portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua
Tabiiy sharoiti. Tabiiy sharoitining xususiyatlari asosan uning relefi bilai uzviy bog’langan. U qo’shnilari Qirg’iziston, Xitoy va Afg’oniston bilan baland tog’lar va yon bag’irlari juda tik daralar hamda daryolar bilan chegaradoshki, shu tufayli ana shu qo’shinlari bilan hozirgi vaqtda Tojikistonning iqtisodiy aloqalari to’g’ridan to’g’ri deyarli olib borilmaydi. Uning jahonga chiqish imkoniyatlari faqat O’zbekiston orqalignna olib borilmoqda.
Ana shu holat Tojikistonning asosan relefi bilan bog’liq. Respublikaning relefi qanday xususiyatlarga egaligini mashhur iqtisodiy geograf A. N. Rakitnikov juda aniq ifodalaydi. Uning ta’rifi quyidagicha mazmunga ega: “O’z xududlarida agar qirg’izlar ot-ulovda yura olsalar, tojiklar yayov yurishlariga to’g’ri keladi” Boshqacha ayttanda, Tojikistonigng tog’lari shu qadar tik, yonbag’rlari keskinki, ular bo’ylab yurishda hatto ot-ulov ham ish berishi qiyin.
Umuman, respublika hududini asosan Pomir va Oloy tog’ tizimlariga qarashli Markaziy Osiyodagi eng baland tog’lar egallab yotadi. Balandligi tufayli «Dunyo tomi» nomini olgan Pomir tog’lari bular orasida eng ulkani (7495 m) hisoblanadi. Faqat Janubiy va Shimoliy Tojikistondagina balandligi 350-800 mm gacha bo’lgan nisbatan tekis tog’ oldi adirliklari va tog’ oralig’i vodiylari uchraydi. Aholi asosiy faoliyat ko’rsatadigan bunday hududlar respublika umumiy maydonining atiga 7-8 % ni tashkil qiladi. Markaziycha balandliga 3000 m dan yuqori bo’lgai hududlar esa jami maydonining yarmidan ko’pini egallaydi. Tabiiyki, ana shu blandlikda aholi deyarli yashamaydi. Geologik holatiga bog’liq muhim xususiyatlaridan biri undagi intensiv seysmiklik darajasidir. Tez-tez bo’lib turadigan zilzilalar, surilma va tog’ ko’chishlari iqtosidiyotga ancha zarar keltiradi.
Janubiy Tojikistonning tekisliklarida asosan iliq. Yozi issiq va davomli, Markaziycha t° Q28° -30°, qishi esa Q1° atrofida tebranadi. Quruq subtropik iqlimli hududlardan hisoblanadigan bu qismida eng issiqsevar dehqonchilik ekinlari ekiladi. Tog’larda esa balandlikka ko’tarilgan sari yozu - qishda 1° pasayib, yog’in miqdori esa kamayib boradi. Jumladan, yog’in miqdori baland adirliklarda 400-600 mm dan Sharqiy Pomirning yuqori balandliklarida 60 mm gacha boradi. Shu sababli, ko’p sonli yirik doimiy tog’ muzliklari, bular orasida dunyoda eng yirik Fedchenko muzligi, shu tog’larda joylashgan. O’z navbatida, ular nafaqat Tojikistonda, balki Markaziy Osiyoning boshqa respublikalarida obi-hayot vositasi hisoblanadigan asosiy darëlar (Amudaryo va uniig irmoqlari)ning manbailari hisoblanadi.