Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə40/93
tarix07.01.2024
ölçüsü1,33 Mb.
#210206
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   93
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

Chorvachilik. Chorvachilik Qozog’istonning yosh va qadimiy tarmog’i. Bu tarmoq qoramolchilik, yilqichilik, tuyachilik, qo’ychilik, cho’chqachilik, bug’ichilik va parrandachilik tarmoqlariga bo’linadi.
Chorvachilikning etakchi tarmog’i qo’ychilikdir. Bu tarmoqni qozoq o’lkasining qadimiy milliy tarmog’i deyish mumkin. U Qozog’istonning barcha rayonlari chorvachiligida etakchi tarmoq hisoblansa-da, eng ko’p Janubiy, G’arbiy va Sharqiy Qozog’iston rayonlarida rivojlangan. Ularda jami respublika qo’ylarining 87 % boqiladi.
Qo’y podalarining o’sish dinamikasi quyidagicha (mln bosh hisobida): 1928 yilda – 19,2, 1934 yilda – 2,3, 1941 yilda – 8,1, 1954 yilda – 18,4, 1960 yilda – 28,9, 1980 yilda – 36,2, 1995 yilda – 25,1, 2005 yilda – 13,4.
Qozog’istonda dumbali, qorako’l, mayin va yarim mayin junli qo’ychilik sohalari keng yoyilgan. Shulardan dumbali va qorako’l qo’ylari Janubiy va G’arbiy Qozog’iston, mayin va yarim mayin junli qo’ylar Qozog’istonning boshqa rayonlarida keng tarqalgan (8-jadval).
Qoramolchilik respublika chorvachiligining ikkinchi yirik tarmog’idir. Qoramollar soni qo’yidagicha o’zgardi (mln bosh hisobida): 1960 yilda – 5,5; 1990 yilda – 9,8; 1995 yilda – 8,1, 2005 yilda – 5,2. Uning rayonlashtirilishi quyidagicha: Shimoliy Qozog’istonda sut-go’sht; Janubiy Qozog’istonda go’sht-sut; Qozog’istonning asosan dasht va chala cho’l hududlarida go’sht qoramolchiligi shakllangan.
8-jadval. Chorva mollarining respublika hududlari bo’ylab tarqalishi.

Chorva turlari

Soni,
ming bosh

Iqtisodiy rayonlari

Shimoliy

G’arbiy

Janubiy

Markaziy

Sharqiy

qoramollar

5203

30

18

31

7

14

cho’chqalar

1292

56

9

16

8

11

qo’ylar

13409

5

18

57

6

12

yilqilar

1120

25

16

37

10

12

tuyalar

125

0,5

62

36

1

0,5

parrandalar

26 mln

36

6

39

8

11

Manba: Axmetov.E.A. va boshqalar. Qozog’istonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi.
Bulardan tashqari Qozog’istonda yilqichilik (barcha rayonlarida), tuyachilik (cho’l va chala cho’l hududlarida), cho’chqachilik va parrandachilik (Shimoliy Qozog’iston va shahar atrofi xo’jaliklarida), Sharqiy Qozog’istonda xoldor bug’ichilik, tog’ oldi va intensiv dehqonchilik rayonlarida asalarichilik va boshqa tarmoqlar ahamiyati katta.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin