Birinchi qator:
Qo‘g‘irchoq – o‘ynamoq
Tovuq – tuxum
Qaychi – qirqmoq
Ot – poyga
Kitob – o‘qituvchi
Kapalak – pashsha
Qor – qish
Chiroq – tun
Pasta – tishlar
Sigir – sut
|
Ikkinchi qator:
Qurt-qumurzqa – kreslo
Kompas – yelim
Qo‘ng‘iroq – o‘q
Zag‘izg‘on – singil
Suv quygich – tramvay
Botinka – samovar
Gugurt – stakan
Ro‘mol – ari
Baliq – yong‘in
Arra – quymoq
|
Metodikani o‘tkazish tartibi.
O’quvchiga juft so‘zlar o‘qib eshittirilishi ma’lum qilinadi. Metodikachi O’quvchiga birinchi qatorning 10 juft so‘zini o‘qib eshittiradi (har bir so‘z juftliklaridagi vaqt intervali 3 sekundni tashkil etadi), 10 sekundlik tanaffusdan so‘ng juftliklarning chap tarafidagi (birinchi ) so‘zlarni o‘qiydi (so‘zlar oralig‘idagi interval 5 sekundni tashkil etishi darkor). O’quvchi esa o‘qilayotgan so‘zga juft bo‘lib kelgan ikkinchi (o‘ng tarafdagi) so‘zni protokolga qayd etib boradi. Xuddi shunday jarayon ikkinchi qatordagi so‘zlarga ham taalluqli tarzda o‘tkaziladi.
Olingan natijalarni qayta ishlash
Metodika natijalari quyidagi jadvalga qayd etiladi:
Mazmunli (mantiqiy) va mexanik xotira ko‘lami
Mazmunli (mantiqiy) xotira ko‘lami
|
Mexanik xotira ko‘lami
|
Birinchi qatordagi so‘zlar miqdori (A1)
|
Esda olib qolgan so‘zlar miqdori (V1)
|
Mazmunli (mantiqiy) xotira koeffitsienti S1 = V1 / A1
|
Ikkinchi qatordagi so‘zlar miqdori (A2)
|
Esda olib qolgan so‘zlar miqdori (V2)
|
Mazmunli (mantiqiy) xotira koeffitsienti S2 = V2 / A2
|