Vazifalarni belgilash. Firma oldida turgan muammolarni aniqlash
Marketing izlanishi maqsadlarini aniqlash
Potentsialaxborot manbalarini belgilash
Axborot to’plash va klassifikatsiyalash
To’rlangan ma’lumotlarni tahlil etish
10-rasm. Marketing izlanish tartibi.
M
Kerakli tavsiyalarni bermoq
arketing uslubiy asoslari tahlili axborotli usullardan, shuningdek o‘zaro bog‘liq turli sohadagi bilimlardan foydalanishdan iboratdir. Marketing tadqiqotlari umumiy tarzda qilingan bozor raqobatlari qoidalariga, shuningdek, me’yorga muvofiq, umumiy tarzda qilingan bozor raqobatlari qoidalariga, shuningdek, me’yorga muvofiq, umumiy ilmiy usullarga asoslangan holda olib borilishi zarur.
Ilmiy, tahlil - axborot usullaridan keng foydalangan tadqiqotchilar bozorni, shuningdek korxonaning ichki quvvatini o‘rganadilar. Mahalliy vosita va dala tadqiqotlari, shuningdek, turli manbalardan olingan ma’lumotlar to‘plami marketing tadqiqotlari uchun asos bo‘lib hizmat qiladi. Har qanday marketing tadqiqotining muvaffaqiyati pirovardida unga nisbatan jamiyatda paydo bo‘lgan ishonchga bog‘liq ekan, tadqiqot natijasida olingan ma’lumotlar ishlab chiqaruvchilar, ta’minotchi, vositachi, keng iste’molchilar ommasining talabi, qarashlari, tabiati haqidagi ma’lumotlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Marketing tadqiqotlari qoidalari va usullariga suyangan holda tadqiqotchilarga muayyan talablarni qo‘yadi. Tadqiqotchi belgilangan dalillar sharhiga ta’sir ko‘rsatmaslik uchun holis bo‘lishi va barcha ehtiyot choralarini ko‘rishi kerak. Shu bilan birga, har qanday qilinayotgan uslubning mukammal emasligini sezgan holda, bo‘layotgan o‘zgarishlarni o‘tkazib yubormaslik uchun tadqiqotlar bilan muntazam ravishda shug‘ullanib, o‘z ma’lumotlarining xatoligi darajasini ham ko‘rsatish kerak.
Marketing tadqiqotining tartibi alohida ketma-ket harakatlar majmuyidan iborat.