Marketing,uning vazifasi,qoidalari va bozor tizimidagi o'rni Reja Kirish Marketing va uning rivojlanishining asosiy bosqichlari. Marketing tamoyillari



Yüklə 137,5 Kb.
səhifə1/6
tarix05.05.2023
ölçüsü137,5 Kb.
#107753
  1   2   3   4   5   6
Marketing,uning vazifasi,qoidalari va bozor tizimidagi o\'rni2

Mavzu: Marketing,uning vazifasi,qoidalari va bozor tizimidagi o'rni


Reja
Kirish
Marketing va uning rivojlanishining asosiy bosqichlari.
Marketing tamoyillari, funksiyalari va uning turlari.
Marketingning tarkibiy tuzilishi va uni boshqarishni tashkil etish.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida marketingning tutgan o’rni.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

Marketing - bu bozorda samarali faoliyat ko’rsatishning mujassamlashishidir. Bu atama dastlab 1902 yilda AQShda paydo bo’lgan, 20 yildan keyin esa bu atamadan jahonning ko’pgina mamlakatlari foydalana boshladilar. Marketing ("marketing") - "bozor bilan bog’liq faoliyat" ma'nosini anglatadi. Lekin bu tushunchaning ma'nosi juda kengdir. Marketing - ayirboshlash yo’li bilan ehtiyoj va talablarni qondirishga yo’naltirilgan inson faoliyatining turi, bozordagi barcha qatnashchilarning o’zaro manfaatlariga asoslangan harakatlarini, talabni shakllantirish va qondirish uchun birlashtirishdir. Dunyo amaliyotida marketing birdaniga paydo bo’lgan emas. Bu - ishlab chiqarish va sotishning maqsadi, vazifalari va rivojlanish uslublariga menedjerlarning ko’p yillik evolyutsion qarashlari natijasidir. Marketing - murakkab, dinamik, ko’p qirrali tushunchadir, bu esa marketingga tamoman universal tavsif berish mumkin emasligidan dalolatdir. So’nggi yillarda chop etilgan marketingga doir adabiyotlarda marketingning juda ko’p ta'riflari berilgan. Ulardan ba'zi birlarini keltirishni lozim topdik. Taniqli Amerika olimi - marketolog F.Kotler marketingning ta'rifini quyidagicha ifodalaydi: "Marketing - tovarlarni yaratish, taklif etish va ayraboshlash asosida ayrim olingan kishi va guruhlarning talab va ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan iqtisodiy va boshqaruv jarayonidir". Boshqaruv muammolari bo’yicha etakchi nazariyotchi olimlardan biri Peter Drukkerning ta'rifi esa quyidagicha: "Marketingning maqsadi sotishga qaratilgan harakatlarni yo’q qilishdan iboratdir.





Yüklə 137,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin