N.I.Veselovskiy V.A.Jukovskiy, V.R. Rozenlar uning ilmiy ishini yuksak baholashgan.
Birinchi rasmiy opponent N.I.Veselovskiy bo’lib «Turkiston tarixi bo’yicha hyech bir tadqiqotchi V.V.Bartold kabi ishlarni amalga oshira olmagan» so’zlarni himoya davrida takidlab o’tgan. V.R.Rozenning guvohlik berishicha fakultet kengashi V.V.Bartoldning to’plamiga yuksak baho berib «Sharq tarixi doktori» unvoni berishga qaror qilgan. I.P.Petrushevskiy «Turkiston mug’ ul bosqinchiligi davrida» nomli to’plamni V.V.Bartoldning klassik ishi deb atagan V.V.Bartold unda O’rta Osiyoning VII- XII asrlardagi tarixini atroflicha yoritib o’tgan. Arab bosqinchiligidan so’ng, O’rta Osiyodagi ijtimoiy munosabatlar tizimining o’zgarishi Arab bosqinchilariga qarshi kurash, dehqonlarning noroziligi, Toxiriylar, Safforiylar, Somoniylar davridagi tizimlarga tarixiy sharx berib o’tgan.45 V.V.Bartoldning O’rta Osiyo tarixiga oid manbalariga bergan sharxlari hozirga qadar o’z ahamiyatini yo’qotgan emas. A.Yu.Yakubovskiy esa, V.V.Bartoldning asarlariga baho berib o’tgan. 1902-yil V.V.Bartold ikkinchi marta O’rta Osiyoga tashrif buyurdi. Bu safar foydalanilmagan ko’plab qo’lyozma, materiallarni tahlil qilib o’tgan. Aynan qo’lyozma to’plamlar bilan tanishish asosiy mashg’ uloti bo’lib hisoblangan. Shayboniyxon tamonidan Samarqandning ikkinchi bor egallanishi Boburning tog’ga (1501) qochishi bilan bog’liq materiallarni yiqqan. Ularning 34 ta nom bilan atalishini V.L.Vyatkin aytib o’tgan. Toshkentdagi Turkiston ammobop kutubxonasida saqlanayotgan qo’lyozmalar orasidan V.V.Bartold G’iyosidin Ali tomonidan yozilgan, Temur tarixi va «Chingiznomaga» alohida e’tibor qaratgan. Bu XVI asr o’rtalaridagi voqyealarni ham o’z ichiga olgan. Toshkent, Marg’ilon, Qo’qon tarixiga oid bir qator qimmatli ma’lumotlarni ham taxlil qilib o’tgan. N.A Mayev, N.V Dmitrovskiy, N.G Maliskiylar ham ko’plab ilmiy maqolalarni chop etgan. V.V.Bartold «O’rta asr Turkiston sheriyatidan» nomli maqolasini ham chiqargan. O’rta asr shoiri A.L. Shatrunjiy she’rlari tarjima qilingan. 1902-yil «Qadimgi davrdan XVII asrga qadar Orol dengizi va Amudaryo etaklari haqidagi ma’lumotlar» nomli yirik to’plam chop etildi. Rus geografik jamiyatining Turkiston bo’limi tomonidan bildirilgan iltimosga ko’ra bajarilgan. Bu Orol dengizini kompleks tadqiq qilish bilan bog’liq edi. Tarixiy geografik tadqiqotlarda rus sharqshunoslarining hizmatlari katta edi. Musulmon mualliflarining Orol dengizi Amudaryoning quyi oqimi haqida bergan ma’lumotlari tanqidiy tahlil qilib chiqilgan. Geografik irrigasiya ishlari ko’plab ma’lumotlar berib o’tadi. (Xorazm viloyati va uning atroflari gidrogeografiya irrigasiya va boshqa sohalarga oid ma’lumotlar qo’lga kiritilgan). V.V.Bartold o’z vazifasini katta yutuqlar bilan bajardi. «Amudaryo qayerga quyiladi» degan masala yuzasidan ko’plab bahslarni o’rtaga tashlagan V.V.Bartoldning izlanish ishlari katta ahamiyat kasb etadi. Tarixiy guvohliklar, ma’lumotlarni o’rganib chiqqan. V.V.Bartold Amudaryoning XIII va XIV asrlar Kaspiy dengiziga quyilganligi haqidagi qarashlarga shubha bilan qaramagan. Geograf, Geolog, Paleontolog
45Лунин Б.В. Из истории русского востоковедения и археологии в Туркестане. Туркестанский кружок