Husayn Boyqaroning
taxtga kelishiga bag‘ishlangan
«Hiloliya»
asaridir.
1482-yilda yozilgan «Vaqfiya» asarida A.Navoiy shaxsan o‘zining yerlaridan olingan
daromadi misolida daromadning o‘z xarajatlari va oila ahliga yetarli qismini olib qolib, qolgan
qismini aholining foydali mehnatiga sarflashga chaqirgan. 0‘g‘rilik, ta’magirlik va zo‘rlik
hisobiga boylik orttirishga Navoiy keskin qarshi chiqadi. U bunday ishlardan nafratlanadi va shu
yo‘l bilan boylik orttirayotgan kishilami jamiyat hisobiga yashayotgan
va boylik orttirayotgan
qatlam deb ta’riflaydi.
A.Navoiy ijodining durdona asarlaridan bin 1500-yilda yozilgan «Mahbub-ul-qulub»
asaridir.
4.4.
Bobur va boburiylar davridagi iqtisodiy g‘oyalar
Davlat arbobi va qomusiy olim Zahiriddin Muhammad Bobur (14831530) va uning
avlodlari tomonidan ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy masalalarda katta ishlar amalga oshirilganligi
bizga tarixiy bitiklardan ma’lum. Xususan, Bobuming «Bobumoma» asarida, «Mubayyin» kabi
to‘plamlarida iqtisodiyotga oid ma’lumotlarga,
shu jumladan, soliq siyosatiga katta o‘rin
berilgan. «Zakot to‘g‘risidagi katta kitob»da esa o‘sha davrdagi soliq, uning turlari to‘g‘risida
qimmatli fikrlar bildirlladi. Bu
asarlami mutolaa qilar ekanmiz, ulardan mamlakatimizning
bugungi hayotida ro‘y berayotgan
iqtisodiy islohotlami, o'zgarishlami tahlil qilish,
qisqacha
xulosalar chiqarish va amaliyotda foydalanish uchun yangi fikrlar, maslahatlar topamiz.
Bobuming «Mubayyin» asari qonunlar va iqtisodiy masalalarga bag‘ishlangan. Asaming
nomi ham «qonunlar izohi» ma’nosiga ega.