va uchinchisi kartoshkali. Sobir
kartoshkali somsani yomon ko`radi va karamli somsani yemaydi.
Vohid karamli somsani yomon ko`radi. Kim qaysi somsani yeydi?
28. Karim, Botir, Mansur va Alisher matematika olimpiadasida
birinchi to`rtta o`rinni egallashdi. Karim birinchi o`rinni ham
to`rtinchi o`rinni ham egallamaganligi, Botir ikkinchi o`rinni
egallaganligi, Mansur esa to`rtinchi o`rinni egallamaganligi ma’lum
bo`lsa, bolalardan qaysi biri nechanchi o`rinni egallagan?
29. Botir va Karim sinfdoshlar bo`lib, ulardan birining familiyasi
Ahmedov, ikkinchisiniki Salimov. Agar Botirning yoshi Salimovdan
katta bo`lsa kimning familiyasi qanday bo`ladi?
30. Remontchilar brigadasi suvoqchi, bo`yoqchi va duradgordan
iborat bo`lib, ularning familiyalari, Karimov, Sobirova va Ergashev.
Suvoqchi va duradgor-erkak kishilar bo`lib, Ergashev suvoqchining
akasi bo`lsa, ularning har biri qaysi kasb egasi bo`ladi?
47
31. Karim, Odil va Davron Andijonda, Farg`onada va
Namanganda yashaydi. Agra Karim Andijonda yashamasa, Davron
esa Andijonda yoki Namanganda yashamasa, kim qaysi shaharda
yashaydi?
32. Ikkita bola qayiqda sayr qilmoqda. Qirg`oqqa bir necha
askarlar kelishdi. Qayiq shunday kichikki, unga faqat ikkita bola yoki
bitta askar sig`adi. Askarlar bu qayiqda qarama – qarshi qirg`oqqa o`ta
oladilarmi?
33.
3 litrli va 5 litrli idishlar yordamida 1 litr sutni 8 litrli
idishdan qanday quyib olish mumkin?
34.
5 litrli va 2 litrli bo`sh idishlar yordamida ichimlik suvi
jo`mragidan 1 litr suvni qanday quyib olish mumkin? Idishlardagi
suvni to`kish uchun suv chanog`i mavjud.
35. 5 litrli va 4 litrli bo`sh idishlar yordamida ichimlik suvi
jo`mragidan 2 litr suvni qanday quyib olish mumkin? Idishlardagi
suvni to`kish uchun suv chanog`i mavjud.
36. 4 litrli va 3 litrli bo`sh ididshlar yordamida ichimlik suvi
jo`mragidan 2 litr suvni qanday quyib olish mumkin? Idishlardagi
suvni to`kish uchun suv chanog`i mavjud.
37. 8 litrli va 5 litrli bo`sh ididshlar yordamida ichimlik suvi
jo`mragidan 7 litr suvni qanday quyib olish mumkin? Idishlardagi
suvni to`kish uchun suv chanog`i mavjud.
38. 7 litrli va 12 litrli bo`sh ididshlar yordamida ichimlik suvi
jo`mragidan 4 litr suvni qanday quyib olish mumkin? Idishlardagi
suvni to`kish uchun suv chanog`i mavjud.
39. 17 litrli va 5 litrli bo`sh ididshlar yordamida ichimlik suvi
jo`mragidan 4 litr suvni qanday quyib olish mumkin? Idishlardagi
suvni to`kish uchun suv chanog`i mavjud.
40. 12 litrli idishda to`la sut bo`lib, 8 litrli va 5 litrli bo`sh idishlar
yordamida 6 litr sutni qanday quyib olish mumkin?
41. 16 litrli idishda to`la yog` bo`lib, 6 litrli va 11 litrli bo`sh
idishlar yordamida 8 litr yog`ni qanday quyib olish mumkin?
48
42. 8 litrli idishda to`la sut bo`lib, 3 litrli va 5 litrli idishlar
yordamida sutni qanday qilib teng ikkiga bo`lish mumkin?
43. 16 litrli idishda to`la yog` bo`lib, 6 litrli va 10 litrli bo`sh
idishlar yordamida yog`ni qanday qilib teng ikkiga bo`lish mumkin?
44. 10 litrli idishda to`la sut bo`lib, 7 litrli va 3 litrli bo`sh idishlar
yordamida sutni qanday qilib teng ikkiga bo`lish mumkin?
45. 9 litrli va 11 litrli bo`sh ididshlardan foydalanib hovuzdan 3
litr suvni qanday olish mumkin?
46. 5 litrli va 9 litrli bo`sh idishlardan foydalanib, hovuzdan 3 litr
suvni qanday olish mumkin?
47. 3 litrli va 7 litrli bo`sh idishlardan foydalanib, hovuzdan 5
litr suvni qanday olish mumkin?
48. Maktabning boshlang`ich sinf o`quvchilari soni 428ta.
Ularning ichidan xech bo`lmaganda 2 ta o`quvchining tug`ilgan kuni
bir kunda ekanligini ko`rsating.
49. 300 ta olmalar qutilarga joylashtirilgan. 1 ta qutiga 120 dan
ortiq olmalarni joylashtirish mumkin emas. Hech bo`lmaganda 3 ta
qutida olmalar soni bir xil ekanligini ko`rsating.
50. Sinfda 30 ta o`quvchi bor. Matematikadan yozma ishda Anvar
12 ta xatoga, qolgan o`quvchilarda esa undan ko`p emas xatoga yo`l
qo`yishdi. Sinfdagi o`quvchilardan xech bo`lmaganda 3 tasi teng(bir
xil) xatoga yo`l qo`yganligini ko`rsating.
51. Qutida 80 ta: qizil, ko`k va zangori rangdagi flomasterlar bor.
Qutiga qaramasdan undan kamida nechta flomaster olingandan so`ng,
ular orasida kamida 10 ta bir xil rangdagi flomaster bo`ladi?
52. Savatda bir xil kattalikdagi turli rangdagi: 7 ta qizil, 5 ta ko`k,
3ta zangori, 10 ta oq shar bor. Savatga qaramasdan bir nechta sharlar
olindi. Ulardan aniq uchtasi turli rangda bo`lishi uchun nechta sharni
olish yetarli bo`ladi?
53. Qutida 8 ta ko`k, 10 ta jigarrang va 10 ta qora paypoqlar bor.
Qutiga qaramasdan nechta paypoqlar olinganda ular orasida albatta
a) bir xil rangdagi kamida ikkita paypoq;
49
b) jigar rangdagi kamida ikkita paypoq;
c) har bir rangdagi kamida ikkitadan paypoq bo`ladi?
54. Shkafda bir xil kattalikda va bir xil bichimda 5 juft sariq rangli
botinkalar va 5 juft to`q rangli botinkalar aralash yotibdi. Shkafga
qaramasdan kamida nechta botinka olingandan so`ng, ular orasida
chap va o`ng oyoqqa bir xil rangdagi bir juft botinka olingan bo`ladi?
55. Qutida 50 dona ikki xil olma bor. Qutiga qaramasdan nechta
olma olingandan so`ng ular orasida kamida 2 dona bir xil olma
bo`ladi?
56. Qutida 100 ta qizil, yashil, sariq va ko`k rangli bayroqchalar
bor. Qorong`ida o`quvchi bir xil rangdagi bayroqchalardan 10 ta
olmoqchi. Bir xil rangli bayroqchalar soni 10 tadan kam bo`lmasligi
uchun o`quvchi qutidan nechta bayroqcha olishi kerak?
57. Ichi ko`rinmas paketda 3 ta shokolad va 4 ta karamel bor.
Kamida nechta qantlar olingandan so`ng, ular orasida ikki xil qant
bo`ladi?
58. Qutida 2 juft oq va 3 juft qora paypoqlar bor. Qutiga
qaramasdan kamida nechta paypoq olingandan so`ng ular orasida
ikkita paypoq bir xil rangda bo`ladi?
59. Tashqi ko`rinishi bir xil bo`lgan 8 ta tanganing 1 tasi qalbaki
bo`lib, u bir oz yengil. Toshsiz, pallali tarozida 2 marta tortish orqali
qalbaki tangani qanday aniqlash mumkin?
60. 21 ta tanga ichida bittasi qalbaki. Pallali tarozi yozdamida uch
marta tortish bilan shu qalbaki tanga qolgan tangalardan yengil yoki
og`ir ekanligini aniqlash mumkinmi? Javobingizni asoslang.
61. To`rtta buyumning 3 tasi bir xil og`irlikka ega, bittasining
og`irligi ulardan farqli (yengilroq yoki og`irroq). Toshi yo`q pallali
tarozida ikki marta tortish yordamida uni aniqlash mumkinmi?
62. 81 ta tangadan bittasi qalbaki – u boshqalaridan og`irroq.
Toshlari yo`q pallali tarozida 4 marta tortishda uni aniqlash
mumkinmi?
Dostları ilə paylaş: |