Maqsad: Amir Temur hayoti haqidagi tushunchalarni kengaytirish



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə3/4
tarix21.05.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#58903
1   2   3   4
Buyuk Sohibqiron

7-o'quvchi: — Amir Temur davlatining poytaxti — Samarqand shahri bo'lib, juda obod va chiroyli shaharga aylantirildi.
8-o'quvchi: — Bobomiz Samarqand, Buxoro va Turkistonda tarixiy obidalar, madrasalar, maqbaralar qurdirdi. Obodonlashtirish ishlarini olib bordi.
Amir Temur hayotini yorituvchi sahna ko'rinishi namoyish etiladi. So'ngra o'quvchilar shoir Temur Ubaydulloning «Pirlar qissasi» she'ridan parchalar o'qib berishadi:

1-o'quvchi:
— Temur otli pahlavon,
Topar chog'ida kamol —
Unga bo'ldi esh, hamdam
Shayx Shamsiddin Kulol.
2-o'quvchi:
— Sohib karomatlarning
Biri edi Shayx Kulol.
Tarag'ay Bahodirning
Piri edi Shayx Kulol.
3-o'quvchi:

  • Amir Temur bahramand

Pirning o'gitlaridan.
Ixlos bilan ushladi
Shayx Kulolning baridan.
4-o'quvchi:
— Bir tomondan qo'lladi
Suyub Said Baraka.
O'tmas edi uningsiz
Mashvarat-u ma'raka.
5-o'quvchi:
— Shundan buyuk saltanat
Dovrug' soldi jahonga.
Barcha ta'zim ayladi
Temur Sohibqironga.
6-o'quvchi;
— Buyuk zotlar nafasi
Har doimo qo'llasin!
Ona yurtimni mudom
G'oliblikka yo'llasin!



1-boshlovchi: Sohibqiron buyuk davlat tuzishda, uning gullab-yashnashida quyidagi qoidalarga qat'iy amal qilganligini aytib o'tgan:
1. Men davlatni shoshmay, insonparvarlik bilan boshqardim.
2. Tartib va qoidalarga rioya qilish — mening davlatimni mustahkamladi.
3. Men o'z askarlarimga g'amxo'rlik va olijanoblik ko'rsatdim.
4. Men davlatni haqgo'ylik va aql bilan boshqardim.
5. Adiblar, allomalar, olimlar, tarixchilarga muruvvatli bo'ldim.
6. O'z ishimda qat'iy va dadil bo'ldim.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin