Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 688 www.ares.uz savodxonlik darajasi esa, matn yaratish mahoratini aniqlash jarayonida o„z yechimini
topadi.
Boshlang„ich sinlarda ona tilining yangi – yangi ifoda imkoniyatlarini
izlab topish va uni dars jarayoniga tadbiq etish o„quvchilarning ijodiy tafakkur,
hodisalarni kuzatish, anglash, qiyoslash, analiz va sintez, tanlash, guruhlash, yaratish
kabi bilish qobiliyatlarini takomillashtirib, ularda milliy mafkura, mustahkam
e‟tiqod, milliy dunyoqarashini tarkib toptirishga xizmat qiladi. Turli til xodisalari
(so„z va iboralarni) ma‟nosini to„liq anglash va uni xususiy nutqda qo„llashga
intilish – ulardan nutqiy vaziyatga mosini tanlash o„z fikrini ixcham, aniq va
ravon ifodalash malakalarining shakllanishi va rivojlanishiga zamin yaratadi.
“Ona tili ta‟limi mazmuni” o„quv-metodik qo„llanmasi mualliflari
H.Ne‟matov, A.G„ulomovlar o„quvchilarni ijodiy yozma ish – matn ustida
ishlashga o„rgatishda egallangan bilimlarni quyidagi ko„nikma va malakalar bilan
mustahkamlashni tavsiya qiladilar.
1
Tilshunos E.Qilichev “Matnning lingvistik tahlili” nomli kitobida “Matn –
hamma elementlari o„zaro zich aloqada bo„lgan va avtor nuqtai nazaridan ma'lum bir
maqsadga yo„naltirilgan nominativ-estetik axborotni ifodalovchi murakab tuzilma»
degan ta'rifni beradi. I.Rasulov esa matnni quyidagicha ta'riflaydi: “Gapdan katta
birlik murakkab sintaktik butunlik bo„lib, u fikran va sintaktik jihatdan o„zaro bog`liq
bo„lgan gaplar birlashmasidan iborat. Unda fikr gapga nisbatan ancha to„liq bo„ladi”.
Ta‟limning rivojlanuvchi va takomillashib boruvchi texnologiyasi boshqa
fanlar qatori ona tili ta‟limida ham keng miqyosdagi umumpedagogik vazifani
bajaradi. Boshlang„ich sinf o„quvchisi nutqiy mahoratining yuksalib borishi – ona
tili ta‟limi mazmuni, o„quv jarayoni va uning to„g„ri shakllantirilishiga
bog„liqligi isbot talab qilmaydigan haqiqat bo„lsa, nutq tilning ifoda vositalaridan
foydalangan holda voqyeylikka aylangan fikrdir. U nutq a‟zolarining ongli harakati
jarayonida paydo bo„ladi. Ruhiy hodisa bo„lgan tilning ifoda vositalari nutq ixtiyoriga
o„tgach, haqiqatga aylanadi.
Demak, nutqning vazifasi – ong, xotira va tafakkurning uyg„unlikdagi
faoliyati mahsulini barcha uchun tushunarli, adabiy me‟yoriy shaklga kiritish,
uni moddiylashtirish (axborotga aylantirishdan) va tinglovchiga yetkazishdan
iborat.
Tilda har bir unsurning o„z vazifasi, ma'no doirasi, boshqa unsurlar, birliklar
bilan bog`lanish qonuniyatlari bor. Ana shu qonunityalardan mukammal boxabar
1
Ғуломов А., Неъматов Ҳ. Она тили таълим мазмуни, Т., “Ўқитувчи”, 1995.