Ittifoqning parchalanishi natijasida mustaqil davlatlar shakllandi. Shu jumladan Markaziy Osiyo zaminida Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turmaniston va O’zbekiston davlatlari tarkib topdi. Ularni Mustaqil davlat sifatida Birlashgan Millatlar tashkiloti va jahondagi juda ko’p mamlakatlar, nufuzli tashkilotlar tan olishdi, diplomatik munosabatlar o’rnatishdi. Tarixi, zamini, etnik kelib chiqishi, dini, urf-odatlari, orzu-umidlari, tabiiy sharoiti va resurslari, istiqbol imkoniyatlari bir bo’lgan qozoq, qirg’iz, tojik, o’zbek, turkman va qoraqalpoq xalqlari yangi hayot qurishga va bu borada o’zaro hamkorlik qilishga harakat qilmoqdalar.
Mazkur davlatlar uzoq va yaqin o’tmishda yaxlit bo’lgan, bir bo’lgan Amir Temur ta’kidlaganidek, ularning «mulki Turon, millati turk» bo’lgan. Markaziy Osiyo xalqlari jahon fani va madaniyatini rivojlanishiga juda katta hissa qo’shgan.
XX asrning 90- yillaridan boshlab bu zaminda vaziyat o’zgardi. Dunyo siyosiy xaritasida Mustaqil davlatlar tashkil topdi. Bu davlatlar hozirda va kelajakda ijtimoiy va ma’naviy jihatdan o’zaro bir-biriga yaqinlashish va hamkorlikni parchalanish va uzoqlashishga qarshi qo’ydilar. Ular tenglik asosida iqtisodiy, texnikaviy va madaniy aloqalarni qayta tiklash va rivojlantirishni asosiy yo’nalish etib tanladilar.
Markaziy Osiyo davlatlari ma’lum bir geografik o’lkada joylashganligi uchun tabiiy sharoiti va tabiat resurslari deyarli bir xil bo’lib, faqat ba’zi jihatlari bo’yicha bir-biridan biroz farqlanadilar. Shuning uchun ham bu o’lkaning tabiatini, tabiiy resurslarini, davlatlar iqtisodiyotini rivojlantirish bilan bog’liq boshqa muammolarni alohida-alohida hal qilib bo’lmaydi. Markaziy Osiyo davlatlarida umumiylik shu qadar ko’pki, uni birgalikda ko’rish va birga yechish davr taqozosidir.
Markaziy Osiyoning tabiiy va iqtisodiy geografik o’rni undagi davlatlarning siyosiy, iqtisodiy, madaniy ichki va tashqi aloqalar mazmuniga, mohiyatiga juda katta ta’sir ko’rsatadi. Masalan Rossiya, Xitoy, Afg’oniston, Eronning Kaspiy dengizi bilan bo’lgan chegara va qo’shnichilik aloqalarini olaylik. Shimolda Rossiyaning iqtisodiy jihatdan ancha rivojlangan Volgabo’yi, Ural, Shimoliy Kavkaz kabi yirik iqtisodiy rayonlari bilan bog’langan. Bu ayniqsa Qozog’iston Respublikasining iqtisodiy tarqqiyotida muhim ahamiyatga ega. Yoki Markaziy Osiyo davlatlari Kaspiy dengiz orqali Rossiya va G’arbiy Evropadagi hamda Markaziy dengiz bo’yi mamlakatlari bilan bog’lanish imkoniyatiga egadirlar. Shuningdek Xitoy orqali Tinch okeanga, Eron, Afg’oniston, Pokiston orqali Osiyoning janubidagi davlatlar bilan hamkorlik qilish imkoniyatiga egadirlar.
Markaziy Osiyo hududining g’arbiy qismini yirik neft-gaz konlari kesib o’tgan. U sayyoramizdagi yirik neft-gaz mintaqasi (Fors qo’ltig’dan toki G’arbiy Sibirgacha cho’zilgan)ning tarkibiga kiradi. Shuningdek MDHdagi tabiiy resurslarinig 2-4%, qishloq xo’jaligiga yaroqli erlaning 47% va haydaladigan erlarning 20% shu o’lkada mavjuddir. Region uchun suv resurslarining tanqisligi xos bo’lib, bu borada Qirg’izston va Tojikiston qulay imkoniyatga ega. Markaziy Osiyo davlatlari uzoq yillar davomida xom ashyo etkazib beruvchi mintaqa edi. U 80 – yillarda sobiq ittifoq sanoat mahsulotiniig 5 % ni, qishloq xo’jaligi mahsulotining 16% ni ishlab chiqargan. Shuningdek sanoatda texnologik tsiklning to’liq darajaga ega emasligi, uning tugallanish darajasini unchalik rivojlanmaganligi bilan ajralib turgan. Shuning uchun uni Mustakillik yillarida hal etish har bir davlatning, qolaversa shu mintaqadagi barcha mamlakatlarning hal etilishi lozim bo’lgan muammoli vazifasidir.
Resurslarning zahirasi va taqsimlanishi ulardan foydalanishni birgalikda olib borishni taqozo etadi. Masalan: Amudaryo suvidan foydalanish faqat O’zbekiston, Sirdaryo suvidan foydalanish faqat O’zbekiston uchungina emas, balki Qirg’iziston, Tojikiston, Qozog’iston uchun ham muhimdir. Bunday holat barcha tabiat resurslari uchun ham xos. Jumladan, Qoraqum yoki Qizilqum cho’llari, Kaspiy dengizidan foydalanish, neft va gaz hamda boshqa foydali qazilmalarni qazib olish va ulardan foydalanish Markaziy Osiyodagi barcha davlatlarning birgalikda hal qilishi lozim bo’lgan masaladir.
Qishloq xo’jaligida chorvachilik, dehqonchilik shundan texnik ekinlarni etishtirishni rivojlantirish uchun ham Markaziy Osiyodagi davlatlar o’z maqsad-laridan kelib chiqqan holda birgalikda ish olib borishlari lozim.
Markaziy Osiyo xududi hilma–hil shakl va ko’rinishga ega bo’lgan er sayyorasining bir qismi bo’lib, unda ketadigan xodisa va jarayonlar tabiatga, butun borliqqa xos bo’lgan qonuniyatlar asosida sodir bo’ladi. Shulardan biri Markaziy Osiyo xududi bo’lib, uning asosiy qismi dunyodagi eng katta berk havzaning (Evrosiyo materigida)markazida joylashgan. Shuning uchun berk havzaga xos bo’lgan qonuniyatlarni bilish, ham ilmiy, ham amaliy ahamiyatga ega. Bilish asosidagina biz Markaziy Osiyo xududidagi ijtimoiy, iqtisodiy va ayniqsa ekologik muammolarni bartaraf qilishimiz mumkin.
Markaziy Osiyo hududi umumiy maydoning 90%dan ortiq qismi berk havzadan iborat. Hozirgi kunda bu hududda o’ziga xos ijtimoiy , iqtisodiy va ekologik muammolar vujudga kelgan. Ularning kelib chiqish sabablari, omillarini, shuningdek, ularni optimallashtirish uchun ko’rilayotgan va qullanilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini o’rganish, tadqiqotlar olib borish hozirgi kun taqozosidir. Bugungi davrning asosiy muammolari Markaziy Osiyo hududida qo’yidagilardan iboratdir.
Ijtimoiy demografik muammolar. Markaziy Osiyodagi eng muhim muammo bo’lib hisoblanadi. Chunki Markaziy Osiyo hududida 60 mln. dan ortiq kishi yashamoqda. Tabiiy o’sish, aholining zichligi, joylashuvi, bilimdonlik darajasi, kasbi, mehnat resurslari va ish bilan ta’minlanganligi hamda boshqa demografik ko’rsatkichlar davlatlarda turlicha. Shuningdek iqtisodiyotning rivojlanish darajasi, moddiy-texnik bazasi va ishlab chiqarish texnologiyasi ham bir hilda emas. Kishilarning tabiatga va ishlab chiqarishga bo’lgan munosabati va ta’siri ham boshqa-boshqa. Ba’zi hududlarda ishlab chiqarish quchlari, mehnat vositalari, xo’jalik tarmoqlari, moddiy texnika baza to’planib qolgan, boshqa bir joyda esa uning aksi. Oqibatda “inson-jamiyat-tabiat” Markaziysidagi o’zaro munosabatlarda nomutanosibliklar kuzatiladi. Bu xol ham tabiiy, ham ijtimoiy, ham ekologik muammolarni vujudga keltirmoqda. Buni biz O’zbekiston, Qozog’iston va boshqa mamlakatlarda ko’rmoqdamiz.
Iqlim bilan bog’liq muammolar. Keyingi 10-15 yil orasida hududda iqlimning ilishi hodisasi kuzatilmokda (S02 kontsentrtsiyasining ortishi va antropogen omillar ta’sirida). Suvga bo’lgan talab keyingi chorak asrda ortib bormoqda. Sug’orilib ekiladigan erlar maydoni 1,5 barobarga ko’payib, hozirgi kunda birgina O’zbekistonda 3,7 mln. ga nitashkil etadi. Oqbatda yirik daryolarimiz suvlari Orolga bormayapti. Orol dengizi sathi pasayib bormoqda. Suvdan xolis erlar oldingi qirg’oq chizig’idan 150 – 200 km dengiz tomoniga kirib bordi. Natijada xarorat 1,5 gradusga ortdi, nisbiy namlik 10-15 %ga kamaydi. Orol dengizining 1960 y dagi maydoni 68900 km2, suv sathi 53,4 m bo’lgan. 2000 yilda Orol dengizining maydoni deyarli ikki marta qisqardi va suv sathi 16-20m gacha pasaydi. Oqibatda Orol yuzasida taqsimlangan modda va energiya miqdori keskin o’zgardi. Orol, uning atrofi va havzasida chuqur ekologik muammolar vujudga keldi.
Yer usti suvlarning ekologiyasida ham o’zgarishlar yuz berdi. Daryolarning suv oqimi Markaziy Osiyoda 70-yillarda 125-128 km3 ni tashkil etgan. Shundan qishloq xo’jaligida 110 km3 suvdan foydalanilmokda. Natijada suvning katta qismi yuqori darajada minerallashib qoldi. Minerallashgan suvlar yana daryolarga va boshqa suv havzalariga quyilmokda. Sanoat chiqindilari, tashlandiq suvlar ham toza suvning ifloslanishiga sababchi bo’lmokda.
Yer resurslaridan foydalanish va tuproqlarning ekologik holatida ham o’ziga xos belgilar mavjud. Tog’-kon sanoatining rivojlanishi bilan antropogen buzilgan landshaftlar vujudga keldi va kelmokda. Shamol eroziyasi natijasida juda katta er maydonlari nobud bo’lmoqda. Tuproqqa ishlov berishning qoloq usullaridan foydalanish natijasida tuproqning zichlashuvi kuchaydi. Hosildorlik kamayib ketish xollari kuzatilmoqda. Pestitsid va mineral o’g’itlarning tuproqqa ta’siri ularning me’yoridan ortiqcha ishlatilishi natijasida ortib boradi. Masalan: paxtachilikni rivojlantirish uchun O’zbekistonda har bir gektar erga 300kg azot, 200kg fosfor, 110 kg kaliy o’g’itlari solinadi. Ayrim joylarda undan ham ko’p.
Sug’orishni to’g’ri tashkil etmaslik va suvdan noto’g’ri foydalanish oqibatida ham suv resurslari va sug’oriladigan erlarning ekologik holati yomonlashdi, chuchuk suv tanqisligi yuzaga kelmokda. Suniy sug’orish natijasida inson tabiatga juda katta salbiy ta’sir ko’rsatmokda. Masalan: paxta suvni ko’p talab qiladi. Har gektar ekin maydoniga 7-10 ming m3 suv sarf qilinadi. Birgina O’zbekistonda chigit ekilgan maydon 1,3 mln.ga atrofida. Sug’orish tizimlarini to’g’ri tashkil etmaslik oqibatida dala maydonlariga berilayotgan suvning yarmi etib bormaydi. Mutaxassislarning xisoblashlaricha Markaziy Osiyoning ba’zi-bir joylarida me’yoriy suvga nisbatan 5-7 marta ko’p suv sarflanmokda. Natijada er sho’rlanishi kuchaymoqda va ayniqsa O’zbekiston va Turkmaniston davlatlari hududlariga har 3 ga sug’orma erlarga 1ga sho’rlangan er to’g’ri keladi.
Chuchuk suv yetmasligi muammosi turgan bir vaqtda, shaharlarda suvdan foydalanish me’yorlari oshgan holda buzilmoqda, me’yorga nisbatan Dushanbeda 1,6 marta, Toshkentda 2,0 martadan ko’p, Buxoro, Navoiy viloyatlarida 3,0 marta ko’p chuchuk suv iste’mol qilinmoqda. Tuproqlarning pasporti (hossa va hususiyatlari tafsilotlari yig’indisi) ilmiy asosda o’rganilmay turib, ularning suvga bulgan talabchanligi hisobga olinmay turib, nazoratsizlik oqibatida behudaga suv sarflanmoqda. Natijada erlarning meliorativ holati yomonlashdi. Jumladan 1gektar sug’oriladigan erga o’simlik turlarni inobatga olgan holda Markaziycha 7-10 ming m3 suv sarflanishi kerak bo’lgan holda nazoratsizlik oqibatida Turkmanistonda -20; Qozog’istonda -17,5; O’zbekistonda-15; Tojikistonda-14,5 ming m3 suv sarflanmoqda. Bu kabi salbiy holatlarni va yuzaga kelgan ekologik muammolarni hayvonot olami, o’simliklar dunyosi, diqqatga sazovor landshaftlar misolida ham keltirish mumkin.
Markaziy Osiyo hududida tabiat-inson-jamiyat-antropogen landshaft munosabatlarinin yurgizishda juda ehtiyotkorlik bilan ish olib borish kerak. Shuning uchun birinchi navbatda berk havzaga xos bulgan tabiiy va ijtimoiy qonuniyatlarni bilib olish, ikkinchidan tabiatning insonga bulgan ta’siri, sir-asrorlarini ilmiy–amaliy tadqiqotlar orqali to’g’ri anglab etish, uchinchidan tabiiy va ijtimoiy sharoitlarni ilmiy asosda o’rganish va pasportini tuzish, turtinchidan ekologik ta’lim, tarbiya va madaniyatni yaxshilash, beshinchidan berk havzadagi hodisa va jarayonlarni, resurslarni dunyo mezoni bo’yicha baholashni bilish zarurdir.
Xulosa Xulosa o’rnida qayd etish mumkinki, Ozbekiston yuritayotgan ochiq va o’zaro manfaatli hamkorlik siyosati Markaziy Osiyo mamlakatlarida qo’llab-quvvatlanmoqda.Qo’shni davlatlar O’zbekistonning ishonch va yaqin qo’shnilik muhitini yaratishga qaratilgan sa’y-harakatlarini yuqori baholamoqda, Markaziy Osiyo davlatlari mintaqani barqaror,xavfsiz,hamkorlikda gullab-yashnagan makonga aylantirishga tayyorliklarini izhor qilmoqda.Bu esa mintaqa davlatlari iqtisodiyotlarining tezkor taraqqiyotiga yordam beradi.
Darhaqiqat, hozirgacha ilmiy-ma’rifiy yo’nalishda qoldirgan boy ilmiy meroslari va aql-zakovatlari bilan dunyoni lol qoldirib kelayotgan M.Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Farg’oniy, Imom al-Buhoriy, Imom at-Termiziy, Ulug’bek kabi o’nlab buyuk allomalar aynan ana o’sha buyuk Sharq Rennesansi deb nom olgan davrlarda yashab ijod etgan edilar. Aslida, iqtisodiyot va ijtimoiy hayot taraqqiyot darajasi bu davrlarda qanday bo’lganligini yuqorida nomlari zikr qilingan buyuk zotlar ham isbotlaydi. Zero, ilmu-fan, ma’rifat, madaniyat iqtisodiy-ijtimoy taraqqiyot hosilasi hisoblanadi.