1
• Buyuk Britaniya iqtisodiyotida sug‘urtaning tutgan o‘rni
va ahamiyati.
2
• Buyuk Britaniya sug‘urta kompaniyalari amalga
oshiradigan asosiy sug‘urta turlari.
3
• Buyuk Britaniyada sug‘urta tizimini davlat tomonidan
tartibga solinishi.
4
• Buyuk Britaniya bozorida sug‘urta brokerlarining asosiy
vazifasi.
3-mavzu:
BUYUK BRITANIYANING SUG‘URTA TIZIMI
Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, sug‘urta kompaniyalarining qariyb 30%
aktivi yirik sanoat kompaniyalarining aksiyasiga to‘g‘ri keladi.
Buyuk Britaniyada aholi va korxonalarining vaqtincha bo‘sh mablag‘larini
iqtisodiyotga jalb etishda sug‘urta kompaniyalari o‘ziga xos mavqega ega.
Buyuk Brtaniyada sug‘urta kompaniyalarini “Moliyaviy vositachilar” yoki
“yirik institutsional investor” sifatida baholashadi.
Sug‘urta kompaniyasi uzoq muddatli sug‘urta shartnomalarini tuzish yo‘li
bilan aholidagi vaqtincha bo‘sh mablag‘larini sug‘urta fondiga jalb etadi.
korxona va banklar bilan ham mol-mulk sug‘urtasi bo‘yicha shartnomalar tuzib, katta
miqdorda sug‘urta fondini shakllantiradi. o‘z navbatida, sug‘urta kompaniyasi bu
fondning mablag‘larini iqtisodiyotning turli tarmoqlariga yo‘naltiradi.
3.1. Buyuk Britaniya iqtisodiyotida sug‘urtaning tutgan o‘rni va
ahamiyati
1
• Birinchidan, bu erda tadbirkorlikni erkin yuritish uchun Hukumat
yoki qonunchilik tomonidan eng kam nazorat tizimi joriy qilingan.
Bu holat, so‘zsiz Buyuk Britaniyada faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy
sug‘urta kompaniyalari uchun ham tadbiq etiladi. Hozirgi paytda,
Buyuk Britaniya sug‘urta bozorida xorijiy mamlakatlarning 150ga
yaqin kompaniyalari sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirmoqda.
2
• Ikkinchidan, jahon miqyosida erishilayotgan tijorat bitimlarining
anchagina qismi Angliya hissasiga to‘g‘ri keladi.
Buyuk Britaniyada sug‘urta ishini faol rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir
qilgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Buyuk Britaniya to‘lov balansi strukturasini tahlil qiladigan bo‘lsak, valyuta
tushumlarining 50 foizi sug‘urta badallari hisobiga to‘g‘ri kelganligini ko‘ramiz.
Buyuk Britaniya sug‘urta kompaniyalari jahonning 43 ta mamlakatda sug‘urta
operatsiyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.
Buyuk Britaniya milliy sug‘urta kompaniyalari o‘zlarining chet
mamlakatlardagi bo‘lim va filiallari orqali xalqaro sug‘urta
bozorlarida ishtirok etmoqda.
sug‘urta kompaniyalari
yig‘gan sug‘urta
badallarining katta qismi,
ularning chet mamlakatlarda
olib borgan operatsiyalari
hisobidan shakllanadi.
Masalan, “Royyal Inshurens”
kompaniyasi sug‘urta
badallarining 68,4 foizi
tashqi manbalardan kelib
tushgan.
Buyuk Britaniyada, hamma uchun qulay bo‘lgan soliqqa tortish
tizimi shakllangan. Amaldagi soliqqa tortish tizimi yirik
miqdordagi zaxira jamg‘armalarini shakllantirishini va ularni
investitsiya qilishni rag‘batlantiradi.
Keyingi yillarda Buyuk Britaniya sug‘urtalovchilari kattagina xajmdagi o‘z
mablag‘larini ko‘chmas mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni moliyalashtirishga
yubormoqda.
Hozirgi paytda ko‘chmas mulkka investitsiya jami investitsiyalarning 15
foizini (uzoq muddatli sug‘urta shartnomalari bo‘yicha) tashkil etmoqda.
Ko‘chmas mulkka investitsiya qilishning ijobiy xususiyatlardan biri shundan
iboratki, ko‘chmas mulk pulning qadrsizlanish jarayonidan ishonchli
himoyalangan. Ammo, bu investitsiya ob’ektining ham bir qancha salbiy
tomonlari mavjud. Masalan, amaliyotda ko‘chmas mulklarni qisqa muddatda
foydali narxda sotish ancha mushkuldir.
Buyuk Britaniya sug‘urta kompaniyalari o‘zlarining vaqtincha bo‘sh
mablag‘larini ipoteka kredit resursi sifatida ishlatishi yoxud bankka depozit
sifatida saqlashi mumkin.
Hozirgi paytda, Buyuk Britaniya aviatsiya sug‘urta bozorining asosini tashkil
etadigan 426 ta kompaniya samolyotlarni sug‘urta qilish, 433 ta kompaniya
esa dengiz kemalarini sug‘urta qilish bilan shug‘ullanmoqda.
Buyuk Britaniya sug‘urta bozori ikki qismga bo‘lingan:
1
• Hayotni sug‘urta qilish bozori;
2
• Umumiy sug‘urta bozori.
Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, Buyuk Britaniyada 850ga yaqin sug‘urta
kompaniyalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Dostları ilə paylaş: |