Markaziy Osiyoda, jumladan O’zbekistonda siyosiy partiyalar tuzish uchun tarixiy-ijtimoiy vaziyat XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida yuzaga kela boshlagan


Siyosiy partiya kuzatuvchilari va vakolatli vakillari qanday vakolatlarga ega



Yüklə 21,26 Kb.
səhifə4/5
tarix26.09.2023
ölçüsü21,26 Kb.
#148933
1   2   3   4   5
Siyosiy partiya kuzatuvchilari va vakolatli vakillari qanday vakolatlarga ega
Siyosiy partiyalar saylovlarda o‘zining kuzatuvchilari hamda vakolatli vakillari bilan faol ishtirok etadi.
Qonunchilikda vakolatli vakil hamda uning huquq va majburiyatlari, saylovlardagi ishtiroki to‘g‘risida quyidagi normalar o‘rnatilgan. Markaziy saylov komissiyasining “Siyosiy partiyalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hamda “Siyosiy partiyaning vakolatli vakili to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan Nizomlar tasdiqlangan. Mazkur Nizomlarga ko‘ra, kuzatuvchi – saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek har bir saylov uchastkasida saylov kuni ovoz berish va ovozlarni sanab chiqish jarayonlarida saylov qonunchiligiga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiruvchi shaxsdir. Siyosiy partiya aʼzosi yoki tarafdori yoxud siyosiy partiyaga xayrixoh bo‘lgan har qanday O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan fuqarosi siyosiy partiyadan kuzatuvchi bo‘lishi mumkin. Ular o‘z kuzatuvchilari to‘g‘risida saylov komissiyalariga saylovdan kamida o‘n kun oldin ariza bilan maʼlum qiladi.
Siyosiy partiya ushbu shaxslar orasidan saylov komissiyasining majlislarida, hujjatlarni topshirishda, imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirishda, saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish uchun vakolatli vakil tayinlashga haqli. Siyosiy partiya yuqori organining rahbari saylov kampaniyasi boshlanganligi rasman eʼlon qilingan kundan boshlab besh kunlik muddatda o‘z vakolatli vakilini tayinlaydi hamda uni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Markaziy saylov komissiyasiga tegishli hujjatlarni taqdim etadi. Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiya tomonidan tavsiya etilgan vakolatli vakil nomzodiga tegishli xujjatlarni ko‘rib chiqib, uch kunlik muddatda uni ro‘yxatga oladi va tegishli namunadagi guvohnoma (mandat) beradi.
Ciyosiy partiyaning kuzatuvchisi hamda vakolatli vakili uchastka saylov komissiyasining xatti-harakati va qarori ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.

Yüklə 21,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin