ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Boshlang„ich sinflarda ona tili ta‟limini o„rganishdan asosiy maqsad
grammatik va kommunikativ savodxonlikni rivojlantirish, mustaqil, erkin va ijodiy
fikrlay oladigan, qiroat va chiroyli so„zlash san‟atidan xabardor bo„lgan, yozma va
og„zaki nutq hamda matn yaratish ko„nikmalarini mukammal egallagan,
ma‟naviyati yuksak barkamol shaxsni tarbiyalab yetishtirishdan iborat.
Umumiy o„rta ta‟lim maktablarining boshlang„ich sinflarida ona tili
ta‟limining asosiy maqsadi o„quvchilarning kommunikativ savodxonlik darajasini
oshirish, ularni mustaqil va ijobiy fikrlashga yo„naltirish, fikr mahsulini to„g„ri,
ravon, o„rinli ifodalashga o„rgatish ekan, uni amalga oshirishning ishonchli
omillaridan biri – matn yaratishning samarali texnologiyasini ishlab chiqish, uni
o„quv amaliyotiga izchil joriy etish, o„quvchini muammoli o„quv topshiriqlari orqali
izlanish va kashf qilishga yo„naltirish, o„quvchi lug„at boyligini kengaytirish
jarayonida nutqiy faoliyatini shakllantirish, (so„zning lug„aviy ma‟nolarini
sharhlash) fikr ifodalash (og„zaki nutq va matn yaratish)da so„zni tanib va tanlab
ishlatishni talab qiluvchi o„quv topshiriqlari, nutqiy madaniyatni yuksaltiruvchi
ko„nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdir. Boshlang„ich sinfda matn
yaratishning asosiy maqsadi – matn ustida ishlash bilan esa matnning tili, mantiqiy
va uslubiy shakllanganlik darajasi o„rganiladi, o„quvchining kommunikativ
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-686-689 Google Scholar