O‘zbekiston tarixi [1]
-
Ikkinchi jahon urushi yillaridagi Qahramon unvoniga sazovor bo‘lgan birinchi o‘zbek yigitini aniqlang.
A) Sharif Ergashev B) Solih Umarov
C) Tojiali Boboyev D) Qo‘chqor Turdiyev
-
Zardushtiylik diniga ko‘ra, hosildorlik va suv ilohasini aniqlang.
A) Mitra B) Anaxita
C) Ahuramazda D) Artemidea
-
Qaysi hukmdor davrida Yunon-Baqtriya podsholigi o‘z qudratining cho‘qqisiga erishgan?
A) Antiox B) Diadot
C) Demetriy D) Yevtidem
-
Parak qaysi daryoning qadimiy nomi hisoblanadi?
A) Chirchiq daryosi B) Zarafshon daryosi
C) Qashqadaryo D) Ohangaron daryosi
-
Anushteginiylar sulolasining qaysi vakili, birinchi bo‘lib Xorazmning mustaqilligi uchun kurashni boshlab bergan edi?
A) Otsiz B) Qutbiddin Muhammad
C) Takash D) Alouddin Muhammad
-
O‘rta asrlar Sharqida “Shayx ur-rais” nomi bilan shuhrat topgan allomani aniqlang.
-
Abu Nasr Farobiy
-
Abu Rayhon Beruniy
-
Abu Ali ibn Sino
-
Imom al-Buxoriy
-
“O‘zbekiston prezidenti – Shavkat Mirziyoyev” nomli kitob 2017-yili qaysi Osiyo davlatida nashr etilgan edi?
A) Yaponiyada B) Turkiyada
C) Hindistonda D) Janubiy Koreyada
-
Amir Temur qo‘shinlari safida ayollardan tuzilgan harbiy qismlar ham bo‘lganligi haqida kim yozib qoldirgan?
A) Ibn Xaldun B) Ibn Arabshoh
C) Ibn al-Asir D) Ibn Battuta
-
Buxoro xonligida qaysi lavozimdagi amaldor zakot va boshqa tushumlarning zarur o‘rinlarda ishlatilishi ustidan nazoratni amalga oshirgan?
A) muhtasib B) parvonachi
C) mehtar D) xon yasovuli
-
Quyidagi qaysi sulola Xiva xonligida hukmronlik qilganligini aniqlang.
A) arabshohiylar B) ashtarxoniylar
C) minglar D) mang`itlar
-
Rossiya imperiyasi hukmdori Yekaterina II O‘rta Osiyolik qaysi elchi sharafiga Buxoro shahrida madrasa barpo etilishi uchun mablag‘ ajratgan edi?
A) Polvonquli B) Odambiy
C) Ernazarbiy D) Qulibek
-
O‘ziga “Amir al-muslimin” unvonini qabul qilgan Qo‘qon xonini aniqlang.
A) Olimxon B) Muhammad Alixon
C) Xudoyorxon D) Umarxon
-
Rossiya bosqini davrida Toshkent darvozasi deb nom olgan qal’a (qo‘rgon)ni aniqlang.
-
Oqmasjid qal’asi
-
Niyozbek qo‘rg‘oni
-
Raim qal’asi
-
Pishpak qo‘rg‘oni
-
Farg‘ona vodiysida Dukchi eshon nomi bilan tanilgan diniy arbob kim edi?
-
Abdurahmon eshon
-
Muhammad Ali eshon
-
Ernazar eshon
-
Muhammad Yusuf eshon
-
1906-yili nashr etilgan birinchi o‘zbek milliy gazetasini aniqlang.
-
“Taraqqiy” gazetasi
-
“Xurshid” gazetasi
-
“Osiyo” gazetasi
-
“Shuhrat” gazetasi
Tuzuvchi: Asliddin ABDANOV
Dostları ilə paylaş: |