etadi. Har bir darsga tayyorlanayotganda asar mazmuniga va unda ilgari surilgan g'oyaga mos maqol ustida qanday mashq uyushtirishni rejalashtirib olish lozim. Hoji boricha ularni dars rejasiga kiritish, izohli lug'atlar (Masalan: Sh. Shomaqsudov, Sh. Shorahmedovning „Hikmatnoma" (o'zbek maqollarining izohli lug'ati), Toshkent, 1990) dan uning ma’nosini oson izohlaydigan, sodda til bilan tushuntirish mumkin bo'lgan shakllarini bilib olish zarur. Buning uchun o'qituvchi „Maqollar to'plami" va ularning izohiga oid adabiyotlarga ega bo'lishi kerak. Boshlang'ich sinflarda matn ostida berilgan maqollarni o'qish va o'rganish, tahlil qilish asar o'qilib, tahlil qilinib bo'lingach amalga oshirilishi kerak. Chunki asar mazmuni va unda yozuvchi aytmoqchi bo'lgan g'oyani tushunmay turib, maqolning m a’nosini izohlash qiyin bo'ladi. Mualliflar ham maqol m a’nosini asar voqealari bilan izohlamoqchi bo'ladilar. 1—2-sinflarda maqolni ifodali o'qish va yod olishga ahamiyat beriladi. 1 -sinf darsligida bo'lim yuzasidan berilgan savol-topshiriqlarda ham maqollarni o'rganishga katta e ’tibor berilgan. Masalan, „Xalq o'giti — baxt kaliti" bo'limidagi savol-topshiriqlarda „Rostgo'ylik haqidagi maqollardan ayting", „Odob insonga husn“ bo'lim ida „Qanoatda — barakat" maqolining m a’nosini tushuntirib bering", „Ko'klam — yashnadi olam" bo'limidan so'ng „Bilim olish haqidagi maqollarni ayting" kabi vazifalar berilgan. Har bir bo'lim yuzasidan berilgan vazifalarda u yoki bu maqolni o'rganish ko'zda tutilgan. 1—2-sinfda maqolning mazmunini o'rganish va yod olishdan www.ziyouz.com kutubxonasi
tashqari, uning matnidagi izohtalab so'zlar, birikmalar ustida lug'at ishi o'tkazish, badiiy til vositalari, ko'chm a m a’noli, qarama-qarshi