5.
Yevropadan ancha ilgari bu davlatda budjet tushunchasi bo‘lgan. Davlat xazinasi,
kirim, chiqim, hisob-kitob qat’iy olib borilgan, taftish yo‘lga qo'yilgan edi. Buning uchun
ma’lum mas’ul shaxslar ajratilgan va doim hisob berib borganlar.
A.Temuming davlat va iqtisodiyot sohasidagi asosiy fikrlari
«Temur tuzuklamda
to‘la
bayon etilgan. Tuzuklar Amir Temuming 1342- 1405-yillar oralig'idagi faoliyatini aks ettiradi va
ikki qismdan (maqoladan) iborat. Birinchi qismda asosan yagona davlat barpo etish, uni
mustahkamlash, qo'shni (27) yurt va mamlakatlami zabt etish masalalari yoritilgan bo‘Isa,
ikkinchi qismda sohibqiron nomidan aytilgan o‘ziga xos vasiyat, pand-nasihat, turli sohalardagi,
shu jumladan, ijtimoiy-iqtisodiyotga oid fikr-mulohazalar keltirilgan. Shohruh Mirzo va Mirzo
Ulug‘bek davridagi iqtisodiy islohotlar A.Temur vafotidan keyin Shohruh va Ulug‘bek (1394-
1449) podsholigi (1409-1449) davrida iqtisodiyot yaxshi rivojlandi. Ayniqsa, qo‘shni
mamlakatlar bilan savdo-sotiq munosabatlari o‘sdi. Bu Movarounnahrda (arabcha «daryo
ortidagi mamlakat» degani) 1428- yilda Ulug'bek tomonidan o‘tkazilgan pul islohoti bilan
bog‘liqdir. Jamiyatda pulning ahamiyatini yaxshi tushungan holda uning qadr- qimmatini
oshirish uchun harakat qilingan.
Ulug‘bek
(1394-1449) tarixda ko‘proq davlat arbobi sifatida
emas,
bunyodkor inson,
yuksak zehnli olim sifatida mashhurdir. Bu davrda mamlakat iqtisodiyotining asoslariga alohida
e’tibor qilinadi, busiz rivojlanish bo‘lmasligini hokimlar yaxshi tushunishgan. Sug‘orish
tarmoqlari qurilib, ular toshhovuz, darg'ot, navo, chig'ir, charxpalak, qaynama,sharshara, osma
ko‘prik, handoq, tazar va sardobalar kabi turli-tuman suv inshoatlari bilan jihozlandi.
Buyuk mutafakkir
Alisher Navoiy
ijodida ham iqtisodiy g‘oyalar muhim o‘rinni
egallaydi. Uning asarlarida va faoliyatida, ayniqsa, tijorat, savdo masalalari ancha mukammal
yoritilgan. A.Navoiy asarlarida savdogarlik ishi ma’qullanadi, lekin tovlamachi va chayqovchi
qattiq tanqid qilinadi. A.Navoiy davlat arbobi sifatida mamlakatni tinch saqlash,
obodonlashtirish ishiga katta hissa qo‘shdi. Navoiyning dastlabki ijtimoiy-iqtisodiy fikrlari
shakllangan asari 1469-yilda
Dostları ilə paylaş: