Marketing xizmati-bu bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida korxona boshqaruvi uchun yetishmay turgan shunday bir faoliyat turiki, u ishlab chiqarish, moliya, savdo-xo`jalik, texnologik, kadrlar masalasi va boshqa sohalarda bozor zahiralarini qondirish va foyda olishga asoslangan yo`nalishlar jarayonini yaratadi.
Marketing xizmati vazifalari-uning o`ziga xos tamoyillari asosidan kelib chiqadi. Bunga quyidagilar kiradi:
- korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar va bozor haqidagi axborotlarni to`plash va tahlil qilish;
- korxonaning mahsulot ishlab chiqarish, savdo va xo`jalik faoliyati, reklama qilish, moliyaviy va boshqa jixatlar bo`yicha manfaatlariga mos qaror qabul qilish uchun zarur hisob-kitob ko`rsatkichlarini tayyorlash;
- talab shakllanishini faollashtirish va sotishni tezlashtirish.
Tashkiliy tarkib boshqaruvini engillashtiradigan, yuqori natijalarga yetkazadigan qonun-qoidalar mavjud. Ular quyidagilardan iborat:
1. Boshqaruvning tashkiliy shakli oxirigacha oddiy bo`lishi kerak.
2. Boshqaruv tashkiliy strukturasining tarixi oddiy, tushunarli bo`lishi kerak.
3. Har bir ishchiga yozma ish instruktsiyasi berilgan bo`lishi kerak.
Instruktsiyalar yangilanib turish maqsadida bir yilda ikki martadan tekshirib turilishi zarur.
4. Aloqalar tizimi samarali bo`lishi kerak, u aniq axborotlar almashinuvini ta'minlasin.
5. Ijrochilik va mas'ullik chegarasi aniq, ko`zga tashlanib turadigan bo`lsin. Asosiy mas'uliyat doimo firmaning bosh rahbarida turadi. Boshqa har bir ijrochi o`z boshligi oldida javob beradi.
Marketingni boshqarish usul va uslubiyatlari.
Marketingni boshqarish korxonada bir necha yo`nalishda amalga oshirilishi mumkin (ularning ko`rinishi chizmalarda berilgan).
Funksional – bunda javobgarlik taqsimot, sotish, ta`minot va Tovar harakatini tashkil qilish doiralariga tushadi.
Tovarlar tamoyili bo`yicha tashkil qilish/ bunda funksional tamoyillarga, yana har bir Tovar markasi uchun boshqaruvchilar qo`shiladi.
bozor tamoyili bo`yicha tashkil etish. Bunda funksional tamoyillarga, yana bir hudud bozorlari va iste`molchilar turi bo`ticha boshqaruvchilar qo`shiladi.