Xorazm maqomlari tarkibi va o‘ziga xosligi “Xorazm maqomlari”turkumi Xorazm an’anaviy musiqasining eng yirik namunasidir, u XIX asrda shakllanib, keng rivojlangan. “Xorazm maqomlari” turkumi Rost, Buzruk, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq va Panjgoh maqomlaridan iborat bo‘lib, har bir maqom
o ‘z navbatida “Shashmaqom”ga o‘xshash ikki bo‘limdan iborat:
cholg‘u bo‘limi - Chertim yo‘li yoki Mansur; ashula bo‘limi - Aytim yo‘li yoki Manzum deb ataladi. Xorazm maqomlari “Shashmaqom” kabi ustoz-bastakorlar mahsulidir. Xorazmlik mashhur bastakorlar Niyozjon Xo‘ja, Feruz, Komil, Muhammadrasul Mirzo, Matyoqub Xarratov va boshqalar maqomlarga yangi cholg‘u
qismlar bastalab, ulami shaklan va mazmunan boyitdilar. Kuy tuzilishi, lad asoslari saqlangan holda maqomlar Xorazmga xos musiqiy uslublarda ijro etilib kelingan. Buxoro maqomlari bilanqiyoslaganda Xorazm maqomlarida ba’zan ashula yo‘llarining
doira usullari, kuy yo‘llari ixchamlashtirilib olingan va biroz usul sur’ati tezlashtirilgan yoki soddalashtirilgan. Xorazm maqomlaridagi kuy yoki ashula yo‘llarida namunalar eng katta o‘zgarishlarga
uchragan, “ulaming o‘miga bastakorlar ijod etgan yangi avjlarham kiritiladi”.
Xorazm maqomlarining chertim yo‘li tarkibiga Tanimaqom (tasnif vazifasini bajaruvchi), Tarje’, Gardun, Muhammas, Saqil qismlaridan tashqari Peshrav va Ufar qismlari kirgan.Xorazmga xos bo‘lgan cholg‘u asarlar - Sayri Gulshan, Zarbul futh, Fohitiy zarb (Potixa zarb), Xafif ham ayrim maqomlar tarkibiga kirgan. Asar shakllari xona va bozgo‘y asosida tuzilgan. Doira usullari sodda va yengil, ijro jarayonida o‘zgarishlar
kiritilishi mumkin.
Xorazm maqomlarining aytim-ashula yo‘llari tarkibida sho‘balar qatori - Tanimaqom (Sarahbor vazifasini bajaruvchi), Talqin, Nasr, Ufar taronalari ham mavjud (faqatgina Tanimaqomdan keyin
ijro etiladi). Ammo ularga turdosh bo‘lgan Xorazmga xos Suvora, Naqsh, Faryod, Muqaddima kabi ashula yo‘llari aytilib kelingan.“Xorazm maqomlari” turkumi o ‘ziga xos mahalliy maqom uslubi sifatida gavdalanadi. U ham Buxoro maqomlari singari mazmunan va usluban, shaklan va ijrochilik madaniyati nisbatan mustaqil ahamiyatga molikdir. Ushbu maqom turkumi voha ijrochilik an’analari bo‘yicha yakkanavozlik tarzida erkin va badihago‘ylik
ravishda aytilib, Xorazm hududida mashhur bo‘lgan mumtoz shoirlar - Ogahiy, Munis, Komil Xorazmiy, Avaz 0 ‘tar, Atoiy va boshqalaming she’rlaridan keng foydalanib kelingan.Xorazm maqomlarining ashula (aytim) bo‘limlari tarkibidagi sho‘balar “Shashmaqom” yo‘llarining ko‘p jihatlarini asosan saqlab qolgan. Lekin so‘nggi yillarda Xorazm ashula ijrochiligidagi o‘ziga xos xususiyatlarga bog‘liq holda ba’zi ashula yo‘llari
tanib bo‘lmaydigan darajada o‘zgarib ketgan. Xorazm maqomlarining aytim yo‘llari sho‘balarining ba’zi qismlari bizgacha yetib kelmagan (Iroq va Panjgoh maqomlarining faqatgina chertim yo‘llari bizgacha saqlanib qolingan).
Maqomlar aytim bo‘limlarining bosh sho‘basi bo‘lgan Sarahborlar Xorazmda maqomlar nomi bilan yuritilgan - maqomi Rost, maqomi Buzruk, maqomi Navo, maqomi Dugoh, maqomi Segoh; keyinchalik ularga Tanimaqom nomi berilgan. Tanimaqom
Rost kuy tuzilishi “Shashmaqom”ning Rost Sarahbori ohanglaridan iborat bo‘lsada, biroz o ‘zgartirilib ijro etiladi. Undagi xanglar va namudlar ham qisqartirilgan holatda ifoda etilgan. Rost Sarahborining uchta taronasi Xorazm maqomida terma, su
vora va naqsh deb nomlanadi. Suvora yo‘li Rost Sarahborining
uchinchi va to ‘rtinchi taronalari asosida yaratilgan, Naqsh “Shashmaqom”ning Ushshoq Nasri sho‘basining birinchi va ikkinchi taronalari asosida bo‘lib, uning m a’lum ko‘rinishi Xorazmda “Hanuz” nomi bilan mashhurdir.
Xorazm vohasida «Xorazm maqomlari» turkumidan tashqari besh qismli «Feruz» ashula-cholg‘u maqom turkumi, dutor maqom turkumlari ham keng tarqalgan.
Xorazmda maqomchilik san’atini targ‘ib etishda Muhammad Rahimxon Soniy, Komil Devoniy, Xudoybergan Muhrgan, Matyoqub Pozachi (Xarrat), Matpano Xudoyberganov, Madraim Sheroziy, Hojixon va Nurmuhammad Boltayevlar, Komiljon Otani-
yozov, Ro‘zmat Jumaniyozov, Ikrom (Ozod) Ibrohimovlaming
xizmatlari juda katta va ahmiyatlidir.