Mantiqiy, kombinatorik va nostandart masalalar



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/51
tarix10.10.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#64850
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   51
 
 
3. KLASSIFIKATSIYA(SINFLARGA AJRATISH)GA DOIR 
MASHQLAR 
Klassifikasiya - bu predmetlarni guruhlar(sinflar) bo`yicha 
ajratishdir. Klassifikasiya muhim belgilar (asoslar) bo`yicha 
o`tkazilishi hamda muhim bo`lmagan belgilar bo`yicha ham amalga 
oshirilishi mumkin. 
Klassifikasiyani amalga oshirishda quyidagi talablarga rioya 
qilish zarur: 


54 
1. Klassifikasiya faqat bitta asos (muhim belgi) bo`yicha amalga 
oshiriladi. Masalan, natural sonlar to`plamini juft yoki toq sonlar 
to`plami yoki bo`lmasa tub va murakkab sonlar top’lami guruhlariga 
ajratish mumkin. 
2. Bitta element bir vaqtning o`zida ikkita guruhga tegishli 
bo`lishi mumkin emas. Masalan, natural son faqat juft yoki faqat toq 
bo`lishi mumkin. 
3. Klassifikasiya bajarilgandan so`ng barcha predmetlar faqat bir 
sinfga tegishli bo`lishi shart. 
MASHQLAR 
 
1. 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,13,14,15,16,17,18,19,20 
sonlari 
berilgan. Bu sonlarni ikki xil usul bilan guruhlarga ajrating. 
2. 22,35,48,51,31,45,27,24,36,20 sonlari ikki guruhga: juft sonlar 
va toq sonlar guruhiga ajratilgan. Qaysi satrda guruhlarga ajratish 
to`g`ri bajarilgan? 
a) 31,35,27,45,22,51 48,24,20,36 
b) 31,35,27,45,51 22,27,20,24,36,48 
c) 27,31,35,45,51 20,24,22,36,48 
d) 26,31,36,35,45,51 20,24,22,48 
3. Quyidagi sonlar 19,18,37,89,17,38,16,88,86 qanday xossalarga 
asosan 3 ta va 4 ta guruhga umumlashtirilgan? 
a) 
b)
 
4.ABSTRAKTLASHTIRISH VA KONKRETLASHTIRISHGA 
DOIR MASHQLAR 
Abstraktlashtirish - qaralayotgan predmetlar va munosabatlar 
sinfini o`rganish asosida umumlashtirish natijasida keltirib chiqarilgan
muhim xossalarni boshqa muhim bo`lmagan xossalardan fikran ajratib 
16,17,18,19 
37,38 
86,88,89 
19,89 
18,38,88 
17,37 
16,86 


55 
olishdir. 
Demak 
abstraktlashtirishni 
umumlashtirishsiz, 
yani 
abstraktlashtirilishi lozim bo`lgan umumiy, muhim xossani ajratishsiz 
amalga oshirib bo`lmaydi. 
Umumlashtirish va abstraktlashtirish matematik tushunchalarni 
tarkib toptirish jarayonida, tasavvurlardan tushunchaga o`tishda keng 
qo`llaniladi va induksiya bilan birga evristik usulni tashkil etadi. 
Konkretlashtirish 
umumiylikdan-yakkaga, 
kengroq 
umumiylikdan torroq umumiylikka o`tishdir. Demak, agar matematik 
tushunchalarni 
tarkib 
toptirishda 
umumlashtirish 
va 
konkretlashtirishdan foydalanilsa, konkretlashtirish asosida esa tarkib 
toptirilgan tushunchalar yordamida konkret holatlar o`rganiladi. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin