Маркетинг фаолиятини таҳлил қилиш ва истиқболлаш



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix20.11.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#163591
  1   2   3   4
portal.guldu.uz-BUYUK BRITANIYANING SUG‘URTA TIZIMI (1)





• Buyuk Britaniya iqtisodiyotida sug‘urtaning tutgan o‘rni 
va ahamiyati. 

• Buyuk Britaniya sug‘urta kompaniyalari amalga 
oshiradigan asosiy sug‘urta turlari. 

• Buyuk Britaniyada sug‘urta tizimini davlat tomonidan 
tartibga solinishi. 

• Buyuk Britaniya bozorida sug‘urta brokerlarining asosiy 
vazifasi. 
3-mavzu: 
 BUYUK BRITANIYANING SUG‘URTA TIZIMI 


Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, sug‘urta kompaniyalarining qariyb 30% 
aktivi yirik sanoat kompaniyalarining aksiyasiga to‘g‘ri keladi. 
Buyuk Britaniyada aholi va korxonalarining vaqtincha bo‘sh mablag‘larini 
iqtisodiyotga jalb etishda sug‘urta kompaniyalari o‘ziga xos mavqega ega.
Buyuk Brtaniyada sug‘urta kompaniyalarini “Moliyaviy vositachilar” yoki 
“yirik institutsional investor” sifatida baholashadi.
Sug‘urta kompaniyasi uzoq muddatli sug‘urta shartnomalarini tuzish yo‘li 
bilan aholidagi vaqtincha bo‘sh mablag‘larini sug‘urta fondiga jalb etadi.
korxona va banklar bilan ham mol-mulk sug‘urtasi bo‘yicha shartnomalar tuzib, katta 
miqdorda sug‘urta fondini shakllantiradi. o‘z navbatida, sug‘urta kompaniyasi bu 
fondning mablag‘larini iqtisodiyotning turli tarmoqlariga yo‘naltiradi. 
3.1. Buyuk Britaniya iqtisodiyotida sug‘urtaning tutgan o‘rni va
ahamiyati



• Birinchidan, bu erda tadbirkorlikni erkin yuritish uchun Hukumat 
yoki qonunchilik tomonidan eng kam nazorat tizimi joriy qilingan. 
Bu holat, so‘zsiz Buyuk Britaniyada faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy 
sug‘urta kompaniyalari uchun ham tadbiq etiladi. Hozirgi paytda, 
Buyuk Britaniya sug‘urta bozorida xorijiy mamlakatlarning 150ga 
yaqin kompaniyalari sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirmoqda. 

• Ikkinchidan, jahon miqyosida erishilayotgan tijorat bitimlarining 
anchagina qismi Angliya hissasiga to‘g‘ri keladi. 
Buyuk Britaniyada sug‘urta ishini faol rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir 
qilgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 
Buyuk Britaniya to‘lov balansi strukturasini tahlil qiladigan bo‘lsak, valyuta 
tushumlarining 50 foizi sug‘urta badallari hisobiga to‘g‘ri kelganligini ko‘ramiz. 
Buyuk Britaniya sug‘urta kompaniyalari jahonning 43 ta mamlakatda sug‘urta 
operatsiyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. 


Buyuk Britaniya milliy sug‘urta kompaniyalari o‘zlarining chet 
mamlakatlardagi bo‘lim va filiallari orqali xalqaro sug‘urta 
bozorlarida ishtirok etmoqda. 
 
sug‘urta kompaniyalari 
yig‘gan sug‘urta 
badallarining katta qismi, 
ularning chet mamlakatlarda 
olib borgan operatsiyalari 
hisobidan shakllanadi. 
Masalan, “Royyal Inshurens” 
kompaniyasi sug‘urta 
badallarining 68,4 foizi 
tashqi manbalardan kelib 
tushgan.
Buyuk Britaniyada, hamma uchun qulay bo‘lgan soliqqa tortish 
tizimi shakllangan. Amaldagi soliqqa tortish tizimi yirik 
miqdordagi zaxira jamg‘armalarini shakllantirishini va ularni 
investitsiya qilishni rag‘batlantiradi.
 


Keyingi yillarda Buyuk Britaniya sug‘urtalovchilari kattagina xajmdagi o‘z 
mablag‘larini ko‘chmas mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni moliyalashtirishga 
yubormoqda.
Hozirgi paytda ko‘chmas mulkka investitsiya jami investitsiyalarning 15 
foizini (uzoq muddatli sug‘urta shartnomalari bo‘yicha) tashkil etmoqda. 
 
Ko‘chmas mulkka investitsiya qilishning ijobiy xususiyatlardan biri shundan 
iboratki, ko‘chmas mulk pulning qadrsizlanish jarayonidan ishonchli 
himoyalangan. Ammo, bu investitsiya ob’ektining ham bir qancha salbiy 
tomonlari mavjud. Masalan, amaliyotda ko‘chmas mulklarni qisqa muddatda 
foydali narxda sotish ancha mushkuldir.
 
Buyuk Britaniya sug‘urta kompaniyalari o‘zlarining vaqtincha bo‘sh 
mablag‘larini ipoteka kredit resursi sifatida ishlatishi yoxud bankka depozit 
sifatida saqlashi mumkin. 
 


Hozirgi paytda, Buyuk Britaniya aviatsiya sug‘urta bozorining asosini tashkil 
etadigan 426 ta kompaniya samolyotlarni sug‘urta qilish, 433 ta kompaniya 
esa dengiz kemalarini sug‘urta qilish bilan shug‘ullanmoqda. 
Buyuk Britaniya sug‘urta bozori ikki qismga bo‘lingan:

• Hayotni sug‘urta qilish bozori; 

• Umumiy sug‘urta bozori. 
Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, Buyuk Britaniyada 850ga yaqin sug‘urta 
kompaniyalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin