Laboratoriya mashg‘uloti № 4 Mavzu : MS Excel dasturida qishloq xo’jaligiga oid masalalarni standart funksiyalar asosida yechish.
Maqsad: Talabalarga qishloq xo’jaligi oid masalalami Microsoft Excel dasturida yechishni o’rgatish.
Mashg‘ulot jixozi: Shahsiy kompyuter, Ms Excel dasturi, adabiyotlar va internet resurslari.
Uslubiy ko’rsatmalar 1-topshiriq bo’yicha Masalaning yechilishi: Masalaning qо‘yilishiga qaraydigan bо‘lsak yagona muammo bu olingan Tovar miqdoriga qarab narxning о‘zgarishidir. Arzonlashtirilgan narxni topish uchun olingan tovar miqdorini qaysi oraliqqa to’g’ri kelishini topish zarur bo Tib hisoblanadi. Masalan 5 kg va dan ko‘p hamda 10 kg dan kam selitra sotib olsa narx 5% ga arzonlashtirilishi kerak. Shart tekshirish jarayoni bо‘lgani sababli biz bu masalani yechishda mantiqiy funksiyalardan foydalanamiz. Shart tekshirishni 5-9 oraliqdan boshlasak oraliq bo’lganligi sababli mantiqiy I funksiyasi yordamida shart berishimizga to’g’ri keladi va shartimizning o‘zi i(B 11>=5;B 11<10) ko’rinishida bo’ladi. Bu esa bizga noqulaylik tug‘diradi shu sababli biz eng yuqori shkaladan boshlab tekshirishni boshlaymiz. Demak olingan tovar miqdori agar 500 kg va undan ortiq bo’lsa 20 % arzonlashtiriladi, 500 kg dan ko‘p bo’masa 200 kg ga tengligi yoki undan kattaligi tekshiriladi va rost qiymat qaytarsa 18 % arzonlashtiriladi, 200 kg dan ko‘p bo’masa 50 kg ga tengligi yoki undan kattaligi tekshiriladi va rost qiymat qaytarsa 15 % arzonlashtiriladi, aks holda 50 kg dan ko‘p bo’masa 10 kg ga tengligi yoki undan kattaligi tekshiriladi va rost qiymat qaytarsa 10 % arzonlashtiriladi, 10 kg dan ko‘p bo’masa 5 kg ga tengligi yoki undan kattaligi tekshiriladi va rost qiymat qaytarsa 5 % arzonlashtiriladi,aks holda skidka arzonlashtirilmaydi.
Topshiriqlar Formula va standart funksiyalar va ulardan oqilona foydalanish yo‘llarini tasniflang.
shchi X so’m ish haqini oladi. Bu ish haqi yil davomida ketma-ket 10 %, 12%, 16% va 20% ga oshishi rejalashtirilmoqda. Ishchi ish haqini hisoblashni elektron jadvalini tuzing.
Chorvachilik fermasida qoramollar uchun yillik oziqa sarfi va tannarxini hisoblash jadvalini tuzing.
Asosiy adabiyotlar Misty E Vermaat, Susan L Sebok, Steven M Freund. Discovering Compyuters (C)2016 (2016 edition). Textbook.USA, 2016
M.Aripov, B.Begalov, U.Begimqulov, M.Mamarajabov. Axborot texnologiyalar, 0‘quv qo’llanma, T.: “Noshir”, 2009
Qo’shimcha adabiyotlar Mirziyoyev SH.M. Erkin va farovon demokratik 0‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “0‘zbekiston” NMIU, 2017. - 56 b.
N.X.Noraliyev, N.Qilichev. Informatika. 0‘quv qо‘llanma. - T.: ToshdAU nashr taxririyati, 2004. - 147 b.
Axborot manbaalari http://www.gov.uz - 0‘zbekiston Respublikasi hukumati portali.
http://www.ict.gov.uz - kompyuterlashtirishni rivojlantirish bo’yicha Vazirlar maxkamasining muvofiqlashtiruvchi Kengashi sayti
http://www.agro.uz - Qishloq xo’jaligi vazirligi sayti