Markaziy bank quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi: -banknotalar (naqd pullar) emissiyasi, Emission funksiyasi. Markaziy bank banknotalarni muomalaga chiqarish bo’yicha monopol mavqeiga ega. Bu «banknota yakka hokimligi», deb ham ataladi. Banknotalar mamlakat hududidagi hisob-kitoblarda cheklanmagan miqdorda qabul qilinuvchi yagona to’lov vositasidir. Markaziy bankning naqd pullarni berish jarayonidagi monopol mavqei, uning barcha pul massasining hajmini, shu jumladan, tijorat banklarining hisob-raqamlaridagi pul mablag’larini ham nazorat qilishiga imkon beradi. -davlatning oltin - valyuta zaxiralarini saqlash, Rivojlangan davlatlarda xukumatning odatda, chet el valyutalarida hisob-raqamlari bo’lmaydi. Mamlakatning oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish Markaziy bank zimmasida bo’lib, ularning summasi Markaziy bank balansida aks etadi. Xukumatning esa, chet el valyutalarida tashqi qarzlari mavjud bo’ladi. qarzni tqlash muddati kelishi bilan xukumat Markaziy bankka tqlov topshiriqnomasi yozadi. Bank qzining valyuta zaxiralari hisobidan xukumatning tashqi qarzini to’laydi va to’langan summaning milliy valyutadagi ekvivalentini xukumatning hisob raqamlaridan chegirib oladi -pul-kredit siyosati instrumentlari yordamida iqtisodni muvofiqlashtirish, Pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi milliy valyuta barkarorligini ta’minlash, valyuta kursi va foiz stavkalarini oqilona o’rnatish asosida inflyatsiya sur’atlarini kamaytirish, kreditdan foydalanishning samaradoryaigini oshirish va iqtisodiyotning barqaror o’sishini ta’minlashdan iborat. Pul-kredit siyosati ikki yo’nalishda olib borilishi mumkin. Birinchi yo’nalish - kredit ekspantsiyasi bo’lib, bu siyosat pul-kredit emissiyasini rag’batlantirish yo’li bilan olib boriladi, ya’ni ishlab chikarish sur’atlari tushib ketgan holda, kon’yunkturada rivojlanishga erishish mumkin. Ikkinchi yo’nalish - kredit restriktsiya siyosati bo’lib, u iqtisodiy o’sish davrida pul-kredit emissiyasining qisqarishiga asoslanadi. Markaziy bank “tor” va “keng” ma’noda pul -kredat siyosatini olib borishi mumkin. “Tor” siyosatda valyuta bozorida investitsiya, xisob stavkasi va qisqa muddatli kreditlar buyicha foiz stavkalariga ta’sir qiluvchi boshqa instrumentlar yordamida valyuta kursini maqbulliliga erishish tushuniladi. “Keng” siyosatda muomaladagi pul massasiga ta’sir qilish orqali inflyatsiyaga qarshi ko’rash olib borish tushiniladi. Pul-kredit siyosatining xalqaro jixatlari valyuta kursi, valyuta rezervlari va to’lov balansi kabi masalalarning echimiga karatilgan bo’ladi. Markaziy bank ruxsat etilgan instrumentlar yordamida pul muomalasini boshqarib boradi. Markaziy bankning pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlari bo’lib quyidagilar xisoblanadi: -minimal majburiy rezerv normalarini o’rnatish, -foiz (diskont) siyosati , -tijorat banklarini qayta moliyalashtirish, -ochiq bozor siyosati, -targetlash va boshqalar.