Ma’ro’za-1: Kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 23,97 Kb.
səhifə1/2
tarix06.05.2023
ölçüsü23,97 Kb.
#108638
  1   2
Этногенез 1 мавзу. маърўза (1)

Ma’ro’za-1: Kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari


Reja:
1. Etnogenez fanining maqsad va vazifalari
2. Etnogenez fanining fan sifatida shakllanishi
Tayanch iboralar: Etnogenez va etnik tarix, Buyuk Turon, A. Asqarov, Dyakonovlar, V.A.Livshis, S.G.Klyashtorniy, B.A.Litvinskiy, YU.YA.Staviskiy, B.F.G‘ofurov, V.M.Masson,
Etnogenez va etnik tarix xar bir xalq tarixining dolzarb masalasi hisoblanadi. Xususan, o‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi tarixiy yozma manbalar, etnografiya, numizmatika kabi fanlar bilan o‘zaro aloqada va uzviy bog‘liq bo‘lib, ularsiz o‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixini mukammal o‘rganib bo‘lmaydi.
O‘zbek xalqining kelib chiqishi masalasida sobiq sovet hokimiyati dastlabki yillarida bir nechta g‘ayriilmiy konsepsiyalar, atamalar paydo bo‘ldi. Jumladan, “panturkizm” atamasi zamirida o‘zbek xalqining kelib chiqishi masalasi faqat turk etnosi bilan bog‘lab o‘rganildi, ular o‘zbek xalqining turk ildizini turkiy bo‘lmagan etnoslar bilan aralashish natijasida tashkil topganligini inobatga olmaydilar (azaldan turklarni Buyuk Turon, so‘ng Turkiston deb hisoblaydilar. Nuh payg‘ambarning o‘g‘li YOfosdan, YOfosning o‘g‘li Tur yoki Turkdan boshlaydilar). Bu ta’limotga uning aks sadosi sifatida “Panironizm” ta’limoti paydo bo‘ldiki, buning tarafdorlari “Bu zamonning tub joy aholisi eroniy tilli xalq bo‘lib, bu yurtga turklar keyinchalik ko‘chib kelishgan” degan g‘oyani ilgari suradilar. Bu masalada islom aqidaparastlari ham qatnashib, “milliy etnoslar yo‘q, faqat islom millati bor, xalqlarning tiliga qarab emas, balki diniga qarab millatini belgilamoq kerak” degan g‘oyani ilgari surdilar va ular fanda “pan islomizm” nomini oldilar. Nima uchun bunday turli konsepsiyalar paydo bo‘lgan? Akademik A. Asqarov buni o‘z davrida shu muammolar yo‘nalishiga bog‘liq fanlar rivojlanishi darajasi zaif bo‘lganligi bilan bog‘laydi. Haqiqatdan ham arxeologiya, etnografiya, antropologiya, toponomika, tarixiy lingvistika kabi fan tarmoqlari o‘sha kezlarda, hali rivojlanmagan edi. Ilmiy talqinlar faqat tarixiy va afsonaviy rivoyatlar asosida yaratilgan so‘nggi o‘rta asrlar davri qo‘l yozma manbalariga asoslangan.
Ushbu masala echimiga aloqador fan tarmoqlari rivojlanib, uni kompleks o‘rganishga o‘tilgach, O‘rta Osiyo xalqlarining kelib chiqishi masalasida birdan- bir to‘g‘ri bo‘lgan milliy avtoxitonizm nazariyasi ishlab chiqildi. Bunga ko‘ra, xar bir xalqning kelib chiqishini o‘rganishda uning etnik tarkibini aniqlash muhim hisoblanadi.
Ma’lumki, etnologiya fanidagi etnos nazariyasiga ko‘ra har bir xalqning kelib chiqish tarixi 3 bosqichdan iborat:
Yüklə 23,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin