yozib qoldirgan. Maqbara aynan Xoja Ahror nomi bilan atalgan. Qabr toshdagi yozuvlarning matnini rus tiliga tarjima qilgan. Ushbu yozuvlarni fors tilidan V.A.Jukovskiy, arab tilidan N.A. Mednikov tarjima qilgan Xoha Ahrorning vafot etgan-yilini 1490-yil fevral (hijriy 895-yil) deb ko’rsatishadi. Shayboniyxon qabr toshidagi yozuvlarni ham N.I.Veselovskiy o’rgangan. Tarjima ishini V.A.Jukovskiy qayta ko’rib chiqish ishlarini V.R.Rozen amalga oshirgan. yil 1-may kuni N.I.Veselovskiy Temur qabri haqidagi ma’lumotlarni to’plab chiqish qildi. N.V Xannikovning ayni ma’lumotlari keltirib o’tilgan. Ularning ta’kidlashicha, Nodirshoh Samarqandni egallagandan so’ng, Temur qabrida ayrim o’zgarishlarni amalga oshirgan. N.I.Veselovskiyning aytishicha qabr doimo yarim shaklidagi ikkita toshdan iborat bo’lib bir-biri bilan mustahkam joylashgan.47
N.I.Veselovskiy shu bilan birgalikda Turkistondagi Ahmad Yassaviy qabrini, qabr toshidagi yozuvlarga e’ tibor qaratgan. N.I.Veselovskiyning epigrafik ishlari kengayib bordi 1877-yil qadimgi manzilgohlardan birini aniqladi. Bu Amudaryo bo’yida joylashgan bo’lib qadimgi qabilalar yashagan bo’lishi mumkin. N.I.Veselovskiy o’zining ilmiy faoliyati davomida O’rta Osiyodagi tarixiy arxitektura inshootlarini ham tadqiq qilgan. N.I.Veselovskiy Samarqandga kelgan vaqtida Afrosiyob va uning tevarak-atrofiga oid bo’lgan qadimiy topilmalarni ham tasodifan qo’lga kiritdi. Samarqanddagi Shohi Zinda me’moriy ansambili haqida ham ko’plab ma’lumotlarni keltirib o’tgan. Sharqiy bo’lim yig’ilishlarida o’z tadqiqotini ma’ ruza qilgan. Ushbu binoning me’moriy hususiyatiga alohida e’ tibor qaratilgan. Inshoat murakkab tuzulishga ega. Tarixiy me’moriy yodgorliklarni o’rganishda ko’plab ishlarni amalga oshirgan. Samarqanddagi tarixiy arxitektura ekspedisiyasiga N.I.Veselovskiy boshchilik qilgan. Arxeologik kommisiya rejalari, loyihalari ishlab chiqilgan. V.P.Vasiliyev, V.V.Radlov, K.G.Zeleman, B.R.Rozen, V.A.Jukovskiy, M.P.Botkinlar o’z fikrlarini bildirib o’tgan. 1895-yil iyun oyida Samarqandga me’mor akademik Pyotr Petrovich Pokrishkin va rassom Samuil Martinovich Dudinlar kelishgan. 18-avgust kuni Samarqandga N.I.Vaselovskiy ham kelgan edi. 1899-yil fevral oyida hukumat Samarqand masjidlarini ro’yhatga olish uchun 13 ming rubl mablag’ ajratgan. 1899-yil 3-mart kuni A.A.Babrinskiy, N.I.Vaselovskiy, A.A.Spisin, D.A.Braun, M.P.Botkin, K.G.Zaleman, V.V.Radlov, V.A.Jukovskiy, akademik-arxitektor N.P.Pokrishkin, N.I.Veselovskiylar ishtirokida kengash o’tkazilib, keyingi tadqiqot rejalari belgilab olindi. «Samarqand masjid» larining al’bomlari chiqarildi. Arxeolog V.L.Vyatkin bergan ma’lumotlar asosida izlanishlar olib borilgan. 1896-yil 14-mart kuni Sharqiy bo’lim yig’ilishida N.I.Veselovskiy Qutbi-Chaardegum mozori haqidagi ma’lumotlarni ishtirokchilarga yetkazdi. Nurad-Din Bosir mozori fotografiyalar, mozorlarning buzilishi bilan bog’liq informasiyalar alohida o’rin egallaydi. N.I.Veselovskiy «Samarqand» kitobi asosida izlanishlari doirasini yanada kengaytirgan. 1897-yil 5 oktyabrda N.I.Veselovskiy yer qimmirlashidan so’ng Bibixonim masjidini qayta ko’rinishga keltirish loyihasini tasdiqlash uchun
47Лунин Б.В. Средняя Азия в научном наследии отечественного востоковедения историографический очерк.