Manufaktura bu mehnat taqsimotiga asoslangan, lekin mashina hali mavjud boʻlmagan sharoitdagi kooperatsiyadir. Manufaktura davrida ishlab chiqarishning umumlashuv jarayoni davom etadi


-salov Marten tomonidan po’lat erituvchi pechlarning yaratilishi



Yüklə 230,86 Kb.
səhifə9/17
tarix07.02.2023
ölçüsü230,86 Kb.
#83305
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
3-salov Marten tomonidan po’lat erituvchi pechlarning yaratilishi
MARTEN PECHI — chuyan, temirtersak va temir rudasini kayta eritib poʻlat olinadigan alangali regeneratorli pech. Ikki asosiy qism: ustki kurilma va pastki qurilmadan iborat. Birinchi Marten pechi Fransiyada 1864-y. da qurilgan (1865-y. da ishga tushirilgan). P. Marten nomi bilan atalgan. Muqim (statsionar) va tebranma qismlarga bulinadi. Muqim Marten pechi ustki kurilma, ish bushligi va kallaklardan iborat. Kallaklar ish boʻshligʻining ikki tomonida joylashgan. Bu kiyem regeneratoraya oddindan qizdirilgan (1100 — 1200° da) gazeimon yonilgʻi va havoni galmagal berib turish va yonilgʻida ajraladigan mahsulotlar (gazlar) ni tashqariga chiqarish uchun xizmat qiladi. Pechning ish boʻshligʻida 1800° va bundan yuqori t-rada eritish jarayoni amalga oshadi. Xom ashyo (choʻyan, temirtersak, temir rudasi, flyus va b.) pechga maxsus mashinalarda odd devordagi tuynuk orqali solinadi. Tayyor poʻlat chiqarish teshigidan chiqarib olinadi.
Pastki qism ish paytida ajraladigan chang va shlaklarni yigʻadigan ikki juft shlakdon hamda yonish mahsulotlari issikligini toʻplab uzatiladigan gaz va havo regeneratorlaridan iborat.
Marten pechida gazsimon yonilgʻi (koksdomna gazi va tabiiy gaz), suyuq yoqilgʻi (mazut, smola) va koʻmir kukuni yoqiladi. Yonishni jadallashtirish uchun pechga kislorod b-n boyitilgan havo haydab turiladi. Tebranma Marten pechining ish boʻshligʻi sirtiga oʻtga chidamli gʻisht terilgan metall qutidan iborat boʻlib, poʻlat va shlakni chiqarish vaqtida uni maxsus mexanizmlar yordamida ogʻdirish mumkin.
Marten pechining tubi, devorlari va ish boʻshligʻining gumbazlari oʻtga chidamli materiallar (gʻishtlar) dan ishlanadi. Ish boʻshligʻi ikkita boʻlgan (ikki vannali) Marten pechi ham bor. Pech nazoratoʻlchash apparatlari bilan jihozlanadi. Ular pechning ishini nazorat qilib turishga hamda metall eritishning turli bosqichlarida issiqlik (tra) maromini birday tutib turishga imkon beradi.
4-savol Angliyada 18 asr 60 yillarida sanoat inqilobi
Sanoat to’ntarishi 18-asrning 60yillaridan dastlab Buyuk Britaniyada boshlandi. Bu mamlakatda 17-asrda yuz bergan burjua inkilobi yangi jamiyat rivoji uchun keng yoʻl ochdi. Angliyaning keng mustamlakachilik tizimi ham Sanoat toʻntarishiga katta taʼsir koʻrsatdi, mustamlaka boyliklari sanoatga qoʻyildi. St. barcha mamlakatlarda yengil sanoatda boshlanib, ogʻir sanoatning shakllanishi bilan yakunlangan. Angliyada ham dastlab yigiruv, keyinroq toʻquv mashinasi ixtiro kilindi va ipgazlama korxonalarida qoʻllanildi va sanoat rivojida mashinalar davrini boshlab berdi. Mashinalar soni oʻsishi metallga boʻlgan talabni keskin oshirdi. Metallurgiyada yangi usulda choʻyan va poʻlat olish rivojlandi (domna pechlari). Mashinalarning katta ish tezligi yangi energiya manbaini talab etdi (avvalgi energiya qoʻl, oyoq kuchi, oqar suvlar). 1780— 1820-yillarda toʻqimachilik sanoati hajmi 16 martadan ortiq oʻsdi. Toʻkimachilik sanoatida boshlangan bu oʻzgarishlar jun, kanop, ipak sanoatiga ham oʻtdi. Bugʻ mashinasining ixtiro qilinishi sanoat energetikasida burilish nuqtasi boʻldi. Sanoat rivoji, bozor aloqalarining yanada kengayishi transport vositalarini takomillashtirishni talab etdi. 19-asrning birinchi choragida (1811) bugʻ dvigateliga asoslangan eng arzon va qulay paroxod transporti ishga tushdi, 1814-yil J. Stefenson parovozni ixtiro qildi. 1825-yildan temir yoʻllar ishlay boshladi.
19asrning 20—30 yillarida mashina industriyasi manufaktura va hunarmandchilik ustidan toʻla gʻalabaga erishdi. Angliya yirik industrial mamlakatga, yaʼni "dunyo ustaxonasi"ga aylandi. Angliyada boshlangan St. keyinchalik baynalmilal tuye oldi. Bu jarayon Angliyadan keyin Fransiyada (Buyuk fransuz inqilobidan soʻng) boshlandi, ikkala davlat jahonda yetakchi oʻrinni egalladi. 19-asrning 60y.larida Italiya, Germaniya, AQSH, Rossiya va Yaponiyada ham yirik sanoatning rivojlanishi tezlashdi. 19-asr oxirida AQSH va Germaniya jahonda yetakchi oʻrinni egalladi.
Sanoat sohasida i.ch. mashinalar tizimiga koʻchganidan keyin yetakchi mamlakatlarda qishloq xoʻjaligi ham toʻla mexanizatsiyalashtirildi. St. koʻpgina (ayniqsa, mustamlaka) mamlakatlarda ancha keyin roʻy berdi. St. obyektiv, koʻp jihatdan stixiyali rivojlanish oqibati boʻlib, birinchidan, iqtisodiyotning keskin oʻsishiga olib keldi, yirik sanoat yetakchi oʻrniga chikdi, ikkinchidan, yirik sinfiy va ijtimoiy oʻzgarishlarga sabab boʻldi. Feodal va yarim feodal munosabatlar yemirildi, kapitalizm tizimi uzil-kesil qaror topdi.

Yüklə 230,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin