Qat’iy belgilangan narxlar-- Ma’muriy tarzda belgilanib, bozor kuchlari ta’sir ko‘rsatmaydi va muayyan davr davomida doimiy bo‘lib qoladi.
Erkin narxlar-- Talab va taklif ta’siri ostida vujudga keladigan bozor narxlaridir.
Tartibga solinadigan narxlar-- Ayrim tovarlarga davlat narxlarning yuqori (iste’molchi manfaatini ko‘zlab) va quyi (ishlab chiqaruvchi manfaatini ko‘zlab) chegarasini belgilash hamda moliya va kredit dastaklardan foydalanib, ta’sir ko‘rsatiladigan narxlardir.
Shartnoma narxlari-- Ishlab chiqaruvchi va iste’molchi tomonidan shartnomada qayd qilingan narxlar.
III. Amal qilish doirasi (bozor ko‘lami)ga ko‘ra):
III. Amal qilish doirasi (bozor ko‘lami)ga ko‘ra):
Hududiy (mintaqaviy) narxlar-- Muayyan hududiy bozorlarda, uning doirasida amal qiluvchi omillar ta’sirida shakllanadi.
Milliy narxlar-- Alohida mamlakatlar doirasida o‘rtacha ijtimoiy sarf-xarajatlar, milliy bozordagi talab va taklif ta’sirida shakllanadi.
Jahon narxlari-- Muayyan tovarlarni ishlab chiqarishga ketgan baynalmilal xarajatlarni, tovarlarning jahon andozasi talablariga mos kelishi darajasini hamda xalqaro bozordagi talab va taklif nisbatini o‘zida aks ettiradi.
Auksion narxi — auksionda sotilgan tovarning «kim oshdi» narxi.
Auksion narxi — auksionda sotilgan tovarning «kim oshdi» narxi.
Bazis narxi — bitimlar tuzilgan paytda belgilangan narx.
Birja narxi —birja kotirovkasi va unga birja kontraktidan tovarning sifati, olib kelib berish joyi va boshqa o‘zgarishlarga qarab chegirma qilingan yoki ustama qo‘shilgan narxlar.
Kotirovka narxi — ma’lum bir davr uchun qayd etilgan o‘rtacha tipik narxlar. Kontrakt baholari asosida aniqlanadi va yangi bitimlar tuzishda (jumladan birjalarda) mo‘ljal bo‘lib xizmat qiladi.
Kotirovka narxi — ma’lum bir davr uchun qayd etilgan o‘rtacha tipik narxlar. Kontrakt baholari asosida aniqlanadi va yangi bitimlar tuzishda (jumladan birjalarda) mo‘ljal bo‘lib xizmat qiladi.
Hisob-kitob narxi — har bir fyuchers pozitsiyasining shu kunga yagona narxi; savdo tugashining oxirgi daqiqalarida tuzilgan narx bitimlari asosida hisob palatasi tomonidan belgilangan narx.
Transfert narxlar — bir kompaniyaning sho‘ba korxonalari yoki bo‘limlari o‘rtasidagi tijoratda qo‘llaniladigan narxlar.
Transfert narxlar — bir kompaniyaning sho‘ba korxonalari yoki bo‘limlari o‘rtasidagi tijoratda qo‘llaniladigan narxlar.