Marksheyderlik ishi va geodeziya



Yüklə 2,9 Mb.
səhifə5/15
tarix20.11.2023
ölçüsü2,9 Mb.
#162080
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Marksheyderlik ishi va geodeziya

1.3. Kalmakir konida marksheyderlik xizmatida foydalanib kelinayotgan dasturlar
Dastur ishlab chiqaruvchisi - Autodesk. Ilova dizayn boʻlimlari, avtomatlashtirilgan modellashtirish va ishlab chiqarish, qurilish bilan bogʻliq boʻlgan narsalar orasida mashhur.
Hozirgi vaqtda uch oʻlchamli kompyuterli modellashtirish vositalari foydalanuvchilarning eʻtiborida boʻlmoqda va bu tasodifiy emas albatta. Ulardan foydalanish marksheyder loyihalash ishlarining sifatli bajarilishi hamda foydalanuvchiga chizmalarni tez, sifatli, yuqori aniqlikda bajarish va qogʻozga chiqarish imkonini beradi.
Ushbu vazifalarni kompyuterli modellashtirishni loyihalashtirishning universal grafik sistemasi muhitidan iborat boʻlgan Auto Cad dan foydalanish uslubi taklif etilgan. Bu Auto Cad tizimi Autodesk kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, loyihalash jarayonida koʻp sonli foydalanuvchilar qulay holda ishlatishlari koʻzda tutilgan. Hozirgi davrda Auto Cad ning dasturiy taʻminoti kompaniyani eng yaxshi mahsuloti boʻlib, shaxsiy kompyuterlarning eng keng tarqalgan avtomatik loyihalash tizimi paketi hisoblanadi.
Hozirgi davrda har qanday dastur taʻminotining eng muhim xarakteristkasi buni boshqa dasturlar bilan birgalikda ishlata bilish xususiyatidir. Shu sababli Auto Cad tizimi katta imkoniyatlarga ega boʻlib, oʻz mahsulotini 3D Studio tizimiga eksport qilgan holda uch oʻlchovli modellarni animatsiya qilish imkoniyatini beradi. Auto Cad tizimida ishlab chiqilgan fayllar Microsoft Office dasturining har qanday mahsulotlari bilan mos keladi.
Kompyuterda oddiy operatsiyalar majmuasini bilmasdan turib kompyuter grafikasini oʻzlashtirib boʻlmaydi. Demak taʻlim tizimida avval informatika fani talabalar tomonidan oʻzlashtirilishi lozim ekan. Keyingi talab oʻrganiladigan grafik dasturni talabidan kelib chiqadi. Auto Cad grafik dasturi chizma yaratish bilan bogʻliq boʻlganligi uchun ham chizmachilik, geometriya, chizmachilik fanining nazariyasi hisoblanmish chizma geometriya kabi aniq fanlarni bilishni talab etadi. Qisqa qilib aytganda foydalanuvchi dastlab Auto Cad grafik dasturini oʻrganishda dastlab informatika soʻng chizmachilik va chizma geometriya fanlari oʻzlashtirilgan boʻlishi lozim.
Auto Cad dasturi grafik imkoniyatlari juda yuqori va ayni paytda ham sodda, ham murakkab topshiriqlarni bajara oladi. Shunisi eʼtiborga loyiqki u bevosita aniq fanlar bilan ham chambarchas bogʻliqdir. Ularning uzviy davomi sifatida ham qabul qilinishi mumkin va talabalarning kelgusi ish faoliyatlarida ham foydali oʻrin tutadi.

5-rasm. Auto Cad dasturida hosil qilingan sentralniy karerning koʻrinishi.
Auto Cad kon qazish ishlarini avtomatlashtirilgan rejalashtirish, loyihalash va texnik xizmat koʻrsatish dasturi hisoblanadi. Bu dastur yordamida togʻ-kon korxonalari, ilmiy va loyihalash tashkilotlari amaliyotida uchraydigan keng koʻlamli geologik, kon-marksheyderlik va texnologik muammolarni kompleks hal qilish uchun moʻljallangan. Dastur konchilik ishlarida va marksheyderlik ishlarida obyektlarining 3D modellari bilan ishlash va ularni yaratish imkonini beruvchi keng qamrovli vositalar toʻplamini oʻz ichiga oladi.
Ular orasida geologik namunalar, ruda tanasi va qatlamlari, geodezik punktlari, kon ishlari, qazish ishlari,joyning qirqimlarini yaratish va ishlarni xavfsiz olib borishini taʻminlab beradi va ish unumdorligi hamda yuqori aniqlikdagi natijalarni beradi. Tizimning dasturiy taʻminoti masofaviy maʼlumotlar bazasida boshqariladigan kirishni taʻminlaydi, bu esa korxonaning yagona axborot maydonini shakllantirish imkonini beradi. Tizim doirasida yaratilgan geologlar, kon-marksheyderlik xizmati va texnologlarning avtomatlashtirilgan ish joylari togʻ-kon ishlarini rejalashtirish, loyihalash va qoʻllab-quvvatlashda duch keladigan koʻpgina vazifalarni va muammolarni hal qilish imkonini beradi. Foydalanuvchining masofaviy maʼlumotlar bazalariga kirishini boshqarish, obyektlardagi oʻzgarishlarni qayd e tish, maʼlumotlar bazalarini arxivlash va tiklash uchun juda qulay dastur.


6-rasm. Kalmakir konining Sentralniy va Severniy karerining Auto Cad dasturida hosil qilingan loyihaviy 3D modeli koʻrinishi.

Ushbu dastur kon-marksheyderlari togʻ-kon ishlarini rejalashtirish va loyihalashda duch keladigan koʻpgina vazifalarni hal qilish imkonini beradi:


-konlarni geologik tekshirish maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
-togʻ-kon texnologiyasi obyektlarining vektor va blok modellarini yaratish;
-obyekt modellarini uch oʻlchovli fazoda, vertikal kesmalar va planlarda tasvirini hosil qilish;
-konlarni geostatistik tahlil qilish va shu asosda ruda jismlari (qatlamlari) chegaralarida mineral komponentlarning taqsimlanishining blokli modellarini yaratish;
-namuna olish maʼlumotlariga koʻra sirtlarning teng balandlikdagi izoliniyalarini, geologik jismlarning qalinligi va mineral tarkibini qurish;
-geodeziya punktlarining maʼlumotlar bazasini (katalogini) shakllantirish va ular asosida taxeometrik va teodolit suratga olish natijalarini qayta ishlashni oʻz ichiga olgan turli geodezik va geodezik vazifalarini hal etish;
-shaxta qazish ishlarini tunnel qilishni modellashtirish va kalendar davri uchun tunnel qazish natijalarini tahlil qilish;
-qazish birliklarining hajm va sifat koʻrsatkichlarini hisoblash, shu jumladan (qazish) jadvalini tuzish;
-kon loyihalash masalalarini hal qilishda keyinchalik foydalanish uchun ishlab chiqish tizimining strukturaviy elementlari va modellari maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
-iqtisodiy koʻrsatkichlar boʻyicha kon-geometrik tahlil va ochiq kon chegaralarini optimallashtirish;
-ochiq konni rejalashtirish, karerni loyihalash va ommaviy portlashlar;
-kon grafikasi standartida ishchi chizmalarni shakllantirish;
-texnologik va tabiiy jarayonlar monitoringi natijalarini vizuallashtirish, shu jumladan transport va seysmik hodisalarni kuzatish.
-karer bortlarida yuzaga keladigan deformatsiyalarni kuzatib borish va ularning qirqimlarini chizmada koʻrsatish;
-konda amalga oshirilgan syomka natijalari yordamida haftalik yoki oylik hajmlarni hisoblab chiqish;


7-rasm. Auto Cad dasturi yordamida bloklardagi hajmni hisoblash ishlari.
Marksheyderlik ishlarini olib borishda Auto Cad dasturidan foydalanish juda qulay va oson dastur hisoblanadi. Hozirgi kunda Kalmakir konida bu dastur orqali koʻp ishlar amalga oshirilib karerning 3D modellarini yaratish,bortlarda yuzaga kelayotgan deformatsiyalrni monitoringni olib borish,haftalik ish obyomlarini hisoblab chiqish,qirqimlarni hosil qilish va boshqa marksheyderlik ishlarini olib borishda ushba dastur yordamida amalga oshirilib kelinmoqda. Bu dasturni hozirgi kunda konlarda foydalanib kelinayotgan Auto Cad,Auto Cad Civil va boshqa dasturlardan farqi bu dastur juda sodda tuzilgan hamda tushunish va ishlatish uchun juda kam vaqt sarflanadi, boshqacha qilib aytganda oʻrganish juda oson va koʻp vaqt talab qilinmaydi hamda aniqligi boshqa dasturlarda qaranganda yuqori koʻrsatkichda. Marsheyderlik ishlarini olib borish va hisob kitob natijalarini olishda
tayanch tarmoqlari, teodalit yoʻllarini hosil qilishda oʻzi hisob kitob ishlarini
avtomatik olib borib bizga tayyor natijasini koʻrsatib beradi.
8-rasm. Kalmakir karerda deformatsiya boʻlgan hududlarda geodezik tayanch punktlarga tasiri.

Bu koʻrsatkich yuqorida koʻrsatilgan. Auto Cad dasturi yordamida deformatsiya hudularini prognoz qilish ishchi,texnika xavsizligini taʻminlash maqsadida koʻchki boʻlgan hududlarning II-II va III-III qirqimlari chizilib natijalar olindi.


Zamonaviy priborlardan foydalanish va Auto Cad dasturi yordamida maʼlumotlarni qayta ishlashning zamonaviy usullaridan foydalanish natijalarning aniqligini sezilarli darajada yaxshilaydi va bajarilgan ishlarning sifatini oshiradi, qoʻl mehnatini, koʻp mehnat talab qiladigan hisob-kitoblarni ,xarajatlar va ishchi vaqtini tejashga yordam beradi.


Yüklə 2,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin