Markеtingda zamonaviy axborot kommunikatsion tеxnologiyalardan foydalanish xususiyatlari


Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologoyilarning marketing jarayonidagi ahamiyati



Yüklə 130,09 Kb.
səhifə2/9
tarix07.07.2023
ölçüsü130,09 Kb.
#136113
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Markеtingda zamonaviy axborot kommunikatsion tеxnologiyalardan foydalanish xususiyatlari

Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologoyilarning marketing jarayonidagi ahamiyati


Mamlakatimizda aloqa va axborotlashtirish sohasini rivojlantirish, barcha sohalarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, jahon axborot makoniga integratsiyalashish borasida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Prezidentimizning 2012-yil 21 martda qabul qilingan “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori mazkur yo’nalishdagi ishlarni takomillashtirishda muhim dasturilamal bo’lib xizmat qilmoqda. 2013 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra, ma'lumotlar uzatish, jumladan, internet tarmog'iga ulash xizmatlarini kro'satuvchi xo'jalik sub'ektlarining soni 930 taga yetdi, jamoa bo'lib foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi 7780 Mbit/s.ga yetkazilib, o'tgan yilga nisbatan 160,9 foizga o'sdi. Buning natijasida operator va provayderlarga internet xizmatlari (tashqi kanal) uchun belgilangan tarif 2012 yil boshiga nisbatan o'rtacha 25 foizga kamaytirildi. UZ zonasida qayd qilingan domenlar soni bugungi kunda 15,8 mingtadan ziyodni tashkil etdi. Hisobot davrida Davlat axborot resurslarining umumiy soni 195taga yetkazildi. Interaktiv davlat xizmatlarining umumiy soni 197tani tashkil qildi. Davlatimiz rahbari tomonidan 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisida quyidagi vazifasi “Axborot-kommunikatsiya va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi chora-tadbirlar va loyihalarni jadal amalga oshirish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Biz o’zimizga shuni aniq tasavvur etishimiz kerakki, iqtisodiyotning barcha sohalariga, kundalik hayotimizga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini keng joriy etish bo’yicha tub va ijobiy ma’nodagi portlash effektini beradigan o’zgarishlarni amalga oshirmasdan turib, istiqboldagi maqsadlarimizga erishish qiyin bo’ladi. Biz qisqa vaqt mobaynida nafaqat axborot xizmatlari ko’rsatishning ko’plab turlari bo’yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etishimiz, balki axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish borasida yuksak darajaga erishgan ilg’or mamlakatlar safiga qo’shilishimiz zarur”2. Bugungi kundagi asosiy ustuvor vazifa sifatida amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisida belgilab berilgan AKTni kelgusida yanada rivojlantirish va takomillashtirish borasidagi vazifalar ham alohida ahamiyatga ega. Jumladan, mazkur muhim vazifalarni amalga oshirish bo'yicha soha korxonalari rahbarlariga tegishli chora-tadbirlarni belgilab olish va ijrosini ta'minlash yuzasidan quyidagilarni amalga oshirmoqdalar:

  • “Elektron hukumat” tizimini, shu jumladan, boshqaruv jarayonlari, shuningdek, biznes sohasiga va fuqarolarga davlat xizmatlari ko'rsatish tizimini shakllantirish konsepsiyasi va kompleks dasturini ishlab chiqishni jadallashtirish,

  • tadbirkorlar va aholiga interaktiv davlat xizmatlari ko'rsatishning elektron shakllarini joriy qilish,

  • milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirishning 2013-2017 yillarga mo'ljallangan kompleks Dasturini ishlab chiqish,

  • zamonaviy texnologiyalar asosida videotelefonlar, internet-televideniye, yuqori tezlikdagi internet, HDTV kanallarini namoyish qilish va boshqa xizmatlar ko'rsatish imkonini beradigan 2 ming kilometr uzunlikdagi keng polosali optik tolali aloqa tarmog'i qurilishini yakuniga yetkazish,

  • internet tarmog'ida turli yo'nalishlardagi zamonaviy milliy veb-resurslarni yaratishAxborotlashtirish sohasidagi islohotlarning olib borilishi natijasida respublikamizning barcha tarmoqlari va davlat boshqaruvi organlari oldiga qo’yilgan vaziflardan kelib chiqib, zamonaviy axborot-komunikatsion texnologiyalari (AKT) va telekomminikatsiya tizimlarini rivojlantirish va ularni hayotga keng joriy etish qilinishiga erishilmoqda. Jumladan, bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yo’naltirilgan ko’p tarmoqli axborot industriyasini tashkil etish , AKTni iqtisodiyotning turli sohalarida keng joriy qilish orqali jamiyatimizning ichki mustahkamligi va ijtimoiy birligini tashkil etish , umumjahon hayot sifati standartlariga chiqish maqsadida ,8ta qonun ,O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 3ta farmoni. Prezident va hukumatimizning 17ta qarori qabul qilindi. Vazirlar Mahkamasining maxsus qarorlariga asosan davlat axborot resurslarini qo’shimcha ro’yxati tasdiqlanib , yil boshida 51 ta davlat axborot resurslari va 8ta davlat axborot tizmlari yaratildi hamda davlat organlarining 49 interaktiv xizmatlari turlari tasdiqlandi. Mamlakatda iqtisodiyotni rivojlanishi, boshqarish tizimini mukamallashtirish axborotlarsiz amalga oshirib bo’lmaydi. Marketing muammolariga mamlakatimiz Prezidentimiz alohida e’tibor qaratib: ”Biz doimo hamma darajada marketing tadqiqotlarini tashkil etish bilan jiddiy shug’ullanish zarurligini ta’kidlaymiz.Biroq bu borada amalda juda oz ish qilinmoqda.Ichki va tashqi bozorlarning taraqqiyot tamoyillarini yaxshi bilmaslik natijasida korxonalar ,qo’yinki butun mamlakat katta zarar ko’rmoqda.”3 Xalqaro tajriba shuni ko’rsatadiki davlat boshqaruvida AKTni qo’llash uning natijaviy samaradorligini,xususan axborotning o’zaro ta’siri ,qayta ishlanishi va izlanishni amalg oshiridh uchun vaqt qisqarihsi hisobiga unumdorlini o’rtacha 20foizga ko’paytirishga imkon yaratilmoqda .

Axborotlar milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, sohalari, bo’linmalari (ish joyidan tortib vazirliklargacha) o’rtasida va ushbu korxona bilan o’xshash korxonalar va tashkilotlar o’rtasida uzluksiz axborot almashishdan iborat. Fantexnika taraqqiyoti o’sishi bilan birga chiqarilayotgan tovarlarning nomenklaturasi ham ortadi, tez yangilanadi, ishlab chiqarishning texnika bazasi zamonaviy va murakkab mashinalar sistemasi bilan boyiydi, texnologik jarayonlar intensivlashadi va murakkablashadi, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish kengayadi va hokazo. “Marketing faoliyatining kommunikatsion jarayonlari (KJ), uning alohida ob’ektlari o’rtasida axborotlar almashuvida namoyon bo’lib, korxona MAT axborot jarayonlarining barcha bosqichlariga kirib boradi. Uning ahamiyati va hususiyatlari axborotlarni yig’ish ,ro’yxatga olish va uzatish hamda korxonaning bozor va ishlab chiqarish jaryonini tartibga solishdagi teskari aloqa vazifasini amalga oshirishda eng ko’p darajada namoyon bo’ladi.”4 Bozor imkoniyatlarini yaxshiroq bilish va marketing muammolarini echish uchun har qanday tashkilot, korxona yoki firmaga to’liq va haqqoniy axborot zarur. Ular o’z xaridorlarini, raqobatchilarini, vositachilarini sotish va baholar to’g’risidagi ma'lumotlarga ega bo’lmasdan turib, har tomonlama tahlil, rivojlantirish va nazorat qilishni amalga oshira olmaydilar. Mashhur amerikalik marketologlardan biri shunday degan edi: "Biznesni boshqarish - bu uning kelajagini boshqarish, kelajagini boshqarish - axborotga egalik qilishdir". Haqiqatdan ham, axborot moliyaviy, xom-ashyo, asbob-uskunalar va ishchi kuchi kabi muhim boshqarish resursi va ob'ekti bo’lib qolmoqda. Shu bilan bir vaqtda, xorijlik tadqiqotchilar ta'kidlaganidek, bozor to’g’risidagi axborotlardan to’liq qoniqqan korxonani topish juda mushkul. Ayrimlar aniq ma'lumotlarning etishmasligidan nolisalar, boshqalari noaniq axborotning ko’pligidan noliydilar. Bundan tashqari, axborotning qanchalik haqqoniyligini aniqlash ham muammodir. Shuning uchun, hatto xorijda ham xaridor bozori sharoitida juda kamdan-kam firmalargina rivojlangan marketing axboroti tizimiga ega ekanliklari bilan maqtana oladilar. Ularning ko’pchiligi marketing tadqiqot bo’limlariga ega emaslar, boshqalari o’z tarkiblarida, sotishni istiqbollash va tahlil qilish bilan shug’ullanuvchi kichik bo’limlarga egadirlar. Endi bizdagi ahvolga kelsak, bozorning ahvoli haqida axborot to’plash hali o’z rivojining ilk bosqichidadir. Lekin yangidan-yangi talablarning shiddat bilan rivojlanishi, marketingning baynalminallashuvi, raqobatning keskinlashishi samarali axborotlarga egalik qilishni kun tartibiga qo’ymoqda. “Axborot kommunikatsion texnologiyalari –oddiy bo’lmagan tovardir. Bozorda ular istalgan mahsulot va ishlab chiqarish vositasi sifatida bo’ladi,chunki bozorning faoliyati axborot ta’minotiga bog’liq.Interaktiv xizmatning vjudga kelishi davrida marketing bo’yicha mutaxassislar o’zlarining beosita asosiy iste’molchialriini har tomonlama bilganalr va tegishli aborotlarni yig’ish uchun ular bilan tog’ridan tog’ri aloqalr o’rnata olganlar.”5
Bunga yangi texnikalarning, yangi kompyuterlar, nusxa ko’chiruvchi mashinalar, videomagnitofonlar va boshqalarning keng ko’lamda ishlatilishi keng imkoniyatlar yaratmoqda.
“Amaliyotda ilk bor marketing bo’limlari 1911 yilda «Kretis pablishing Ko», «Svift end Ko», «Yu.S. Rabker Ko» kabi kompaniyalarning boshqaruv apparati tarkibida tashkil topdilar. 1926 yilda AQShda marketing va reklama o’qituvchilarning Milliy assotsiatsiyasi tuzildi. 1931 yilda Amerika marketing jamiyati, 1937 yil esa Amerika Milliy assotsiatsiyasi tuzildi. 30-40-yillarda ko’pgina iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda milliy marketing assotsiatsiyalari tashkil topdi. 50-60-yillarda halqaro marketing federatsiyasi, jamoatchilik fikrlari va marketing bo’yicha Yevropa jamiyati va Yevropa marketing akademiyasi kabi halqaro marketing tashkilotlari tuzildi. 1986 yilda «Sovplastital» qo’shma korxonasida birinchi bo’lib marketing bo’limi tuzildi. Keyingi yillarda Tashtekstilmash, Chkalov aviatsiya birlashmasi, Toshselmash kabi yirik korxonalarda ham marketing bo’limlari tuzildi.”6
Marketing- tovar ayirboshlash yo’li bilan extiyoj va talablarni qondirishga yo’naltirilgan inson faoliyatinig turi, bozordagi barcha qatnashchilarning o’zaro manfaatlariga asoslangan xarakatlarini, talabini shakillantirish va qondirish uchun birlashtirishdir. Marketing – bu tovar xarakatining barcha bosqichlarini o’z ichiga oluvchi, talab, taklif va bahoni o’rganish, mahsulot ishlab chiqarish dasturini yaratish, sotish va iste’mol qilish va iste’moldan keyingi turli xildagi servis xizmatlar ko’rsatish va iste’moldan chiqqandan keyin utilizatsiyalashni tashkil qilish kabi bozor muammolarini yechishda yaxlit-tizimli yondashishdir.
Marketingga Abdullayeva. O, Qosimova. M quyidagicha ta’rif berishgan
“Marketing –ehtiyoj va muhtojlikni ayirboshlash orqali qondirishga qaratilgan inson faoliyatinig turidir.”6. Marketingni boshqarishni uni tizimlarini Jalolov J, Axmedov I , quyidagicha ta’riflashgan:
-“marketingni boshqarish- bu marketing bilan shug’ullanuvchi xodimlarni o’z ichiga oladigan xizmatlar, bo’limlar, bo’linmalar yig’indisi bo’lib, ular faoliyatini korxona maqsadiga erishish yo’lida tashkil etish va amalga oshirishdir.
-marketingni funksional tamoyil asosida boshqarish - bu holatda bozorlar va ishlab chiqarilayotgan tovarlar bir xil tovarlar sifatida qaraladi va ular bilan ishlash uchun ixtisoslashgan bo’limlar tuziladi.
-marketingning tovarlar tamoyili asosida boshqarish- korxonalarning ishlab chiqarish hajmi va mahsulot turlari katta miqdorda bo’lgan hollarda qo’llaniladigan usul.
-marketing tizimi- ishlab chiqaruvchi, iste’molchi, ta’minotchi, raqobatchi, vositachi yuridik va jismoniy shaxslarni o’z ichiga olib, ayirboshlash yo’li bilan foyda olish maqsadida tovar va xizmatlarga talabni shakllantirish va rivojlantirish bo’yicha o’zaro uzluksiz aloqada bo’luvchi ijtimoiy-iqtisodiy elementlar majmuidir.
-vertikal marketing tizimi (VMT) – mustaqil biznes bo’la oladigan ishlab chiqarish, ulgurji savdo tashkilotlari, do’konlarning integratsiyalashuvidir.
-kvazi vertikal marketing tizimi- qo’shilayotgan ishlab chiqarish va mahsulotni sotish bo’yicha mustaqil korxonalar tomonidan yetakchi firma nazorati ostida amalga oshiriladigan marketing tizimi.”7
Marketingga Soliyev A, S Buzrukxonov quyidagi ta’rifni berishgan “marketing-tadbirkorlik (biznes faoliyati falsafasi sifatida ifodalanishi jahondagi ko’pchilik ilmiy va amaliy maktablarda shakllangan g’oyadir.U ko’pchilik mamlakatlar tadbirkor (biznesmen)lari,menejerlar va olimlarning aniq bir siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy shariotlardagi ijodiy hamkorliklari natijasidir“9
Marketing turlari o’rtasida muayyan bog’liqlik mavjud. U marketing jarayonlarini har tomonlama va aniq vaziyatda ko’rib chiqishga imkon beradi:
-o’zgartiruvchi (konversion) marketing - salbiy talabning mavjudligiga bog’liq, bunda bozorning katta qismi mazkur tovar yoki xizmatni inkor qiladi.
-rag’batlantiruvchi marketing muayyan tovar va xizmatlarga talabning yo’qligi kuzatilishi bilan tavsiflanadi.
-remarketing - bu pasayib boruvchi talab sharoitida ilgarigi marketing kompleksini qaytadan anglash asosida uni tiklash maqsadida qo’llanadigan marketing turi. Rivojlantiruvchi marketing xaridorlarning ko’pchiligi mavjud mahsulotlardan qoniqmagan, lekin yashirin talab shaklidagi ehtiyoj mavjud bo’lgan paytda bo’lishi mumkin (masalan, zararsiz sigaretalar, tejamliroq avtomobillarga talab). Sinxromarketing - bu bozorning shunday vaziyatiki, unda talab vaqt jihatidan tovarlarni taklif qilish tuzilmasiga mos kelmaydigan mavsumiy yoki boshqa tebranishlar bilan harakterlanadi.
Qo’llab-quvvatlovchi marketing to’liq talabning mavjudligini harakterlaydi, ya'ni bunda tovar va xizmatlarga talabning darajasi va tarkibi taklifning darajasi va tarkibi to’la mos keladi.
Demarketing haddan tashqari katta talab sharoitida, ya'ni tovar yoki xizmatga bo’lgan talab taklifdan ancha katta bo’lgan holda qo’llanadi.
Qarshi (aks) ta'sir ko’rsatuvchi marketing sog’liq uchun zararli bo’lgan yoki jamoatchilik nuqtai nazaridan noratsional bo’lgan u yoki bu mahsulotlar (sigaretalar, narkotik moddalar, pornografiya) ga irratsional (akldan tashqari) talab mavjud bo’lganda amal qiladi.
Marketingning maqsad va vazifalari
Marketing sohasidagi adabiyotlarda asosan marketingning to’rtta maqsadi keltiriladi. Bular quyidagilar hisoblanadi:

  1. Mumkin bo’lgan maksimal yuqori iste'molga erishish.

  2. Iste'molchilarning talabining maksimal qondirilishiga erishish.

  3. Iste'molchilarga keng assortimentdagi tovarlarni tanlashiga imkoniyat yaratish.

  4. Aholi turmush darajasi sifatini oshirish.

Marketing maqsadlarini uzoq muddatli va qisqa muddatli turlarga bo’lish mumkin. Ular iqtisodiy ko’rsatkichlar va firmaning o’xshash mahsulotni ishlab chiqaruvchilar orasidagi mavqei bilan belgilanadi. Marketingning asosiy tasdiqlangan maqsadi bo’lib inson ehtiyojlarini qondirishdan iborat ekanligini hisobga olgan holda, "Marketing tizimining haqiqiy maqsadi nima?" degan savolga umumlashgan tarzda to’rtta muqobil javob mavjud:

    1. Maksimal yuqori iste'molga erishish.

    2. Iste'molchilarning maksimal qondirilishiga erishish.

    3. Maksimal keng tanlash imkoniyatini ta'minlash.

    4. hayot sifatini maksimal ko’tarish.

Hayot sifati murakkab tushuncha va u quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
sog’liqni saqlash, ta'limning ahvoli, hayot davomiyligi, aholi bandligi, tovarlarning miqdori, assortimenti, arzonligi, aholining xarid qobiliyati, madaniy va jismoniy muhitning sifati.
Marketing maqsadlari firma maqsadlariga erishish quroli bo’lib hisoblanadi.
Umumlashtirishning pastroq darajasida firmaning aniqroq miqdoriy va sifatiy maqsadlari haqida gapirish mumkin. Firmaning sifatiy maqsadlari, odatda, firmaning obro’-e'tiborini oshirishga yo’naltirilgan, uning ijtimoiy muhimligini kuchaytiradi. Ular quyidagilardan iboratdir:

    1. Mashhurlikni oshirish.

    2. Yuqori imijga erishish.

    3. Bandlikka, mehnat bozoriga ijobiy ta'sir ko’rsatish.

    4. Ta'lim, sport, madaniy va boshqa tadbirlarni qullab-quvvatlash.

Miqdoriy maqsadlarga quyidagilarni kiritish mumkin:

    1. Foydaning hajmi.

    2. Sotilishlar hajmi.

    3. Bozor ulushining oshishi.

    4. Barqarorlikni ta'minlash.

    5. Xarajatlarni kamaytirish.

    6. Mehnat unumdorligi.

Miqdoriy maqsadlarning tanlanishi va tartibga solinishini soddalashtirib, biznes sohasida quyidagi hikmat paydo bo’ldi: "Firmaning maqsadini tanlash - bugun yuqori foyda olish yoki ertaga yuqori bozor ulushiga ega bo’lish orasida tanlashdan iborat".
Bu ifoda mantiqqa va iqtisodiy ma'noga ega bo’lsa ham, u muammoni haddan tashqari osonlashtirib yuboradi.
Shunday qilib, firmaning maqsadi - u pirovard natijada nimaga erishmoqchi, vazifalari - qo’yilgan maqsadga erishish uchun nima qilishi kerak. Amalda marketing quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishga mo’ljallangan:

    1. Mavjud yoki potentsial talabni aniqlash yo’li bilan u yoki bu mahsulot (tovar, xizmat) ni ishlab chiqarish zaruriyatini asoslash.

    2. Xaridorlar talabiga javob beruvchi mahsulot modellarining nusxalarini yaratish bo’yicha ilmiy tadqiqot (IT) va tajribaviykonstruktorlik ishlari (TKI)ini tashkil etish.

    3. Korxonaning ishlab chiqarish, sotish va moliyaviy faoliyatini tartiblashtirish va rejalashtirish.

    4. Tovarlarni sotish usullarini takomillashtirish.

  1. Ishlab chiqarish va sotish sohasida firmaning bosh maqsadlariga erishish uchun uning butun faoliyatini, shu jumladan, transportirovka, o’rash, sotish, reklama, texnik va servis xizmat ko’rsatishning operativ boshqarilishini tartiblashtirish va yo’naltirish.

Markеtingni vazifaviy tashkil qilish dоirasidagi mahsulоt bo’yicha bоshqaruv
SHuning bilan birga, ta’kidlash kеrakki, muhitga mоslashish nuqtai nazaridan vazifaviy tuzilma miqdоriy tеbranish ta’siriga javоb bеrishga qоdir, ammо muhim muammоlarni hal qilish uchun muvоfiqlashtirish еtishmaydi, shuning uchun undan bir turli ishlab chiqarish dasturi bo’lgan kоrхоnalarda fоydalanish mumkin. Vazifaviy tashkil qilish dоirasi muvоfiqlashtiruvchi muammоlarni hal qilish uchun ba’zida mahsulоt bo’yicha mеnеjmеnt kiritiladi. Mahsulоt bo’yicha mеnеjеr bitta yoki bir turli buyumlar guruhini ishlab chiqarishga tadbiq etishdan tо uni chiqarib sоtishgacha javоbgar bo’ladi. Bu bilan bоg’liq uning asоsiy vazifasi - ushbu mahsulоtni ishlab chiqarish munоsabati bilan kоrхоna хizmatlari ishini muvоfiqlashtirishdir.



Bozorni tadqiq qilish




Mahsulot




Bahoning shakllanishi




Reklama


Yüklə 130,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin