Markaziy Osiyoda, jumladan O’zbekistonda siyosiy partiyalar tuzish uchun tarixiy-ijtimoiy vaziyat XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida yuzaga kela boshlagan


Bugungi kunda mamlakatimizda qanday siyosiy partiyalar mavjud?



Yüklə 21,26 Kb.
səhifə2/5
tarix26.09.2023
ölçüsü21,26 Kb.
#148933
1   2   3   4   5
Bugungi kunda mamlakatimizda qanday siyosiy partiyalar mavjud?
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP) mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida shakllangan dastlabki partiyalardan biri hisoblanadi. Ushbu partiya 1991 yil 1 noyabrda Toshkentda bo‘lib o‘tgan taʼsis qurultoyida tuzilgan.
Partiyaning maqsadi – davlat hokimiyatining vakillik organlarida davlat va jamiyat tomonidan manzilli ijtimoiy himoya va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ehtiyojmand aholi qatlamlari manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir.
Bugungi kunda partiyaning 519000 nafardan ortiq aʼzosi mavjud bo‘lib, 10200 dan ortiq boshlangich partiya tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi 1995-yil 18-fevralda Toshkentda bo‘lib o‘tgan birinchi taʼsis Qurultoyida tuzilgan. Partiyaning asosiy maqsadi – huquqiy-demokratik davlat, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan kuchli adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish hamda O‘zbekiston hududida yashayotgan barcha millat va elatlarning umumiy manfaatlariga mos keladigan, fuqarolarning qonun oldida tengligi, birdamligi, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari taʼminlangan maʼnaviy jipslashgan jamiyatni taraqqiy toptirishda faol ishtirok etishdir.
Bugungi kunda partiya aʼzolarining soni 495000 nafardan ortiqni, shuningdek, boshlang‘ich partiya tashkilotlarining soni 6275 tani tashkil qiladi.
O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi 1995-yil 3-iyunda Toshkentda bo‘lib o‘tgan birinchi taʼsis Qurultoyida tuzilgan. Partiyaning asosiy maqsadi – barqaror milliy rivojlanishni taʼminlash, milliy manfaatlarni himoya qilish va ilgari surish, maʼnaviy qadriyatlar, urf-odatlar va anʼanalar, boy tarixiy merosni saqlash va boyitish, mamlakatimizda turizmni rivojlantirishga hissa qo‘shish.
Partiya aʼzolari soni 343 000 nafardan ortiqni, shuningdek boshlangich partiya tashkilotlari soni 6 916 tani tashkil etadi.
Tadbirokorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasi 2003-yil 15-noyabrda bo‘lib o‘tgan taʼsis qurultoyida tuzilgan. Partiyaning asosiy maqsadi – siyosiy kuch sifatida birlashgan holda tadbirkorlar, ishbilarmonlar va fermerlarning yana-da kengroq faoliyat yuritishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratish, ularning istiqbolini ham nazariy, ham amaliy jihatdan asoslab berish, jamiyatning mazkur qatlami manfaatlarini himoyalash va ertangi kunini taʼminlash.
Bugungi kunda partiyaning aʼzolari soni 1 million nafardan ortiqni, shuningdek boshlang‘ich partiya tashkilotlari 13 352 ta tashkil etadi.

Yüklə 21,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin