Maqsudov asliddin murodovich turkistonda rus sharqshunosligi va arxeologiyasi tarixi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə40/64
tarix03.03.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#86424
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   64
Turkistonda arxeologiya xavaskorlari

43




Turkiston havaskor arxeologlar to’garagi (1895-1917) Samarqandni tarixiy- arxeologik jihatdan o’rganishga katta e’tibor berdi. 1905-yildan keyin havoskor arxeologlar, tarixchilar, Etnograflar Samarqand to’garagini tashkil etishga harakat qilib ko’rishdi, biroq to’garakning amaliy faoliyati keng quloch yozmadi. 2
1893-yil 15-sentyabr kuni V. V. Bartold N.I.Veselovskiyga: «har qanday holatda men bu yerda izlanish ishlarini olib borishga harakat qilaman. Bundan unimli foydalanish zarurdir.Ushbu maqsadda: 1) o’zbekcha, qirg’izcha gapirishni o’rganish; 2) o’lka tarixini biladigan arbob, vakillar bilan yaqindan tanishish, imkon qadar bu yerda ilmiy jamiyatlarni tuzish. Oxirgi vaqtda yana quyidagilarni aniqladim: 1) bu yerda xorijiy tillarini bilish keng yoyilmagan; boshqa tildagi katta to’plamlarni keltirish asosiy zaruriyat hisoblanadi; 2) tarixiy bilimlar ham juda kam darajada; O’rta Osiyo tarixiga oid qisqa o’quv qo’llanmalarni chiqarish: qo’llanma albatta Universitet xususiyatida bo’lishi lozim. Bibleografik ko’rsatgichlar zarur. Ishonamanki, bu qachondir amalga oshadi» so’zlarini yozib yuborgan.Turkistondagi gazetalarda Bartoldning bir qancha chiqishlari berib borilgan. V.V.Bartold Toshkentga kelgach, o’lkadagi aholining turmush-tarzi, ijtimoiy ahvol bilan qiziqa boshlagan. Turkiston o’lkasiga ilmiy qiziqishi kuchli bo’lganligi bir qancha faktlar bilan isbotlanadi. 1893-1896-yillar mahalliy nashriyotlarda uning maqolalari chop etilgan: «Turkistonda arxeologik izlanishlarga oid masalalar», «XIII asr Turkiston o’lkasi», «O’rta Osiyodagi xristianlar to’g’ risida» kabilar hisoblanadi. Keyingi maqolalari: «Toshkentda yangi ilmiyi jamiyat», «Zamonaviy islom va uning vazifalari», «Turkiston o’lkasida fanning ahvoli» nomi ostida chiqarib borilgan. 1893-yil 11-dekabr kuni Tabiatshunos, antropologiya va etnografiya Havaskorlar Jamiyati Turkiston bo’limining yig’ilishi bo’lib, N.P.Ostroumov va V.V.Bartoldlar unda chiqish qildilar. Yig’ilish ishtirokchilariga arxeologik qidiruv haqida ma’lumot beri bo’tildi. Toshkentdagi ilmiy to’garaklarning nizomlari tasdiqlandi. Buloyiha, nizom, 1895-yil 31-oktabr kuni xalq ta’limi vaziri tomonidan tasdiqlangan.43
O’rta Osiyoning tarixiy o’tmishini o’rganishda mahalliy o’lkashunoslar ham faol ishtirok eta boshladi. I.Yu.Krachkovskiy va V.R.Rozen fikriga ko’ra, mahalliy o’lkashunoslarning yutuqlari ham asta-sekin ko’zga tashlanib bordi. 1894-yil V.V.Bartold O’rta Osiyodagi ilmiy izlanishlarini yana davom ettirdi. U Xo’jakent, Oqtepa, Nov, O’ratepa manzilgohlariga borgan. Hozirgi Tojikiston hududidagi Shahriston va boshqa qadimiy yodgorliklarni tekshirgan. V.V.Bartold dastlabki ekspedisiyalar ishidan ko’ngli to’lmaganligini yozib qoldirgan. V.V.Bartold arxeolog-mutaxassis bo’lmasada, butun hayoti davomida arxeologik qidiruv ishlari, arxeologik adabiyotlarga yuqori baho bergan. Arxeologik ma’lumotlardan doimiy foydalanib kelgan.
Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, V.V.Bartold hyech qachon tarixchi va arxeologlarni bir-biriga qarshi qo’ymagan. 1894-yil aprel oyida u Peterburgga qaytib, Peterburg Unversitetida o’z faoliyatini 1901-yilga qadar davom ettirdi.

42 Самарканд тарихи. I том. Тошкент.,«Фан», 1971 й. 382-бет.
43 Лунин Б.В. Жизнь и деятельность академика В.В.Бартольдда Средняя Азия в отечественном востоковедении. «Фан», Т., 1981. Стр. 42.


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin