Marketingni asosiy tamoyillari. Marketing funktsiyalari va uning faoliyati mazmuni. Marketingning vazifalari



Yüklə 97,5 Kb.
səhifə3/9
tarix17.07.2023
ölçüsü97,5 Kb.
#136727
1   2   3   4   5   6   7   8   9
MARKETING FUNKSIYALARI

Sotish funktsiyasi orqali tovarni taqsimlash va sotish siyosatini ishlab chiqish, savdo-taqsimot tarmog’i orqali sotuvni tashkil etish, yuk tashishni va omborga joylashtirishni tashkil etish, tovar aylanmasini aniqlash, taqsimot tizimini fizik oqimlarini nazorat qilish va sotishni tahlil etish o’rganiladi.

  • Tovarni siljitish funktsiyasi natijasida sotishni rag’batlantirish va reklama siyosatini ishlab chiqish; sotishni rag’batlantirishni samarali instrumentlarini asoslash; tovarni siljitish to’g’risida multimedia texnologiyalarini asoslash; ichki firma reklamasini tashkil etish; sotuv ishlarini rag’batlantirish; pablik rileyshnzni tashkil qilish va boshqalar to’liq o’rganiladi.

  • Narxni tashkil etish funktsiyasi orqali narxni shakllanish strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish; sotuvni har bir bozori uchun har bir mahsulot uchun yashash davrini turli bosqichlarida narx matritsasini tuzish; joriy narxlar o’zgarishi mexanizmini tuzish; raqobatchi narxini tahlil qilish; yangi mahsulot uchun narx belgilash kabilar hal etiladi.

  • Marketing-menejment funktsiyasi esa marketingni boshqarishni tashkil etish; nazorat qilish, marketing xizmatini tashkiliy tuzilishini ishlab chiqish, marketing faoliyati tizimida boshqaruv qarorlarini optimallashtirish, audit, marketing xizmati faoliyati samaradorligini baholash kabilarni o’rganadi.

    Marketing funktsiyalari firmani boshqa funktsiyalari, ya’ni ishlab chiqarish, kadrlar, moddiy texnika ta’minoti, moliyaviy, buxgalteriya hisobi funktsiyalari bilan birga amalga oshiriladi.
    Marketingning funktsiyalari xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning boshqa funktsiyalaridan farqi shundan iboratki, marketing funktsiyalari xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, uning iste’molchilari, mijozlari o’rtasida ayirboshlash jarayonini amalga oshirish va tashkil etishga qaratilgandir. Shuning uchun ham marketing funktsiyalari doimo o’zgarib boradigan ehtiyoj hamda talabni shakllanishi, yaratilishi va rivojlanishiga ta’sir etadi.

    Yüklə 97,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin