Marketing tushunchasi, turlari va strategiyasi. Marketing imkoniyatlarini urganish



Yüklə 97,5 Kb.
səhifə1/6
tarix16.01.2023
ölçüsü97,5 Kb.
#79344
  1   2   3   4   5   6
Marketing menejmenti


Marketing menejmenti
Reja:



  1. Marketing tushunchasi, turlari va strategiyasi.

  2. Marketing imkoniyatlarini urganish.

  3. Korxona bozorlari.

  4. Korxonada marketing xizmati.



1. Marketing tushunchasi, turlari va strategiyasi.
Marketing - insonning ayirboshlash vositasida talab va extiyojni kondrishga qaratilgan faoliyatidir. Marketing tarkibiga bozorni urganish. Iste’molchi buyurtmasiga kura maxsulotlar assortimentini rejalashtirish, bozorni egallash, reklama, tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazib berish bilan bog’liq tadbirkorlik faoliyati kiradi. Marketing konstruktor, muxandis, iqtisodchi va boshqa mutaxassislarga bozor extiyojlari bilan tanishish, iste’molchi ushbu maxsulotning qanday bo’lishini istashi, unga qancha xak tulashi, u kim uchun zarurligi xaqida muloxaza yuritish imkonini beradi.
Bozor sharoitida korxonani boshqarish marketingni ishlab chiqarish siklining boshiga kuyadi, chunki xo’jalik qarorlarini qabul qilish asosida ishlab chiqarish imkoniyatlari emas, balki bozor talablari, xaridor extiyojlari yotadi. Oxir natijada korxona kulami, korxonani boshqarish tashkiliy tarkibini, boshqaruv tamoyil va usullarini, xizmat ko’rsatish yunalishlarini bozor belgilaydi.
Bozor munosabatlari sharoitida korxona bozor konyuqturasi, bulajak sheriklar imkoniyatlari, narxlar o’zgarishi xaqida axborot olish asosida o’z ishlab chiqarishini moddiy-texnikaviy ta’minlash va kapital kurilishni tovarlar va xizmatlar bozoridan (bevosita ishlab chiqaruvchidan, ulgurji savdoda, shu jumladan, yarmarka, kimoshdi savdosi, xamda moddiy-te’minot va boshqa vositachi tashkilotlardan) resurslar sotib olish yo’li bilan amalga oshiradi. Natijada korxonaning reja-iqtisod, texnika, texnologiya, ta’minot va sotuv bo’limlari vazifalari o’zgaradi. chunki korxona muxandis-texniklari resurslardan kay darajada foydalana olish imkoniyatiga ega ekanliklarini bilishlari, bozor ta’siridan erkin bo’lishlari uchun korxonada bozor iqtisodiyoti, korxona ishlab chiqarish va moliya siyosati masalalari bo’yicha axborot manbaasi, bo’lgan maxsus marketing xizmatini tashkil etish extiyoji vujudga keladi.
Marketing bo’limi bozorni, ijtimoiy talab xolati va o’zgarishi, konyuqturani urganish natijasida korxonada ishlab chiqariladigan maxsulot zarurligi, istikboli masalasini xal etadi.
Korxonani marketing vositasida boshqarish ancha mushqul bo’lib, katta xajmda reja-xisob qitoblarini, qadrlarni qayta tayyorlashni, boshqaruv vazifa va usullarini tubdan o’zgartirishni talabkiladi. Fakat korxona, butun iqtisodiyot xo’jalik mexanizmini tubdan qayta qurishi asosidagina marketing tendensiyasini qo’llash mumkin. Aks xolda korxona tez o’zgaruvchan talabga moslasha olmay rakobat kurashiga bardosh bera olmaydi. Bu korxona foyda kurmasligi va undan kelib chikuvchi boshqa okibatlarga olib keladi. Chunki fakat iste’molchilar extiyojini xisobga olib, fan-texnika tarakkiyoti yutuklaridan foydalana olgan korxonagina o’z maxsulotini sotishdan foydaolishi mumkin.
Bu ma’noda amerikalik avtomobil magnati G.Fordning fikrini ta’kidlab utish zarur. Undan qanday qilib millioner bo’lganligini suraganlarida quyidagicha javob bergan: «Juda oson. Men o’z avtomobillarimni bozorda boshqalarga nisbatan arzonrok sotib, o’z ishchilarimga boshqalarga nisbatan ko’p xak tulaganman». Bunday xolda u sinishi kerak edi, lekin u rakobatchilarini bozordan sikib chiqarib bozorni egallagani uchun millioner buldi.
Tovar pul munosabatlari jamiyatni o’z-o’zini boshqarish mexanizmi bilan qurollantirgani uchun bebaxo xususiyatga ega. Tartibga solinuvchi bozor xo’jalik faoliyatini iste’molchiga qaratish, tashkiliy tizimlar, boshqaruv tamoyili va usullarini qayta qurish, korxona maksad va vazifalarini o’zgartirishni talab kiladi.
Amerikalik iqtisodchi Filipp Kotler o’zining mashxur «Marqting bo’yicha boshqaruv» qo’llanmasida marketing turlarining klassifikatsiyasini bergan.
Marketing turlari.

Talab xolati

Marketing vazifasi

Marketing turi

Salbiy talab

Talab yaratish

Konversion marketing

Talab yuk

Talabni ragbatlantirish

Ragbatlantiruvchi marketing

Mumkin bo’lgan marketing

Talabni oshirish

Remarketing

O’zgaruvchan talab

Talabni muvozanatlash

Sinxromarketing

Tulik talab

Talabni qo’llash

Kullovchi marketing

Ortikcha talab

Talabni kamaytirish

Demarketing

Maqbul bulmagan talab

Talabni tugatish

Qarshilik qiluvchi marketing

Marketing strategiyasi jamiyat va korxona jamoasining uzviy manfaatlari ishlab chiqarish samaradorligi masalalarini xal qilishga xizmat qilish kerak.


Marketing strategiyasi bosqichlarini sxema tarzida ifodalash mumkin.



Yüklə 97,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin